Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
QQimmatli qog„ozlar – 1) o„z egasiga mulkka egalik huquqini va daromad ko„rinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari (aksiya, obligatsiya, akkreditiv, veksel, chek va b.); 2) o„zining egasiga dividend va foiz ko„rinishida daromad olish huquqini beruvchi mulk tituli. Ularning tarkibiga aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar kiradi. Qurilish – moddiy ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri; turli maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish; ishni yuritish uchun foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino (inshoot), keng ma‟noda yaratuvchilik jarayoni. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan ishlab chiqarish korxonalari, turar-joylar, jamoat binolari, inshootlari va boshqa obyektlar qurilishi mahsuloti hisoblanadi. Qurilishda ishlab chiqarish tsikli nisbatan uzun bo„lib (bir necha oydan bir necha yilgacha), ishlab chiqarish jarayoni turli ob- havo sharoitida ochiq usulda olib boriladi. Pudrat va xo„jalik usulidagi qurilishni va montaj ishlarini, shuningdek, bino, inshootlarni kapital ta‟mirlash ishlarini qurilish tashkilotlari va maxsus tashkilotlar; loyihalash, loyiha-konstruktorlik va qidiruv tashkilotlari; foydalanishga topshirish va qidiruv-parmalash tashkilotlari amalga oshiradi. Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma‟muriy kengashlari (keyingi o„rinlarda ma‟muriy kengash deb ataladi) – O„zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O„zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan tashkil etiladigan kollegial organlar. Qurilish materiallari – binolar (inshootlar) qurish va ta‟mirlashda ishlatiladigan tabiiy va sun‟iy ashyolar hamda buyumlar. Qo„shma_korxona'>Qo„shma korxona – boshqa mamlakatlar firmalari ishtirokida bunyod qilingan, tashkiliy jihatdan yagona yuridik shaxs sifatida rasmiylashtirilgan korxona. Qo„shma korxona o„zaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ishlab chiqarish, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnika vazifalarini echishga qaratiladi. Ta‟sischilarning o„z mulklarini birlashtirish va badallari hisobiga qo„shma korxonaning moliyaviy fondi yaratiladi. Qo„shma korxona, asosan, chet el texnikasi, texnologiyasi, investitsiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xomashyo va ishchi kuchi hisobiga ishlaydi, o„z mustaqil balansiga ega bo„ladi, to„liq xo„jalik hisobi asosida faoliyat olib boradi. Qo„shma korxonaning chet ellik ta‟sischisi daromad hissasini o„z mamlakatiga olib chiqib ketish (o„tkazish) huquqiga ega bo„ladi. Qo„shma tadbirkorlik – bir qancha hamkorlar, shu jumladan, turli davlat hamkorlarining umumiy tarbirkorlik faoliyati. Qo„shma tadbirkorlik uchun tadbirkorlik faoliyatining barcha ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini kelishish zaruriy holat hisoblanadi. Qo„shma tadbirkorlik hududi – mamlakatning bojxona hududidan tashqarida joylashgan sifatida qaraladigan, maxsus bojxona, ijara, soliq, valyuta, viza, mehnat va boshqa rejimlar joriy etiladigan, soliq va bojxona imtiyozlari asosida xorijiy kapital qo„yilmalari va qo„shma tadbirkorlikni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiluvchi davlat hududining maxsus qismi. |