Главная страница
Навигация по странице:

  • Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi

  • Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik

  • Xalqaro

  • Xususiy

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница131 из 142
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   142

    X



    Xavf indikatorlari oldindan belgilangan ko„rsatkichlarga ega muayyan mezonlar bo„lib, ulardan og„ish yoki ularga mos kelish nazorat obyektini tanlashni amalga oshirish imkonini beradi.

    Xavf profili xavf sohasi, xavf indikatorlari to„g„risidagi ma‟lumotlar yig„indisi, shuningdek, xavfning oldini olish yoki uni imkon qadar kamaytirish bo„yicha zarur choralarni ko„rish to„g„risidagi ko„rsatmalar.

    Xavf darajasi xavfning yuzaga kelishining ehtimoliga va uning mumkin bo„lgan oqibatlariga bog„liq tarzda aniqlanadigan xavfning holati.

    Xavfni boshqarish – xavfning oldini olish va ularni imkon qadar kamaytirish, ularning qo„llanilish samaradorligini baholash, shuningdek, bojxona operatsiyalarining bajarilishi ustidan nazorat qilish bo„yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda bajarishni, bojxona organlarida mavjud bo„lgan axborotning uzluksiz yangilanishini, tahlil etilishini va qayta ko„rib chiqilishini nazarda tutuvchi doimiy ishlar.

    Xalqaro_ishlab_chiqarish_kooperatsiyasi'>Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi – ishlab chiqarish bosqichlarining o„zaro bir-birini to„ldirishi va ularni muvofiqlashtirish maqsadida milliy iqtisodiy komplekslarning hamkorlik qilishi.

    Xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi – mamlakatlar o„rtasidagi mexnat taqsimoti ko„rinishi bo„lib, unda o„zlarining ichki ehtiyojlaridan ortiqcha bir turdagi mahsulotlar tayyorlash bilan shug„ullanuvchi milliy ishlab chiqarishlarning tabaqalanishi.

    Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik – ishlab chiqarish, moliya, bank va sug„urta faoliyati, ta‟lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog„liqni saqlash, ilmiy- texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa sohalarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O„zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat

    subyektlarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan o„zaro foydali aloqalarni o„rnatishi va kengaytirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.

    Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mamlakatlar va hududlar o„rtasidagi, xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar ishtirokidagi xo„jalik aloqalari tizimi.

    Xalqaro kredit – davlatlar, banklar, firmalar, bir mamlakatdagi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan boshqa mamlakatlar hukumatlari, banklari, firmalariga beriladigan kreditlar.

    Xalqaro konvensiya – xalqaro shartnoma turlaridan biri; davlatlarning, odatda, biron-bir ixtisoslashgan sohada o„zaro huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

    Xarajatlar, sarf-xarajatlar, chiqimlar – tovarlarni ishlab chiqarish va muomala jarayonida turli resurslar (xomashyo, materiallar, mehnat, xizmatlar, mablag„lar) sarflari bilan bog„liq chiqimlarning pul shaklidagi ifodasi. Asosan, ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga bo„linadi.

    Xususiy korxona mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.

    Xususiy mulk ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk; bozor iqtisodiyotidagi xilma-xil mulklar orasidagi yetakchi mulk shakli. Xususiy mulkning obyekti moddiy va moliyaviy boyliklar, ish kuchi, intellektual mehnat mahsuli, yer, suv, yer osti boyliklari, korxonalar, xo„jaliklar, aksiya va obligatsiyalar, pul mablag„lari, transport vositalari, turar-joy, iste‟mol tovarlari, mehnat qobiliyati, ishbilarmonlik mahorati, ilmiy kashfiyotlar, texnikaviy ixtirolar, san‟at va adabiyot asarlari va boshqalar bo„lishi mumkin.

    Xususiy sektor – iqtisodiyotning xususiy mulkchilik va xo„jalik yuritishning erkin bozor usullariga, iqtisodiy alohidalashuviga asoslangan sohasi. Bozor iqtisodiyoti davlat va nodavlat sektorlaridan iborat. O„z navbatida, nodavlat sektori xususiy va jamoa sektorlariga bo„linadi. Xususiy sektor nodavlat sektorining bosh bo„g„ini.

    Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy subyektlarga o„tishi jarayoni, xilma-xil mulkchlikni shakllantirish, iqtisodiyotni davlatlashtirishdan qaytish yo„llaridan biri. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari shu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham nazarda tutadi.
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   142


    написать администратору сайта