Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница111 из 142
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   142

Tayanch iboralar:


Erkin iqtisodiy hududlar, offshor hududlar, offshor markazlari, soliq gavanlari, rezident, norezident, offshor biznesi.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. Bugungi kunda dunyoda tashkil etilgan bir qator EIHlar offshor hududlarning tashkil etilishi va rivojlanishiga muhim vosita bo„lib xizmat qilmoqda. Bu esa hozirda jahonda 300 dan ortiq offshor hududlarini ng vujudga kelishiga sabab bo„ldi. Offshor markazlari deyilganda, umumiy ko„rinishda, faoliyatlari bo„yicha soliqqa tortishning imtiyozli tizimi amal qiladigan chet el, xorijiy kompaniyalarning o„z hududdida faoliyatini tashkil etuvchi mamlakatlar yoki hududlar tushuniladi.

  2. Offshor markazlarida ro„yxatdan o„tgan kompaniyalar davlat yurisdiktsiyasi ostida bo„ladi va mahalliy qonunchilikga qat‟iy amal qilishlari majburdir. Offshor hududlarida soliq imtiyozlari turli xil variantlarda bo„lishi mumkin. Irlandiya va Liberiya offshor hududlarida soliq umuman olinmaydi. Shveytsariyada soliqlar juda ham past stavkalarda olinadi. Lixtenshteyn va Antil orollari offshor hududlarida soliq sifatida yagona to„lov amalga oshiriladi, bu kabi hududlarda yana yillik ro„yxatga olish badallari, bank va sug„urta xizmatlaridan foydalanganlik uchun to„lov, trast faoliyati uchun litsenziya to„lovlari ham olinadi.

  3. Eng birinchi tashkil etilgan offshor hududlariga Men, Gernsi, Djersi, Gibraltar orollari hamda Irlandiya va Panamalar misol bo„la oladi. Xuddi mana shu mamlakat va hududlar uzoq vaqt davomida, nafaqat, Yevropa biznesi imkoniyatlarini, balki, o„z hududlarida offshor operatsiyalarining salmoqli ulushini amalga oshirishgan. Odatda, offshor biznes bank, sug„urta ishi, dengiz kemachiligi, ko„chmas mulk bilan operatsiyalar, trast faoliyati, eksport-import operatsiyalari, konsaltingda jamlanadi.

Nazorat uchun savollar:


  1. Bugungi kunda offshor hududlar xalqaro moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda qanday ahamiyat kasb etmoqda?

  2. Offshor hududlarda offshor kompaniyalarga qanday imtiyoz, erkinlik va majburiyatlar belgilanadi?

  3. Offshor hududlarda qulay biznes muhiti yaratilgan davlatlarni ko„rsating.

  4. Offshor hududlarda qanday operatsiyalar amalga oshiriladi?

  5. “Offshor hududlar rivojlangan dunyo davlatlari va hududlarini aytib bering.

  6. Offshor hududlar faoliyatini izohlovchi ko„rsatkichlarga baho bering.



    1. Jahonda offshor hududlarning rivojlanishi va undagi imtiyozlar



Informatsion xizmatlarni ko„rsatishga ixtisoslashgan hududlar ham muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatmoqda. Bunday hududlar Yamayka, Birlashgan Arab amirliklari va ba‟zi bir boshqa mamlakatlarda paydo bo„lgan. Masalan Dubay shahrida “internet-siti” EIHdi tuzilgan bo„lib, u chet el kompaniyalariga imtiyozli shartlarda barcha faoliyat turlari haqida ma‟lumot olishga imkon beradi, transaktsion xarajatlarni, barcha sohadagi to„siqlarni kamaytiradi. “Internet-siti”da ko„pgina yirik transmilliy korparatsiyalarning, shu jumladan, Germaniyaning “Simns” korporatsiyasining filiallari joylashgan. Borgan sari avvval Londondan ma‟lumot tarqatgan ommaviy axborot vositalari yangi “Mediya-siti” Dubay markaziga ko„chib o„tmoqda.

Informatsion xizmatlar sohasidagi yana bir EIH Yamaykadagi “Montego-bey” bo„lib, uning hududida markaziy Amerikadagi eng raqobatbardosh xalqaro tovush va elektron aloqa kanallariga ega bo„lgan teleport faoliyat yuritmoqda. Hudud matn tahrirlagich turidagi dasturlarni va turli telemarketing xizmatlarni eksport qiladi.

