Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница99 из 142
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   142

Xitoy erkin iqtisodiy hududlaridagi imtiyozlar va ularning xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi tutgan o„rni



Xitoyda EIHlar eksport, ishlab chiqarish, savdo, ilmiy-ishlab chiqarish vazifalarini bajaradi. Shu bilan birga, ularning har biri alohida farqlarga ega. Bu farqlar soliq va bojxona tartibida o„z aksini topadi. Xitoydagi EIHlarining o„ziga xosligi shundaki, zonadagi korxonaning ishlab chiqarishi tashqi bozorga yo„naltirilgan hisoblanadi. Mahsulotlarni ichki bozorga sotish EIH boshqaruv organining ruxsati bilan amalga oshiriladi va ulardan odatdagi tartibda bojxona to„lovlari undiriladi.

Xitoyda EIHni boshqarish masalalari butunlay viloyat darajasiga tushirilgan. EIHlarning mahalliy organlari tashqi iqtisodiy faoliyat va xo„jalik siyosati sohasida keng vakolatlarga ega. Misol uchun, Guandun va Funchjen viloyatlarida mahalliy organlar EIHlarni boshqarish masalalari haqida alohida qarorlar qabul qilishi

mumkin.

Xitoyda EIHlarda investorlar uchun taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlari va boshqa qulay shart-sharoitlar EIHlarga xorijiy investitsiyalar kirib kelishi asosida mamlakatda investitsiya faoliyatining rivojlanishiga erishilmoqda. Bugungi kunga kelib, Xitoy davlati mamlakatga, xususan, EIHlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik xavfsizlikni birinchi o„ringa qo„ygan holda, shuningdek, iqtisodiyotning investitsiyalarga birmuncha to„yinganligi va jamg„armalari hajmi birmuncha ortishiga erishilganligi sababli xorijiy investitsiyalarga taqdim etiladigan imtiyozlarni, jumladan, soliq stavkalarini ma‟lum darajada ko„tarishi evaziga qisqartirdi.

Shunga ko„ra, aytish mumkinki, bugungi kunda EIH rezidentlari uchun talablar va imtiyozlar quyidagilardan iborat:

  1. EIHlarga kiritiladigan xorijiy investitsiyalar miqdori kamida 50 mln. AQSh doll. bo„lishi kerak, oldin bu ko„rsatkich 30 mln. AQSh doll. bo„lgan. Xorijiy rezidentning ustav kapitalidagi ulushi kamida 25 %ni tashkil etishi lozim.

  2. EIH rezidentlari uchun 5 yil davomida alohida soliq imtiyozlari tizimi yo„lga qo„yilgan. Birinchi 2 yil davomida ular umuman daromad solig„ini to„lashmaydi va keyingi 3 yil davomida soliqning faqatgina 50 %ini to„lashadi, xolos. 2008-yilgacha foyda solig„i maxsus zonada joylashmagan korxonalar uchun 33 %, MIH rezidentlari uchun esa 15 % etib belgilangan. XXR Davlat kengashining 2007-yil 26-dekabrdagi “Korxonalarga daromad solig„i bilan bog„liq imtiyozlar berishning o„tish siyosati to„g„risidagi” qaroriga ko„ra foyda solig„i 2008 yilda 18 %, 2009-yilda 20 %, 2010 yilda 22 %, 2011-yilda 24 % va 2012-yildan 25 %ga ko„tarildi.

  3. 2012-yildan boshlab qat‟iy 25 % qilib o„rnatildi. Savdo, qayta ishlash va import-eksport faoliyati bilan shug„ullanuvchi EIH rezidentlari uchun QQS 17 % deb belgilangan.

  4. Kamida 5 yil muddatda o„z foydasini Xitoyga qayta investitsiyaga aylantirgan xorijiy investorlarga reinvestitsiya qilingan ulushga mos ravishda to„langan daromad solig„ining 40% qaytarib beriladi.

  5. Past rentabelli yoki iqtisodiy chekka va qoloq tumanlariga o„z kapitalini kiritgan tadbirkorlar 11 yildan boshlab, (10 yil imtiyoz davridan keyin) daromad solig„ini 15-30 foizi mukofot tarzida chegiriladi.

  6. 5 mln. AQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritgan yoki zamonaviy texnologiyani taqdim etgan yohud aylanma kapitali sekin aylanadigan korxona foyda solig„idan qisman yoki to„liqligigacha ozod qilinishi mumkin.

  7. Quyidagilardan boj olinmaydi:

  • ishlab chiqarish va boshqaruv uchun investitsiya qilingan qurilish materiallari, detallar va uskunalardan;

  • xorijiy kapital ishtirokidagi korxona eksportidan;

  • ofis jihozlari va transport vositalaridan.

  1. Bojxona zonalariga bojxona - sanoat solig„i hamda bojxona to„lovlarini to„lamasdan, xohlagan mahsulotni kiritish mumkin. Bu tovarlarni ichki bozorda olib kiritilayotganda esa soliq va to„lovlar to„liq holda olinadi.

