Главная страница
Навигация по странице:

  • Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar

  • Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar

  • Eksport ishlab-chiqarish hududlari

  • Erkin

  • Eksport kvotasi

  • Eksport

  • Erkin iqtisodiy zona hududida investitsiyalash to„g„risidagi bitim

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница132 из 142
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   142

    Ch



    Chet el investitsiyalari – chet ellik investorlar, asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo„shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad.

    Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar – aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav jamg„armasining kamida o„ttiz foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar. Ular O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid

    kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat ko„rsatadilar. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona uni ta‟sis etish yo„li bilan yoki ilgari chet el investitsiyalari ishtirokisiz ta‟sis etilgan korxonada ishtirok etish ulushini (payini, aksiyalarini) yohud bunday korxonani butunlay, shu jumladan, xususiylashtirish jarayonida chet ellik investor tomonidan sotib olinishi natijasida tashkil etilishi mumkin. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona davlat ro„yxatiga olingan paytdan e‟tiboran yuridik shaxs huquqiga ega bo„ladi. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tashkil etish va ularni davlat ro„yxatiga olish tartibi O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

    Sh



    Shartnoma – bu moddiy-buyum shaklidagi tovarlarning oldi-sotdi kelishuvini xalqaro tijorat amaliyotiga muvofiq hujjatlashtirish.

    E



    Ekologik audit – ekologik auditorlar (firmalar) tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda o„tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta‟sir ko„rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilish.

    Eksport (ingl. export, lot. exporto olib chiqaman, chetga chiqaraman) tovarlar, xizmatlar, investitsiyalar, qimmatli qog„ozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish.

    Erkin_ilmiy-texnikaviy_zonalar'>Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar – alohida ajratilgan hududlardan iborat bo„lib, u erda ilmiy-ishlab chiqarish va o„quv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot o„rnatiladi. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari – texnopolislar shaklida tashkil etiladi.

    Eksport ishlab-chiqarish hududlari – sanoat korxonalari import xomashyolar, materiallar, yarim tayyor mahsulotlardan foydalanish yoki mahalliy xomashyoni ishlatgan holda, xorijiy texnologiya, uskuna va boshqa ishlab chiqarish omillaridan foydalanish orqali eksport mahsulotlari ishlab chiqariladigan hududlar.

    Erkin ishlab chiqarish zonalari tadbirkorlikni rag„batlantirish, iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, istiqbolli texnologiyalarni joriy etish maqsadida xo„jalik-moliyaviy faoliyatning alohida tartiboti joriy etiladigan hududlardir. Erkin ishlab chiqarish zonalari eksportga yo„naltirilgan ishlab chiqarish zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zonalarini, industrial-iqtisodiy zonalarni va boshqa zonalarni o„z ichiga oladi.

    Eksport kvotasi – mamlakat eksporti qiymatining uning yalpi ichki mahsuloti (YaIM)ga nisbati (foizlarda).

    Eksport litsenziyasi unda ko„rsatilgan tovarlarni ma‟lum vaqt ichida eksport qilishga berilgan ruxsatnoma.

    Eksport nazorati mamlakat hududidan eksport nazorati obyektlarini olib

    chiqishning eksport nazorati to„g„risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ta‟minlanishiga qaratilgan barcha chora- tadbirlar yig„indisi.

    Embargo alohida mamlakat yoki davlatlar guruhi bilan savdoni butunlay ta‟qiqlash.

    Erkin iqtisodiy zonalar 1) davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq, xo„jalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug„ullanish uchun imtiyozli soliq, moliya, huquqiy sharoitlar joriy qilinadigan muayyan hududlar; 2) mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma‟muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo„lgan maxsus ajratilgan hudud. Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi. Erkin iqtisodiy zonalar, ko„p hollarda, davlatlararo tutash hududlarda, xalqaro aeroportlar, port shaharlarda yoki transport yo„llari tutashgan hududlarda tashkil etiladi.

    Erkin iqtisodiy zona hududida investitsiyalash to„g„risidagi bitim (keyingi o„rinlarda investitsiyalash to„g„risidagi bitim deb ataladi) – Direksiya va investor o„rtasida tuziladigan hamda ularning huquqi, majburiyati va mas‟uliyatini belgilovchi bitim.

    Erkin iqtisodiy zona qatnashchisi belgilangan tartibda erkin iqtisodiy zona hududida ro„yxatdan o„tgan va Direksiya tomonidan erkin iqtisodiy zona qatnashchisi reestriga kiritilgan xo„jalik yurituvchi subyekt.

    Erkin savdo zonalari – konsignatsiya omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek, tovarlarga ishlov berish, ularni o„rash-joylash, saralash, saqlash zonalarini o„z ichiga oluvchi zona. Erkin savdo zonalari chegaraga tutash punktlarda, aeroportlarda, temir yo„l uzellarida yoki O„zbekiston Respublikasi bojxona hududining boshqa joylarida tuziladi.
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   142


    написать администратору сайта