Xizmat ko„rsatuvchi EIHlarning alohida shakli sifatida offshor markazlarida, odatda, bank va sug„urta xizmatlari joylashib ular orqali eksport-import operatsiyalari, ko„chmas mulk oldi-sottisi, dengiz kemalarini oldi sottisi, trast va

konsalting faoliyati amalga oshiriladi. Offshor markazlari chet el kompaniyalari va banklarini taqdim etilayotgan keng imtiyozlar hisobiga jalb etadi. Ular jumlasiga qulay valyuta-moliya qonunchiligi, soliqqa tortishning imtiyozli xarakteri va rag„batlantiruvchi tashki savdo qonunchiligi kiradi.

Offshor hududlarida ro„yxatdan o„tgan kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari katta bo„lib, bir qancha mahalliy va birinchi navbatda, foyda soligidan umuman yoki katta miqdorda ozod silinadi. Bunda ko„rsatilgan imtiyozlar ushbu kompaniyalarning faqatgina ro„yxatdan o„tkazgan davlatning tashqarisidagi tijorat faoliyatiga taalluqlidir. Shuning uchun ro„yxatdan o„tgan kompaniyalar ushbu davlatning rezident kompaniyalarining hech biri bilan hech qanday tijorat moliyaviy faoliyat amalga oshirishi mumkin emas. Offshor hududlarida ro„yxatdan o„tgan kompaniyalar fakatgina bir martalik to„lovni amalga oshirishadi: ro„yxatdan o„tish to„lovi, yillik to„lov va qayta ro„yxatdan o„tish to„lovi. Ushbu to„lovlarning stavkalari qat‟iy belgilangan bo„lib, jami summasi kompaniya uchun bir necha yuzdan bir necha ming dollargacha boradi.

Soliq imtiyozlaridan tashqari, offshor hududidagi kompaniyalarga shuningdek, valyuta, investitsiya, bojxona imtiyozlari va yillik hisobot hamda audit tekshiruvlari bo„yicha imtiyozlar, boshqaruv usullari bo„yicha va maxfiylik tartibi bo„yicha imtiyozlar beriladi. Shuningdek, byurokratiya va ishning sudralishining oldini olish maqsadida beriladigan imtiyozlar ham mavjud.

Bu hammasi birgalikda offshor markazlarini qulay joyga aylantiradi, chunki, kompaniyalar solig„i minimallashadi va kapital saqlanish xavfsizligi ta‟minlanadi. Shuning uchun ham jahonda bir yarim million offshor kompaniyalar mavjud bo„lib ularning asosiy qismi Karib havzasi, Osiyo tinch okeani hududi va G„arbiy Yevropa offshor markazlarida joylashgan. Offshor markazlarining tarixi 50 yildan ortiq. Eng uzoq tarixga ega offshor hududlarga Men orollari, Gernsi, Jersi, Gibraltar, shuningdek, Irlandiya va Panama kiradi. Xuddi mana shu mamlakatlar va hududlar uzok muddat davomida Yevropa biznesi manfaatlariga xizmat kilibgina kolmasdan offshor xizmatlarining asosiy kismini o„zida mujassamlashtirgan edi.

O„tgan asrning o„rtalarida jahonda bir nechtagina offshor markazlari mavjud edi. Ammo, 1970-yillarning boshiga kelib bu sohada o„ziga xos portlash yuz berdi. Yangi asr boshiga kelib butun dunyo bo„yicha 60 ta offshor markazlari faoliyat yuritdi. Ularning 70% rivojlanayotgan mamlakatlarda qolgani esa sanoati rivojlangan mamlakatlarda tuzilgan.

Odatda, offshor markazlari geografik nuktai nazardan kulay joylashgan orol va arxipelaglarda, rivojlangan transport va telekomunikatsiya tizimlari bulgan, yirik xalkaro moliya va savdo markazlari yakinida tashkil etiladi.

