Главная страница
Навигация по странице:

  • MIHlar Miqdori, mln.

  • 9.2-jadval. Xitoy

  • MIHlar 2016-yil 2017-yil

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница95 из 142
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   142

    Tayanch iboralar:


    Erkin iqtisodiy hududlar, xorijiy investitsiya, kooperatsiya, investor, eksport, innovatsiya, imtiyoz, texnologiya, loyiha.

    Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


    1. Xitoyda EIHlarnining tashkil etilishi va rivojlanishi bir necha bosqichlarga

    bo„linadi. Bunda mamlakatda EIHlarni tashkil etish bo„yicha qo„yilgan strategik maqsadlarga erishish, jumladan, ularni har tomonlama rivojlantirish yo„lida bir necha vazifalarni belgilab oldi. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bosiqchlarida mamlakatda ularning muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatishi uchun qulay sharoitlarni barpo etishga yo„naltirilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Xususan, 200 dan ortiq qonun va me‟yoriy hujjatlar qabul qilindi.

    1. Xitoyda EIHni tashkil etish evolyutsiyasini uch bosqichga bo„lish mumkin: o„sish polyusi bosqichi (1978-1982 yillar) (davlat boshqaruvi yetakchilik qildi, huquqiy asos yaratildi); bir maromda rivojlanish bosqichi (1983-1989 yillar) (tashqi investitsiyalar ko„plab kiritildi); klasterkash bosqichi (1990-yildan hozirga qadar) (texnologiyalar innovatsiyasi qo„llanildi).

    2. Bugungi kunda Xitoyda 6 ta yirik EIHlar tashkil etilgan bo„lib, bundan tashqari, yana boshqa turdagi EIHlar ham faoliyat ko„rsatadi. Xitoyda 1 dollar chet el investitsiyasini jalb etish uchun 5,5 dollar milliy resurslarni transport tizimi, barqaror suv va energiya ta‟minoti, shinam turur-joy uchun sarflash zarur bo„lgan.



    Nazorat uchun savollar:





    1. Xitoyda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish necha bosqichdan iborat bo„lgan?

    2. Xitoyda EIHlarning muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatishi uchun qancha onun va me‟yoriy hujjatlar qabul qilingan?

    3. Xitoyda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bosqichlari mazmunini bilasizmi?

    4. Xitoyda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishning 1-bosqichi nimalar amalga oshirilgan?

    5. Xitoyda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishning 2-bosqichi nimalar amalga oshirilgan?

    6. Xitoyda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishning 3-bosqichida nimalarga erishilgan?



      1. Xitoy iqtisodiyotining rivojlanishi va unda erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o„rni



    Xitoy davlati bugungi kunda dunyo mamlakatlarining e‟tibori markazida turgan asosiy davlatlardan hisoblanadi. Sababi, Xitoyning iqtisodiyot, tashqi iqtisodiy faoliyat, xalqaro integratsiyani rivojlantirish va unda EIHlar hissasining ortib borishi borasida erishayotgan ulkan yutuqlari barchani xayratga soladiki, bu, so„zsiz, uning faol iqtisodiy, investitsiya siyosatini olib borish bilan bevosita bog„liqligi natijasi hisoblanadi. Shunga ko„ra, ushbu davlatning amaliy tajribalarini chuqur o„rganish maqsaga muvofiqdir.

    Agar quyidagi 9.2-rasmga nazar tashlansa, unda Xitoy YaIMning dinamik o„sishi to„g„risida yetarli tasavvurga ega bo„lish mumkin.


    Xitoy YaIMni tahlil qilganimizda uning 2009-yildan 2017-yilgacha 6,7-8 foizdan o„sganini ko„rishimiz mumkin. Bu esa aholi jon boshiga YaIM hajmining ham o„sib borishiga o„z ta‟sirini ko„rsatmoqda.

    Shuni ham ta‟kidlash lozimki, Xitoyning tashqi savdo aylanmasi 2018-yil yakunlariga ko„ra rekord natijani ko„rsatdi va 4,62 trln. dollarga etdi. Bu qiymat 2017-yilga nisbatan 12,6 foiz ko„proq bo„lgan, deb ma‟lum qildi Xitoy bosh bojxona boshqarmasi vakili Li Kuyven. Uning aytishicha, Xitoy eksporti 2018- yilda 9,9 foizga o„sib, 2,14 trln. dollarni, importi esa 15,8 foizga o„sib, 2,14 trln. dollarni, savdo balansining ijobiy saldosi 546,5 mlrd. dollarni tashkil qilgan76.

