Главная страница
Навигация по странице:

  • Tashqi

  • To„g„ridan-to„g„ri

  • Texnik-iqtisodiy asoslash (TIA)

  • Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib

  • Tovarni chiqarib yuborish

  • Transmilliy

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница129 из 142
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   142

    T


    Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o„z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat.

    Tannarx – mahsulot ishlab chiєarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko„rsatishda foydalaniladigan moddiy resurslarning, asosiy fondlarning, mehnat resurslarining, shuningdek, tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko„rsatish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo„lgan boshqa turdagi xarajatlarning qiymat bahosi. Tannarx buxgalteriya hisobi to„g„risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

    Tashuvchi – bojxona nazorati ostida turgan tovarlar tashilishini amalga oshiruvchi yoki transport vositasidan foydalanish uchun mas‟ul shaxs.

    Tashqi iqtisodiy faoliyat O„zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan o„zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o„rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati.

    Tashqi savdo faoliyati – xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyati. Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo„li bilan amalga oshiriladi.

    To„g„ridan-to„g„ri investitsiyalar 1) bevosita mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko„rsatish jarayonini tashkil etish yoki yanada kengaytirish maqsadida xorijiy sheriklar tomonidan uzoq muddatli kapital qo„yilmalar kiritish. To„g„ridan-to„g„ri

    investitsiyalar investorlarga mazkur ishlab chiqarish jarayonlari ustidan nazorat qilish imkonini beradi; 2) xorijiy kapitalning uzoq muddatli kiritilishi bo„lib, investor tashkil qilayotgan firma aksiyalari yoki aksiyadorlik kapitaliga to„la ega bo„lish yoki kamida 10 foizi xo„jalik faoliyatining ta‟sirchan nazorat qilinishini ta‟minlaydi.

    Texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) – investitsiya loyihasini amalga oshirishning tanlov savdolari asosida va loyihani moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda aniqlangan yakuniy, eng samarali texnik, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy yechimlarini belgilovchi loyiha oldi hujjati.

    Tender (ing. tend – xizmat ko„rsatish) – 1) ochiq turdagi yoki cheklangan sondagi ishtirokchilar uchun yopiq turdagi raqobatli savdo-sotiq; buyurtmani joylashtirishning tanlov shakli; 2) qimmatli qog„ozlarga obuna bo„lish, muddatli shartnoma bo„yicha tovarlar yetkazib berish, shartnomalar tuzish to„g„risidagi ariza, yozma taklif; 3) xalqaro bozorda mashina-uskunalar xarid etish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, injiniring xizmatlari ko„rsatish uchun tanlov asosida buyurtmalar berish. O„zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlarini shakllantirishda va rivojlantirishda tender keng qo„llaniladi. Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalarning aksiyalarining yirik paketlarini sotishda, katta qurilish ishlarini olib borishda xalqaro loyihalarni amalga oshirishda tender e‟lon qilinadi. Savdoni tashkil etish uchun vaqtinchalik organ bo„lgan tender qo„mitasi tuziladi.

    Tovar turkumi – bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati bo„yicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan jo„natilayotgan yohud bojxona chegarasi orqali o„tayotgan bitta jismoniy shaxsning qo„l yukida va bagajida olib o„tilayotgan tovar yoki uning bir qismi.

    Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o„tish – tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga olib kirish yohud ushbu hududdan olib chiqish.

    Tovarlarning erkin muomalasi – bojxona hududida tovarlarning belgilangan taqiqlar va cheklovlarsiz aylanishi.

    Tovarni chiqarib yuborish – bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvini yakunlovchi va ma‟lum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilganligini ifodalovchi harakati.

    Transmilliy korporatsiya 1) xorijiy aktivlarga ega bo„lgan, operatsiyalarining kamida ¼ qismini mamlakat tashqarisida, o„zi ro„yxatga olingan chet mamlakatda amalga oshiradigan yirik korporatsiya; 2) bosh kompaniya bir mamlakat kapitaliga tegishli bo„lgan kompaniya; 3) xorijiy aktivlarga ega bo„lgan milliy monopoliyalar; 4) filiallari dunyo bo„ylab tarqalib ketgan kompaniyalar.

    Tratta – (ital. tratta – o„tkazma veksel) – tashqi savdodagi asosiy hisob-kitob hujjati. Kreditorning qarzdorga (odatda, bankka) yozma buyrug„i. Unda bankning uchinchi shaxs (remitent taqdimchi)ga yoki trattani taqdim qilganga muayyan summadagi pulni to„lashi ko„rsatiladi.

    To„lov balansi – ma‟lum bir davr mobaynida mamlakat tomonidan xorijga to„langan to„lanmalar va xorijdan olingan to„lovlar o„rtasidagi nisbat. O„z ichiga tegishli davrda mamlakat tovarlari eksporti va importi qiymatlarini ifodalovchi savdo

    balansini, xizmatlar balansini va notijorat to„lovni oladi. Bularning barchasi joriy operatsiyalar bo„yicha to„lov balansini shakllantiradi. Mamlakatning umumiy to„lov balansi joriy operatsiyalar bo„yicha to„lov balansi, kapitallar va kreditorlar harakati balansi, shuningdek, oltin va valyuta zahiralari harakati balansidan tashkil topadi.

    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   142


    написать администратору сайта