Offshor hududlarini shartli ravishda universal va ixtisoslashgan hududlarga bo„lish mumkin. Hozirgi vaktda kupchilik offshor hududlari universal hudud bo„lib ularda faoliyat turidan katiy nazar hamma kompaniyalarga imtiyozli sharoitlar takdim etiladi. Yetakchi universal offshor markazlarga Britaniyaning Virgin orollari, Bermud orollari, Kayman orollari, Kuk orollari misol bo„la oladi.

Tor ixtisoslashgan offshor markazlariga Shvetsariya (investitsiya va bank faoliyati), Avstriya (bank xizmatlari jismoniy shaxslar uchun), Monako (jismoniy

shaxslar uchun soliq rejalashtiruvi), Gollandiya (investitsion faoliyat).

Taqdim etilayotgan imtiyozlar turi va hajmiga nisbatan offshor markazlari imtiyozli va kamaytirilgan soliq solish bilan farqlanadi. Birinchi turdagi offshor hududlarga ushbu hududda ro„yxatdan o„tgan kompaniyalarni soliqdan butunlay ozod kiluvchi hududlar kiradi. Bu turdagioffshor hududlarni matbuotda, ko„pincha, “soliq jannati”, “soliq oazisi” deb yuritiladi. Bu turdagi hududlarga kuyidagi offshor hududlari kiradi. Antil, Bagam, Bermut, Britaniya Berginiya orollari, Gibraltar, Nauru, Terks va Kaykos va boshkalar.

Chegaralangan soliq shartlari bilan xarakterlanuvchi hududlarda foyda solig„i stavkasi nisbatan kichik bo„lib, bu hududlarning kompaniyalar uchun ma‟qul tomoni shundaki, soliq shartnomalarining qulay tizimi va rasmiy vakolatxonalarining ishlashi uchun qulay sharoitlar mavjud. Bunday hududlar misoliga Irlandiya, Shvetsariya, Lyuksenburg, Avstriya, Mavriki, Seyshel orollari, Vanuatu, Madeyra, G„arbiy Samoa, Sent-Vinsent, Kipr va boshkalar kiradi.

Offshor hududlarining doimiy mijozlari qatoriga investitsiya sohasida, ko„chmas mulk bilan ishlovchi, dengiz kemalarga egalik qiluvchi, intellektual mulkga egalik qiluvchi kompaniyalar kiradi. Xolding kompaniyalari boshqa savdo va ishlab chiqarish kompaniyalarni ularning aksiyalariga egalik qilish hisobiga boshkarish uchun tuziladi. Bunday kompaniyalarni offshor hududlarda joylashtirishning qulay tomoni shundan iboratki, xoldingni tuzuvchilar uzlarining aktivlarini offshor markaziga ko„chirish hisobiga uz mamlakatlarida yuqori soliqqa tortilishdan qochadilar. eng kuo„p bunday xoldinglar Lixtenshteynda (ikki yuz mingga yaqin), Shvetsariyada (taxminan un mingga yaqin) va Lyuksenburgda (taxminan ikki mingta).

Ko„pgina hollarda, soliq imtiyozli hududlarda savdo-vositachilik operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar joylashadi. Offshor hududida joylashish ularga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • bir qism xarajatlarni past soliqli hududlarga o„tkazash;

  • transfert (firma ichidagi) operatsiyalar hisobiga savdo foydasining bir qismini past soliqli hududlarda akumilyatsiyalash;

  • soliq shartnomaliridan foydalangan holda savdo daromadini qayta taqsimlash va sotish;

  • ulgurji xaridlarni bevosita chet el ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilish;

  • tovarni xaridorga yakinlashtirish va sotkv operatsiyalarini xalqaro mikyosda amalga oshirish.

Soliq imtiyozlari hududida offshor kompaniyalari faoliyati uz ichiga fakatgina savdo operatsiyalarini emas, tijorat operatsiyalarini xam oladi.

Savdo-vositachi va boshsa turdagi faoliyatdagi kompaniyalarga moliyaviy xizmat kursatish odatda soliq imtiyozlari hududida joylashgan chet ellik moliyaviy kompaniyalar tomonidan bajariladi. Ular maxsus soliq imtiyozlari beruvchi offshor hududlarida tashkil etiladi. Ko„plab offshor moliyaviy tashkilotlari Buyuk Britaniyaning dengiz orti hududlarida joylashgan, ularning jami 14 ta bo„lib, umumiy aholisi 6,2 mln. Kishini tashkil etadi. Ular Bermud orollari, Britaniya Vergin orollari, Hind okeanidagi Britaniya orollari, Gibraltar, Montserrat, muqaddas Elena, Janubiy

Jordja orolari va boshqalar.

