Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница102 из 142
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   142

Rossiya Federatsiyasida erkin iqtisodiy hududlarning tashkil etilishi va rivojlanishi tarixi



O„tgan asrning 90- yillarida Rossiyada EIHlar tashkil etila boshlandi. 1989-yil dekabrda sobiq Ittifoq hukumatining qarori bilan Naxodka va Viborg shaharlarida EIH tashkil qilindi. Jahonning boshqa mamlakatlarida EIHlarni tashkil etish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq deb topilgan bo„lsa, Rossiyada bu jarayon ortiqcha siyosiylashtirilib yuborilgan edi. EIH sobiq ittifoqdosh respublikalarning va yirik mintaqalarning mustaqillikka erishishlari doirasida hokimiyat va resurslarni taqsimlash quroliga aylanib qoldi. Natijada 1990-yilning iyul oyidan 1991-yilning iyun oyigacha RSFSRning (Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi) Oliy Soveti qarori bilan 11 ta mintaqaga (Primore o„lkasi, Naxodka shahri, Oltoy o„lkasi, Sankt-Peterburg shahri, Leningrad viloyati, Viborg shahri, Zelenograd shahri, Kaliningrad, Chita, Novgorod viloyatlari, Yahudiy avtonom okrugi) rasman EIH maqomi berildi96. Ushbu hududlarning umumiy maydoni 1 mln. km2 dan (Rossiya maydonining 7 %), aholisi 18,5 mln. kishidan (mamlakat aholisining 13 %) ortiq edi. Ushbu EIHlar o„z maydoni bo„yicha dunyoda tashkil etilgan barcha EIHlar maydonidan katta bo„lib, ularni tashkil qilish jarayoni maqsad va vazifalarning aniq belgilanmaganligi, me‟yoriy-huquqiy hujjatlarning mavjud emasligi, mahalliy hokimiyatlarning EIHlar orqali mustaqillikka intilishi, imtiyozlarning mezonlarsiz berilishi va boshqa shu kabi xususiyatlarga ega bo„ldi.

1991-yilda qabul qilingan “RSFSRda chet el investitsiyalari to„g„risida”gi RSFSR qonunida EIH to„g„risidagi bo„limning mavjudligi bu jarayonni biroz tartibga keltirdi. Mazkur qonunga muvofiq EIHlar xorijiy kapitalni, ilg„or xorijiy texnologiyalarni, boshqaruv tajribasini jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilishi ko„zda tutilgan.

EIHda xorijiy investitsiyalar va xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar uchun xo„jalik faoliyatining quyidagi imtiyozli tartibi joriy etildi:

  • xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni ro„yxatdan o„tkazishning soddalashtirilgan tartibi;

  • Rossiya Federatsiyasi territoriyasida xorijiy investorlar uchun o„rnatilgan soliq stavkalarining 50 %gacha miqdorda imtiyozli soliqqa tortish;

  • erdan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish uchun to„lov stavkasini pasaytirish;

  • erni 70 yilgacha uzoq muddatli ijaraga olish huquqi;

  • tovarlarni olib kirish va olib chiqishga bojxona to„lovlarini kamaytirish;

  • xorijiy fuqarolarning chegaradan o„tish, kirish-chiqish (shu jumladan, vizasiz) tartibni soddalashtirish;

  • butunlay xorijiy investorlarga tegishli korxonalar, shuningdek, 30 %dan yuqori





96 Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2005. – 230 с.

xorijiy investitsiyalarga ega bo„lgan qo„shma korxonalar uchun qonunda mo„ljallangan litsenziyasiz eksport-import qilish huquqi. Bunda o„z mahsulotini eksport qilishdan olingan valyuta tushumi butunlay ularning ixtiyorida qoladi.

1992-yilda iqtisodiyotni isloh qilish va xo„jalik faoliyatini liberallashtirish tufayli EIHlarni tashkil etishga munosabat o„zgardi. Rossiyada tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish to„risida qabul qilingan qonunlar EIHlarda xo„jalik faoliyatining maxsus rejimini nazarda tutmas edi. EIHlarda amal qilayotgan imtiyozlar va sharoitlarni hech kim bekor qilmagan bo„lsa-da, mamlakatning moliya va soliq organlari ularni o„z kuchini yo„qotgan deb hisobladi.

EIHlarning qonuniy-huquqiy holatidagi bunday noaniqliklar xorijiy investorlarning xavotirlanishiga olib keldi. 1992-yil iyunda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining “Rossiya Federatsiyasi hududida erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish bo„yicha ayrim chora-tadbirlar to„g„risida”gi Farmonida xorijiy va rossiyalik investorlar uchun avvalgi hududiy imtiyozlarining saqlanib qolishining belgilab berilishi vaziyatning barqarorlashishiga olib keldi.