  2. Ammo, EIH hududiga olib kirilayotgan texnologiya va xomashyo uchun QQS

va boj undirilmaydi. Lekin, aksiz, shaxsiy daromad solig„i va boshqa soliq turlari imtiyozlardan holi. Bundan tashqari, EIH rezidentlari uchun soliq bilan bog„liq bo„lmagan imtiyozlar ham joriy etilgan, ular yer, suv, elektr energiyasi, gaz, internet, bino ijarasi kabi to„lovlardan to„liq yoki qisman ozod etiladi.

  1. Xitoy tajribasidagi yana bir jihat, bu erkin iqtisodiy zonalardagi mahalliy hukumatlarning qo„shma korxonalar uchun mahalliy budjetga aloqador bo„lgan soliqlar bo„yicha qo„shimcha imtiyozlar beriladi. Masalan, subsidiyalar past narxlar tizimi orqali kommunal xizmati uchun, uchastkalardan va ishlab chiqarish xonalaridan foydalanish uchun ijara to„lovini arzonlashtirishga, shuningdek, budjet dotatsiyalari va davlat kreditlari beriladi. Ma‟muriy imtiyozlar investorlarni infratuzilma vositalarini ta‟minlashga, qayd qilish va bojxona muolajalarini soddalashtirishga tegishli, shuningdek, biznesga ko„maklashayotgan turli xil xizmatlarni ko„rsatishga tegishlidir.

Dengizbo„yi ochiq shaharlar (DOSh) EIHlarga qaraganda boshqacha funksiyani bajarib, ular bevosita mamlakatning ichki mintaqalarini rivojlanishiga ta‟sir ko„rsatadi. Biroq, ularning ilg„or texnologiyalar asosida ish yuritayotgan korxonalari shu tumanlarning bozorlarini mahsulot bilan to„ldiradi. Shu sababli davlat DOShlarni rivojlanishida tanlanma (selektiv) siyosatni amalga oshirib kelmoqda. Birinchi navbatda, mablag„lar qulay investitsiya muhitidagi DOShlarga yo„naltirilmoqda. Boshqa hududlar esa davlat yordamini olish uchun ichki resurslarni ishga solgan holda xorijiy investitsiyalar uchun qulay muxit yaratishi kerak bo„ladi. Bunda “ko„rinmas” muhitga (boshqaruv tizimini mukammallligi, qonunchilik tizimi, viza tartibi va boshqalarga) e‟tibor berish kerak. Bunday vositalar katta qo„yilmalar talab etmasa-da, yaxshi samara beradi. DOShlar uchun mamlakatda quyidagi iqtisodiy imtiyozlar yaratilgan:

  • foydadan olinadigan soliq miqdori kamaytirilgan;

  • 20 mln. AQSh dollari miqdorida xorijiy kapital qo„yilgan obyektlar, ko„p mehnat talab qiladigan va texnik ilm talab etiladigan ishlab chiqarish uchun foyda solig„i 15, 5 %ni tashkil etadi;

  • 70 % mahsulot eksportga ketadigan va ilg„or texnologiyali korxonalar uchun 10-12 %;

  • xorijiy ishbilarmonlar dividendi va % daromadiga 10 % soliq solinadi. DOShlarda quyidagi bojxona to„lovlari olinmaydi:

  • ishlab chiqarish va boshqaruv uchun investitsiya qilingan qurilish materiallari va uskunalardan;

  • xorijiy kapital ishtirokidagi korxonaning eksportidan;

  • ofis jihozlari va transport vositalaridan (DOShlardagi xorijiy korxona va tashkilotlarda foydalanish uchun).

Bundan tashqari, DOShlarning hukumat rahbariyati mustaqil ravishda qo„shma korxona loyihalarini tasdiqlash, yer va inshootlar uchun ijara xaqi institutlari va foyda solig„ini cheklash kabi xorijiy kapitalning kirib kelishini tartibga solib turuvchi qonunlarni ham chiqarishi mumkin. Shanxay va Tyantszin 30 mln. dollargacha bo„lgan qiymatdagi, Dalyan va Gunchjou 10 mln. dollargacha bo„lgan qiymatdagi, Tsinxuandao, Tsindao, Fuchjou va boshqa DOShlar esa 5 mln. dollargacha bo„lgan

qiymatdagi qo„shma korxona loyihalarini mustaqil tasdiqlashi mumkin.

Xitoyda EIHlarda taqdim etilgan imtiyoz va qulayliklar ularga dunyoning 100 dan ortiq davlatlaridan investitsiyalar jalb etish imkonini yaratdi. Xitoyga 1979-2014 yillarda jami 2,5 trln. dollardann ortiq xorijiy investitsiyalar jalb etilgan bo„lsa, shundan 75-80 foizi Xitoy EIHlariga jalb etilgan. Xorijiy investitsiyalar, asosan, maxsus tashkil etilgan kompleks iqtisodiy hududlar orqali kirib keladi.

1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   142


написать администратору сайта