Главная страница
Навигация по странице:

  • Aksiya

  • Aksiyadorlik

  • Aksiyalarning

  • Amortizatsiya ajratmalari

  • Amortizatsiya

  • Axborotni

  • Axborot

  • Axborot borasidagi xavfsizlik

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница120 из 142
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   142

    IZOHLI LUG„AT (GLOSSARIY)




    A


    Aktiv – (lot. activus – faol, ta‟sirchan, ishchan) – 1) buxgalteriya balansining chap qismi, korxonaning muayyan sanada va pul ifodasida barcha vositalarini, ularning tarkibi va joylashuvini (asosiy fondlar, aylanma vositalar, pul vositalari, kapital sarflar, qarzdorlik talabnomalari va b.) aks ettiradi; 2) korxona yoki tashkilotning mulki yoki resurslari (bino, mashina, naqd pul, qimmatli qog„ozlar va b.). Pulga tez sotilishi (aylanishi) mumkin bo„lgan, bozori chaqqon aktivlar (veksellar, qimmatli qog„ozlar, oltin, naqd pul va b.) likvid aktivlar deyiladi.

    Aksiya – (frants. action – farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) – aksiyador jamiyat chiqargan qimmatli qog„oz. O„z egasining aksiyadorlar jamiyati kapitalida hissasi borligini va shunga muvofiq topilgan foydaning bir qismini dividend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi.

    Aksiya kursi aksiyaning bozor narxi. Aksiya kursi aksiya keltiradigan dividend miqdoriga to„g„ri mutanosib va bank foizi darajasiga teskari mutanosiblikda o„zgaradi. Aksiya kursi aksiya nominalidan (aksiyada ko„rsatilgan summadan) yuqori yoki past bo„lib, bu talab va taklifga bog„liq. Aksiya kursini emitent emas, bozor belgilaydi. Aksiya narxining birjada belgilanishi birjakotirovkasideyiladi.

    Aksiyador aksiyaning egasi, undan naf ko„ruvchi yuridik va jismoniy shaxs.

    Aksiyadorlik jamiyati daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati.

    Aksiyadorlik kapitali – aksiyadorlik jamiyatining kapitali, sherikchilik asosida tashkil topgan korporativ mulk hisoblanadi.

    Aksiyalarning nazorat paketi aksiya egasiga aksiyadorlik jamiyatida amaldagi hukmronlikni ta‟minlaydigan aksiyalar miqdori; chiqarilgan aksiyalarning umumiy summasida bir shaxs, kompaniya yoki davlatning yirik hissasi. Aksiyador jamiyatning yig„ilishida hal qiluvchi ovozga ega bo„lish huquqini beradi.

    Amortizatsiya (lot. amortisatio qoplash) asosiy kapital (fondlar) amortizatsiyasi asosiy kapital (mashina, mexanizmlar, jihozlar, binolar, inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarga o„tib borishi.

    Amortizatsiya ajratmalari – mahsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar amortizatsiyasi summasi; asosiy fondlarni qisman tiklash (kapital ta‟mirlash va yangilash) va to„liq tiklash fondlarini yaratishga xizmat qiladi.

    Amortizatsiya fondi 1) amortizatsiya ajratmalari hisobiga shakllanadigan maxsus fond; 2) mahsulotning tannarxi tarkibiga kiritiladigan amortizatsiya ajratmalari hisobidan korxonada shakllantiriladigan pul mablag„lari fondi.

    Asosiy kapital – kapitalning asosiy ishlab chiqarish vositalari (mashina, asbob- uskuna, ishlab chiqarish binolari va uskunalari)ni o„z ichiga oluvchi, iqtisodiy jihatdan o„z qiymatini ishlab chiqarilgan tovarlarga asta-sekin va uzoq muddatda o„tkazib boruvchi qismi.

    Asosiy fondlar – ishlab chiqarishga uzoq muddat xizmat qiladigan, o„z natural buyum shaklini uzoq vaqt o„zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha

    bor qatnashadigan mehnat qurolari va vositalari.

    Axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat‟i nazar shaxslar, predetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to„g„risidagi ma‟lumotlar;

    Axborot mulkdori – o„z mablag„iga yoki boshqa qonuniy yo„l bilan olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

    Axborotni muhofaza etish axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari;

    Axborot resurslari alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to„plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma‟lumotlar banklardagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to„plamlari;

    Axborot sohasi – sub‟kutlarning axborotni yaratish, qayta ishlash va undan foydalanish bilan bog„liq faoliyati sohasi;

    Axborot borasidagi xavfsizlik – axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holati;

    Axborot egasi qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   142


    написать администратору сайта