Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
YYirik investitsiya loyihasi – umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasi. KKapital (nem. kapital; lot. capitalis – bosh, asosiy) sarmoya – keng ma‟noda – o„z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo„lgan jami vositalar va mablag„lar; yangi qiymat keltiruvchi, o„zini-o„zi ko„paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma‟noda – ishlab chiqarish vositalari ko„rinishidagi ishga qo„yilgan, ishlab turgan daromad manbai. Kapital_bozori'>Kapital bozori, fond bozori – bo„sh turgan pul mablag„larini to„plash, ularni ssuda kapitaliga aylantirish, so„ngra uni ishlab chiqarish jarayonlari ishtirokchilari o„rtasida taqsimlash munosabatlari; qimmatli qog„ozlar, korxonalarning aksiyalari hamda davlat obligatsiyalari bilan oldi-sotdi operatsiyalari olib boriladi. Kapital qo„yilmalar, kapital mablag„lar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga tegishli asosiy fondlarni yaratishga, ularni yangilashga va harakatdagi fondlarni ko„paytirishga, obyektni qurishga sarf qilinadigan, ishlab chiqarishga qo„yilgan mablag„. Kapital qurilish – yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, obyektlar va vositalarni mukammal ta‟mirlash, shu jumladan, loyiha-qidiruv ishlarini bajarish. Konsortsium (lot. consortium – shirkat, ishtirok etish) – 1) kompaniyalar, banklarning kapitaltalab, juda keng ko„lamdagi iqtisodiy loyihani amalga oshirish yoki qarzlarni hamkorlikda joylashtirish uchun tuzilgan vaqtinchalik birlashmasi; 2) bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan korxonalarning muvaqqat birlashmasi. Konyunktura – bozorda ma‟lum bir vaqtda yuzaga kelgan iqtisodiy holat (asosan, talab hamda taklif nisbati va u bilan bog„liq bo„lgan narxlar darajasi orqali yuzaga keladi). Korxonaning innovatsiya salohiyati – korxonaning yangiliklarni joriy qilish yordamida bozor sharoitlarida faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida korxonaning o„ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan rivojlanish qobiliyati. Korxonaning innovatsiya salohiyati tashkilotning ichki innovatsiya jarayonidagi barcha bosqichlarning (ijtimoiy mehnat va resurslarning sarf me‟yorlari asosida) bir maromda kechishiga imkon beradi. Kredit (lot. creditum – qarz, credo – ishonaman) – pul mablag„lari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) to„lab qaytarib berish sharti bilan ma‟lum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablag„ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshq.), ssuda oluvchi tomon debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari qayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kredit muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi o„rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin, har qanday qarz munosabati ham kredit bo„la olmaydi. Kredit munosabatida olingan mablag„ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) to„lanishi, muddatli, ma‟lum tovar va nomoddiy aktivlar bilan ta‟minlangan bo„lishi, maqsadli ishlatilishi shart. Kreditga layoqatlilik – xo„jalik yurituvchi subyektlarning qisqa va uzoq muddatli qarzlar va ular bo„yicha foizlarni o„z vaqtida qaytara olish, qarzga xizmat ko„rsatishni ta‟minlay olish imkoniyatidir. Korxona qanchalik kreditga layoqatli, to„lovga qobilli bo„lsa, u shunchalik bankrotlikdan himoyalangan hisoblanadi. Kurs bo„yicha farq – milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining o„zgarishi munosabati bilan chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalarda vujudga keladigan (ijobiy, salbiy) farq. Ko„chmas mulk – er bilan mustahkam bog„liq bo„lgan yer maydonlari, alohida bo„lgan suv obyektlari, o„rmonlar, ko„p yillik o„simliklar, binolar, inshootlardan iborat. |