    Xitoy yirik EIHlari – MIHlarining 2017- yilga tashqi savdo ko„rsatkichlariga nazar tashlansa, unda Shenjen MIHning umumiy savdo aylanmasidagi ulushi 73,6

    %ni, jumladan, eksportdagi ulushi 73,9%ni, importdagi ulushi esa 73,2%ni tashkil etganligini ko„rish mumkin (9.1-jadval).

    9.1-jadval. Xitoy yirik EIHlari MIHlarining 2017-yilga tashqi savdo aylanmasi, trln. yuanda77


    MIHlar

    Miqdori, mln. yuan

    O„sishi, %

    tashqi

    tovar aylanmasi


    eksport


    import

    tashqi

    tovar aylanmasi


    eksport


    import

    Shenjen

    2801146

    1653357

    1147789

    6,4

    5,5

    7,9

    Syamen

    581604

    325365

    256239

    14,3

    5,2

    28,4

    Chjuxay

    299012

    188298

    110714

    8,6

    4,4

    16,4

    Shantou

    (yanvar- noyabr)


    52382


    39195


    13188


    2,5


    1,2


    6,7

    Xaynan

    70237

    29566

    40671

    -6,5

    110,4

    -33,4

    Jami

    3804381

    2235781

    1568601

    7,4

    5,9

    9,6






    75 www.tradingeconomics.com ma‟lumotlari asosida tayyorlandi.

    76 https://kun.uz/news/2019/01/14/xitoyning-tashqi-savdo-aylanmasi-rekord-qiymatga-yetdi.

    77 Годовой обзор. Состояния экономики и основных направлений внешнеэкономической деятельности Китайской Народной Республики в 2017 году. // Торговое Представительство Российской Федерации в Китайской Народной Республике. Пекин, 2018 г. С. 104.

    O„z navbatida, MIHlar tashqi savdo aylanmasning o„sish sur‟ati umumiy 7,4

    %ni tashkil etgan bo„lsa, bu ko„rsatkich Chjuxay MIHda 14,№ %ni, Xaynan MIHda esa -6,5 %ni tashkil etgan. O„z navbatida, aynan Xaynan MIHda eksportning o„sishi 110,4 %ni, importning o„sishi esa -33,4 %ni tashkil etgan.

    Shuningdek, “Bir makon, bir yo„l” tashabbusini amalga oshirish kuchayishi natijasida Xitoyning o„kpgina provinsiyalaridagi EIHlarining tashqi iqtisodiy faoliyati sezilarni o„sganligini kuzatish mumkin (9.2-jadval).

    9.2-jadval.

    Xitoy EIHlarining tashqi savdo aylanmasi ko„rsatkichlari, mlrd. AQSh dollari78



    MIHlar

    2016-yil

    2017-yil

    tashqi

    tovar aylanmasi


    eksport


    import

    tashqi

    tovar aylanmasi


    eksport


    import

    Shenjen

    398,34

    237,44

    160,90

    413,95

    244,22

    169,73

    Syamen

    77,17

    46,94

    30,23

    85,84

    48,01

    37,83

    Chjuxay

    41,71

    27,31

    14,40

    44,25

    27,89

    16,36

    Shantou

    8,52

    6,42

    2,10

    8,80

    6,71

    2,09

    Xaynan

    11,32

    3,12

    9,20

    10,37

    4,37

    6,00

    Jami

    537,06

    321,23

    216,83

    563,21

    331,2

    232,01

    Jumladan, 2016-yilda ular hissasiga Xitoy tashqi savdo aylanmasining 14,57 %i to„g„ri kelgan bo„lsa, 2017-yilga kelib EIHlarning tashqi savdo aylanmasi hajmi 537 mlrd. AQSh dollaridan 563 mlrd. AQSh dollarigacha o„sganligiga qaramay, mamlakat tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 13,7 %ga tushib ketdi.

    Xitoy EIHlarida 2017-yilda 2016-yilga nisbatan eksport, import va tashqi savdo aylanmasining ham o„sganligini ko„rish mumkin. Lekin, bunda eksport hajmi 3,1

    %ga o„sgan bo„lsa, import hajmi 7 %ga o„sishga erishganligini ham ko„rish mumkin. EIHlarning umumiy tashqi savdo aylanmasi esa 4,9 %lik o„sishga erishgan.

    Bundan o„sish sur‟atlariga erishishda mazkur EIHlardagi mintaqaviy yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmining o„sishi o„z ta‟sirini ko„rsatgan (9.3-jadval).
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   142


    написать администратору сайта