Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
11.1-jadval.Yetakchi offshor hududlaridagi offshor kompaniyalari soni99
Offshor hududlarini tashkil etgan mamlakatlar bir qator ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarga erishadilar: chet el kapitalini jalb etadilar; soliq to„lovlari, yig„imlari va boshqa qo„shimcha daromad manbalariga ega bo„ladilar; mahalliy aholini ish bilan bandligini ko„paytiradilar. Xalqaro valyuta fondining ekspertlarining hisob-kitoblariga muvofiq, ayrim mamlakatlarda offshor biznesidan kelayotgan daromad yalpi ichki mahsulotning 30- 35 %ga etadi100. Keyingi vaqtlarda jahon hamjamiyati offshor hududlariga biroz shubha bilan qaray boshladi. Bu ular faoliyatidagi salbiy taraflari bilan bog„liq. Jumladan offshor hududlarini kreminal doiralari tomonidan xalqaro terrorizm va narko biznesni moliyalashga foydalanish ehtimoli mavjud. Odatda, xalqaro terrorizm va narkotiklar savdosi uchun jinoyatchilik yo„li bilan topilib, keyin offshor banklari tizimi orqali yuvib tozalangan mablag„lar ishlatiladi. AQSh Federal qidiruv byurosining ma‟lumotlariga binoan, offshor hududlarida bank va investitsion hisoblarda saqlanayotgan har o„n dollardan biri jinoyatchilar guruhlariga tegishlidir. Shuning uchun jahon hamjamiyati offshor hududlardan ko„proq ochiqlikni, bank sirini ochmaslik haqidagi tartibni tubdan o„zgartirishni, davlat xuquq-tartibot organlari bilan hamkorlikni kengaytirishni, moliyaviy soha boshqaruvini takomillashtirishni talab etmoqda. |