Shunga qaramay Rossiya Federatsiyasi hukumatida 11 ta ulkan territoriyaga ega bo„lgan hududlarni yopish va ularning imtiyozlarini bekor qilish fikri ustunlik qilar edi. Buning o„rniga mikrohududlarni, asosan, erkin bojxona hududlarini va eksport ishlab chiqarish hududlarini tashkil qilish konsepsiyasi ham ilgari surilgan edi. Ushbu hudud turlarini tashkil qilishning tanlanma strategiyasi asosida ularning qulay geografik joylashuvi, infratuzilmaviy qurilishlarga minimal xarajatlar bilan qo„shilish tamoyili yotadi. Natijada EIHlar atrofida noaniqlik muhiti, aniqrog„i katta bo„lmagan eksport hududlarigacha qisqartirish g„oyasi paydo bo„lgan edi. Ushbu istiqbolli g„oyalar ham qonuniy-huquqiy hujjatlar bilan asoslanmagan edi.

Hukumat ushbu ikki turdagi EIHlarni shakllantirish yo„nalishini qo„llab- quvvatlash maqsadida 1993-1995 yillarda EIHlarda faoliyat ko„rsatayotgan xorijiy va mahalliy korxonalar uchun investitsion muhitni yaxshilash bo„yicha qator ishlarni amalga oshirdi. Bu ishlarga, birinchidan, xorijiy investitsiya asosida qurilgan korxonalar foydasiga soliq solishda imtiyozlar berish; ikkinchidan, qo„shimcha qiymat solig„ida, import qilingan texnologik uskunalarni maxsus soliqdan ozod qilish; uchinchidan, 1996 yil 1 yanvardan ish haqiga xarajatlarning me‟yoridan ortib ketishiga solinadigan soliqni bekor qilish va boshqalar kirgan edi. Ushbu chora- tadbirlar natijasida Rossiyada EIHlarni tashkil qilish faollashdi. Qator mintaqalar me‟yoriy-qonuniy hujjatlarning ishlab chiqilishini kutib o„tirmasdan, lokal funksional hududlarni tashkil qilish loyihalarini amalga oshirishga kirdi. “Naxodka” EIH ma‟muriyati birinchi bo„lib ushbu jarayonni boshladi. Hukumat qarorlariga tayanib, ajratilgan budjet kreditlaridan foydalanib, 1995-yilning yozida Naxodka ma‟muriyati o„z territoriyasida birinchi bojxona hududini tashkil qildi. Moskva viloyatining hukumat rahbariyati, shuningdek, Sankt-Peterburg va Ulyanovsk shaharlarining hukumat rahbarlari ham ushbu yo„nalishda, biroq, federal hukumat yordamiga tayanmay erkin bojxona hududlarini tashkil etdi.

1999-yil fevralda Sankt Peterburgda 20 ta maxsus rejimga ega bo„lgan iqtisodiy rivojlanish hududlarini tashkil etish to„g„risida qaror qabul qilindi. Ushbu hududlarda faoliyat ko„rsatayotgan korxonalarga investitsion loyihalarni faollashtirish, shaharda

xalqaro transport yuk majmuasining iqtisodiy samaradorligini va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida qator imtiyozlar berildi.

Boshqa hududlar avvalgi imtiyozlarni tiklash yoki yangi imtiyozlarga ega bo„lishga qaratilgan hatti-harakatlarni kuchaytirdi. Masalan, Kaliningrad viloyati 1995-yilning noyabr oyida Davlat Dumasi tomonidan “Kaliningrad viloyatida maxsus iqtisodiy hudud to„g„risida”gi federal qonunni qabul qilishiga erishdi. Ushbu qonun unga maxsus bojxona hududi tartibini qaytarib berdi. 1995-yilda “Kabardino- Balkariya” EIH, 1996-yilda esa “Ingushetiya” xalqaro biznes-markazi tashkil topdi. Ushbu hududlar klassik offshor hududlar sifatida tashkil etilgan edi.

2003-yilda Rossiyada 23 ta federal ahamiyatga ega bo„lgan EIHlar, shu jumladan, federal qonunlar asosida uchta hududda (Kaliningrad va Magadan viloyatlari, Ingushetiyada) EIHlar faoliyat ko„rsata boshlagan edi (10.1-jadval).
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   142


написать администратору сайта