Offshor hududidagi kelajagi porloq faoliyat turlaridan biri sug„urta faoliyatidir. Bunday kompaniyalarni offshor hududlarda ochish uchun ro„yxatdan o„tkazuvchi organnning litsenziyasi zarur bo„lib, u biznes rejani, ta‟sischilar va direktorlar ro„yxati taqdim etilgandan keyin beriladi. Sug„urta kompaniyalarning offshor hududida faoliyat yuritayotgan shuba korxonalari soliqlarni kamaytirishga va qayta sug„urtalash bozoriga chikishga imkoniyat beradi. Sug„urta kompaniyalari eng ko„p joylashgan offshor hududlariga Men, Gernsi, Bermud, Kayma orollari, Lixtinshteyn va Kipr davlatlari kiradi.

Keyingi o„n yilliklarda xalqaro offshor biznesining muhim turi bu bank faoliyati bo„lib qoldi. Banklar registratsiyadan o„tgan mamlakat rezidetnlariga xizmat ko„rsatish huquqidan mahrum etilgan bo„lsa-da, quyidagi imtiyozlarga ega bo„ladilar:

  • soliqlardan ozod bo„lish imkoniyatiga ega bo„ladilar;

  • talab qilingan ustav kapitalining mikdori g„arb mamlakatlari va boshqa ko„pgina mamlakatlardagiga ko„ra kamroq;

  • majburiy zahiralar haqidagi qonunlar, kreditlash qoidalari offshor hududidagi investitsiyalash qoidalari rivojlangan mamlakatlardagidan qulayroqdir;

  • mamlakatdagi registratsiyadan tashqaridagi valyuta operatsiyalari ustidan nazorat deyarli amalga oshirilmaydi;

  • bankni tashkil etish muddati juda qisqa.

Offshor banklari birinchi navbatda soliq stavkalari yuqori bo„lgan va qattiq valyuta qonunchiligi amal qiladigan davlatlardagi mijozlar uchun hisob ochish va yuritish uchun hamda evro valyutalar bozorida moliyaviy opretsiyalar yuritish uchun tashkil etiladi. Masalan, offshor banklarining katta qismi Lyuksenburgda ro„yxatdan o„tkazilgan bo„lib, u yerda bank zahiralariga bo„lgan talab yo„q, Shvetsarya va Lixtenshteynda (valyuta nazorati mavjud emas), Singapur, Gonkong, Kayman va Bagam orollarida (imtiyozli soliq tizimi) jahonda jami bo„lib olti ming atrofida offshor banklari xalqaro kapital harakati oqimining deyarli yarimiga xizmat ko„rsatadi.

Offshor biznesining ko„lami keyingi yillarda jadal sur‟atlar bilan kengaymoqda. Amaldagi baholashlarga ko„ra asrimiz boshida butun jahon valyuta operatsiyalarining yarimi offshor markazlari orqali amalga oshirilgan. Xalqaro valyuta fondi ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan mahsus tadqiqotlar natijasiga ko„ra offshor hududlarida to„plangan chet el depozitlari o„lchamlari bo„yicha mazkur mamlakat makroiqtisodiy ko„rsatkichlaridan ancha ustun bo„lib, milliy iqtisodiyotning bank xizmatiga bo„lgan ehtiyojidan ancha ortiqdir. 7 ta yetakchi (Bagam orollari, Gonkong, Baxrayn, Panama, Singapur, Kayman orollari, Gollandiyaning Antil orollari) offshor markazliridagi jami bank depozitlari 1975-yilda rivojlangan mamlakatlar depozitlarining 21,7 %iga, 1985-yil – 28,1 %, 1995-yil – 28,3 %iga ega bo„lgan bo„lsa, bugungi kunga kelib bu ko„rsatkich 35 % etib qoldi.

Offshor biznesining ko„lami haqida ushbu markazlarda ro„yxatdan o„tgan offshor kopaniyalarning soni yaqqol ma‟lumot beradi (11.1-jadval).
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   142


написать администратору сайта