Главная страница
Навигация по странице:

  • Yuridik

  • Yuridik shaxslardan olinadigan soliq

  • Yalpi ichki mahsulot

  • Yalpi

  • O„zbekiston

  • O„zbekinvest”

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница133 из 142
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   142

    Yu



    Yuk operatsiyalari – bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan o„rovlarini to„g„rilash, ularni o„rash, qayta o„rash va tashish uchun qabul qilish.

    Yuridik shaxs fuqarolik huquq va majburiyatlarining subyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar. O„zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga ko„ra, yuridik shaxs o„z mulkida, xo„jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo„lgan hamda o„z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o„z nomidan va mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo„la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da‟vogar va javobgar bo„la oladigan tashkilotdir.

    Yuridik shaxslardan olinadigan soliq – qo„shilgan qiymat solig„i, korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq, aksizlar, yo„l fondini shakllantirish uchun manba sifatida foydalaniladigan soliqlar, korxona mol-mulki solig„i, er uchun to„lovlar, reklama solig„i, birjada amalga oshirilgan bitimlardan

    olinadigan yig„im, mahalliy auktsion va lotoreyalarni o„tkazish huquqi uchun litsenziya yig„imi, boshqa soliq, yig„im va majburiy to„lovlardan iborat.

    Ya



    Yalpi_ichki_mahsulot'>Yalpi ichki mahsulot (YaIM) – mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan ko„rsatkich. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qo„shma korxonalari ham shu hisobga kiradi) jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi bo„lib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi.

    Yalpi milliy mahsulot (YaMM) mamlakatning ma‟lum muddat ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy ko„rsatkichlaridan biri. YaMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi daromadlari (ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli yuzaga kelishidan qat‟iy nazar) jami yig„indisini ko„rsatadi. YaMM milliy hisoblar tizimi asosida hisoblanadi.

    O„



    O„zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo„mitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bojxona organlarining axborot tizimi) bojxona chegarasi orqali olib o„tiladigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va ma‟lumotlarning kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi O„zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo„mitasining avtomatlashtirilgan tizimi.

    O„zbekinvest” eksport-import milliy sug„urta kompaniyasi yagona korporativ tizimga ega bo„lgan ko„p tarmoqli sug„urta kompaniyasi. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-apreldagi tegishli Qaroriga muvofiq milliy sug„urta kompaniyasi tarzida tashkil etilgan. 1997-yil 28-fevraldan hukumatning eksport va import sug„urtasi bo„yicha maxsus sug„urta agenti maqomidagi O„zbekiston Respublikasi eksport-import milliy sug„urta kompaniyasi.
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   142


    написать администратору сайта