Главная страница
Навигация по странице:

  • Ustav kapitali

  • Ustav fondi

  • Uchinchi

  • Favqulodda

  • Fan-texnika

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница130 из 142
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   142

    U


    Unitar korxona – mulk egasi tomonidan o„ziga birkitib berilgan mulkka egalik qilish huquqi berilmagan tijorat tashkiloti ko„rinishidagi davlat yoki mahalliy boshqaruv idoralari korxonasi. Unitar korxona o„z majburiyatlari bo„yicha o„ziga tegishli jami mol-mulki bilan javob beradi, lekin, mol-mulk egasi majburiyatlari bo„yicha javobgar emas.

    Ustav kapitali – aksiyadorlik jamiyati ustavida qayd etilgan pul ifodasidagi dastlabki, boshlang„ich kapital. Ustav kapitali aksiyalar sotishdan tushumlar, ta‟sischilarning xususiy qo„yilmalari va davlat qo„yilmalari hisobidan yuzaga keladi. Ustav kapitaliga badallar faqat pul mablag„lari ko„rinishida emas, balki mulk shaklida, masalan, imoratlar, er, shuningdek, intellektual mulk obyektlari: patentlar, litsenziyalar, loyihalar shaklida ham bo„lishi mumkin. Ustav kapitali balansning passivida qayd etiladi.

    Ustav fondi – ta‟sischilar – ishtirokchilarning o„zlari tashkil etgan kompaniya, xo„jalik jamiyatiga dastlabki kiritgan va doimiy ulush hisoblanadigan moddiy va pul mablag„lari majmui. Ustav fondi kompaniyaning xo„jalik faoliyatidan olinadigan foyda hisobiga ko„payib borishi mumkin. Ustav fondi kompaniya, jamiyatning asosiy va aylanma mablag„lari qiymatini tashkil etadi.

    Uchinchi shaxslar fuqarolik huquqida, bevosita fuqarolik huquqiy munosabatlarida ishtirok etmaydigan, lekin, vujudga kelgan huquqiy munosabatda muayyan darajada huquq va majburiyat tug„diradigan subyektlar.

    F


    Favqulodda holatlar taraflarning xohish-irodasi va harakatlariga bog„liq bo„lmagan, tabiat hodisalari (zilzila, ko„chkilar, bo„ron, qurg„oqchilik va boshqalar), boshqa tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamal holati, davlat manfaatlarini ko„zlab importni hamda eksportni taqiqlash va boshqalar) keltirib chiqargan muayyan sharoitlardagi favqulodda, oldini olib bo„lmaydigan va kutilmagan holatlar bo„lib, qabul qilingan majburiyatlar shular tufayli bajarila olmaydi.

    Fan-texnika taraqqiyoti fan bilan texnikaning o„zaro bog„liq, yagona, ilgarilab boruvchi taraqqiyoti.

    Firma (ital. firma imzo) korxona, kompaniya, xo„jalik va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakllari, huquqiy holati va boshqalarga ko„ra xilma-xil firmalar bor.

    Foizlar – har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad, shu jumladan, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog„ozlar, shuningdek, depozit qo„yilmalar va boshqa qarz majburiyatlaridan olingan daromad.

    Foyda tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni

    ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortgan qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xo„jalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy ko„rsatkichlaridan biri. Foyda pulda ifodalanadi. Foyda kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta‟minlaydi.

    Fond bozori, qimmatli qog„ozlar bozori moliya bozorining qimmatli qog„ozlar emissiyasi va ularning oldi-sotdisi bilan shug„ullanadigan sohasi. Fond bozorining asosiy vazifasi: investitsiyalarni, ya‟ni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va texnika ravnaqiga zarur investitsiya mablag„larini to„plash hamda taqsimlash; qimmatli qog„ozlar paketlaridan foydalangan holda mulk egaligini o„zgartirish; qimmatli qog„ozlar oldi-sotdisi yo„li bilan bozorni qayta taqsimlash; qimmatli qog„ozlar chiqarish yordamida davlat qarzini moliyalashtirish va boshq.

    Fyuchers (lot. futurus kelajak) tovar yoki fond birjalarida xomashyo tovarlari, oltin, valyuta, qimmatli qog„ozlarni amalda bo„lgan narxlarda, lekin, yetkazib berish va haqini keyingi kelishilgan muddatlarga qoldirish bilan oldi-sotdi qilish bo„yicha bitishuvlar.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   142


    написать администратору сайта