Главная страница
Навигация по странице:

  • Nominal qiymat

  • Oltin-valyuta

  • Offshor

  • Porto-franko

  • Portfel

  • Potensial xavf

  • Pudrat shartnomasi

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница126 из 142
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   142

    N


    Narx, baho tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak.

    Natsionalizatsiya fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq to„lash asosida qonun hujjatlariga muvofiq davlat ixtiyoriga o„tkazish.

    Nominal qiymat (lot. nominalis – nomi yozilgan) – pul belgilari, banknotlar, qimmatli qog„ozlarning ustiga yozib qo„yilgan qiymati, narxi.

    Nou-xau (ingl. know how – qandayligini bilaman), ishlab chiqarish siri – hali hammaga ma‟lum bo„lmagan va keng tarqalmagan yangi ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish-texnologik, boshqarish, moliyaviy-iqtisodiy, tijoratga oid bilimlar majmui va ularni amaliyotda qo„llash tajribalari; ularga tanho ega bo„lish. U korxona uchun ham, shaxs uchun ham muayyan ustunlikni ta‟minlaydi.

    Noaniqlik (mavhumlik) investitsiya loyihasini amalga oshirish shart- sharoitlari haqidagi ma‟lumotlarning to„liq yoki aniq emasligi.

    O


    Obligatsiya foiz shaklida daromad keltiruvchi qimmatli qog„oz. Davlat organlari tomonidan budjet defitsitini qoplash uchun va aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan kapitalni jalb qilish maqsadida chiqariladi.

    Oltin-valyuta zahiralari mamlakatning markaziy emissiya banki yoki xazinasida quyma va tanga shaklida to„plangan markazlashgan oltin zahira fondi. Oltin-valyuta zahiralariga hukumat va markaziy banklarga tegishli bo„lgan oltin quymalari va oltin tangalar, xorijiy bank hisob raqamlaridagi valyuta mablag„lari, xorijiy mamlakatlar banknotlari, tangalari va davlat qimmatli qog„ozlari kiradi. Oltin- valyuta zahiralari mamlakatning pul birligini mustahkamlash, uni barqaror ushlab turish, shuningdek, ichki valyuta bozorini zaruriy valyuta mablag„lari bilan ta‟minlash maqsadida shakllantiriladi.

    Optsion (nem. option tanlash, istak) sotuvchi yoki xaridorga qimmatli qog„ozlar yoki tovarlarni muayyan muddat davomida belgilangan narxlarda sotib olish yoki sotish huquqini beradigan shartnoma.

    Offshor zona yuridik shaxslarga nisbatan soliq imtiyozlari yaratilgan, buxgalteriya hisoboti va audit bo„yicha talablar yumshatilgan, bojxona to„lovlari va savdo cheklovlari qisman yoki butunlay olib tashlangan ma‟lum davlatning erkin iqtisodiy hududi.

    P



    Pay, hissa – firma, kompaniya, jamiyat, shirkatning umumiy kapitalida muayyan jismoniy va yuridik shaxs hissasiga to„g„ri keladigan pul badali summasi

    yoki ulushi. Pay egasi oladigan daromad dividend deyiladi.

    Patent (lot. patens – ochiq, aniq-ravshan) – texnik yechim (ixtiro)ning davlat tomonidan e‟tirof etilganligini va ixtirochining o„z ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat.

    Porto-franko tovarlarning bojsiz kirish va chiqish huquqi joriy etilgan qirg„oq bo„yi porti yoki ichki port. Porto-franko dalatning bojxona hududi tarkibiga kirmaydi. Portfel investitsiyalar kapitalni korxonalar qimmatli qog„ozlariga (korxona ustav kapitalining 10 %dan kam qismini) joylashtirish (investorlarga ular faoliyatini

    bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi).

    Potensial xavf – aniqlanmagan, lekin uning yuzaga kelishi uchun sharoitlar mavjud bo„lgan xavf.

    Preferensiya 1) investitsiya va innovatsiya xarajatlarini moliyalashtirish uchun investitsion soliq krediti va maqsadli soliq imtiyozi ko„rinishida belgilangan imtiyoz, yengillik; 2) iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar.

    Pudrat shartnomasi (rus. podryad – bir yo„la) – fuqarolik-huquqiy bitim, unga ko„ra, bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig„iga binoan, muayyan ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi. Buyurtmachi ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq to„lash majburiyatini oladi.

    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   142


    написать администратору сайта