Главная страница
Навигация по странице:

  • Umumiy

  • Ixtisoslashgan

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница87 из 142
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   142

    8.5-rasm. AQSh shtalarida joylashgan TSHlarining alohida hududlarda joylashuvi xaritasi



    “Tashqi savdo zonalari to„g„risida”gi Qonunga muvofiq, AQShda TSHlari port zonalarda tashkil etilishiga ruxsat etilgan bo„lib, bunda bunday zonalar:

    • port hududida yoki;

    • portga kirish hududiga chegaradosh, yonma-yon, o„zaro bog„langan hududda tashkil etilishi mumkin.

    Har bir portga kirish bitta TSHni tashkil etish imkonini beradi, biroq, agarda portga kirishdagi suv yo„li iiki shahar o„rtasida joylashgan bo„lsa, u holda TSHda ushbu shaharlar hududida joylashishga ruxsat etiladi. Bu port hududida tashkil etilgan TSHni ifodalaydi.

    Ikkinchi turdagi TSHlari portga kirish hududiga chegaradosh joyda joylashgan savdo hududlari sifatida ham tashkil etilishi mumkin.

    Mavjud qonunchilikka muvofiq Qo„shma Shtatlarda faoliyat yuritadigan tashqi savdo zonalari bo„linadi:

    “Tashqi savdo zonalari to„g„risida”gi Qonunga muvofiq, AQShda TSHlari port

    zonalarda tashkil etilishiga ruxsat etilgan bo„lib, bunda bunday zonalar:
    • umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) hududlar;


    • ixtisoslashgan hududlar (subzonalar).

    Bugungi kunda AQShda 253 umumiy maqsadli zonalar va taxminan 400 ta subzonalar mavjud73.

    Umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) zonalar odatda, port va aeroportlar hududida yoki ular yaqinida AQSh bojxona xizmati vakolatlaridan tashqarida joylashgan bo„ladi.

    Odatda, umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) tashqi savdo zonasida tovarlarni saqlash uchun ijaraga beriladigan bo„sh joylar (maydon), har qanday transport vositasi kirish imkoniga ega bo„lgan distribyutorlik (tarqatish) markazi joylashgan bo„lishi lozim.

    Umumiy maqsadlardagi zonalarning faoliyati sohasi mahsulotni qo„shimcha qayta ishlashsiz saqlashni, saralashni, qadoqlashni o„z ichiga oladi.

    Umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) zonalar Tashqi savdo zonalari bo„yicha Komiteti tomonidan mahalliy hokimliklar yoki shtat Hukumati huzuridagi turli xil tashkilotlarga, masalan, iqtisodiy rivojlanish bo„yicha agentliklar, port administratsiyasiga ruxsat berish asosida tashkil etiladi.

    Ushbu zonalar savdoni kengaytirish va aholi bandligi darajasini oshirish maqsadida tashkil etiladi va kommunal xizmatlar davlat korxonalari uchun e‟lon qilingan tariflar asosida taqdim etiladi.

    Zonalar davlat yoki xususiy kompaniyalar tomonidan boshqariladi.

    Umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) tashqi savdo zonalari dastlab Nyu- York, Nyu-Orlean, San-Fransisko, Oakland, Los-Anjeles va Sietldagi yirik portlarda joylashgan.

    1950-yillarda Toledo (Ogayo shtati), Janub (Michigan), Mayaguez (Puerto- Riko), Honolulu (Gavayi)da xuddi shunday hududlar yaratilgan.

    Eng muhimi, 70-80 yillarda hududlarning soni ko„paydi, bu AQSh tashqi savdosi o„sishini va ichki bozorda raqobatning kuchayishini aks ettirdi.

    Ushbu davr mobaynida bunday hududlar dengiz portlari va xalqaro aeroportlarda emas, balki, okeanga ega bo„lmagan shaharlarda ham yaratilgan, lekin, hozirda ham tashqi savdo sohasida muhim rol o„ynaydi.

    1970-yilga kelib yaratilgan 52 umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) tashqi savdo zonalaridan 24 tasi okeanga kirish imkoniga ega bo„lmagan shaharlarda joylashgan edi. Ushbu jarayonda AQSh savdo hajmining oshishi bilan bir qatorda xorijiy korporatsiyalarning ichki bozorda faollashuvi, turli xil eksport operatsiyalarining jadal o„sishi mamlakatda yangi savdo infratuzilmasini yaratishga olib keldi.

    Ixtisoslashgan zonalar (subzonalar) faoliyati umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) tashqi savdo zonasi doirasiga kirmaydigan alohida kompaniyalar uchun tashkil etiladi. Unda import o„rnini bosuvchi yoki eksportga yo„naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqariladi.





    73 “U.S. Foreign-Trade Zones”. Import Administration. International Trade Administration. January 13, 2013. Retrieved 2013-01-20.

    Qonunchilikka ko„ra, bunday hududlar maydoni, haqiqatda, katta hisoblanadi. Masalan, foreign trade zone Tacoma (shtat Vashington) maydoni 620 akr (FTZ #86 brochure - Port of Tacoma)ni tashkil etadi.

    Ixtisoslashgan zonalar (subzonalar) faoliyati umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) tashqi savdo zonasidan farqli ravishda faqat bitta foydalanuvchiga yo„naltirilgan yirik kompaniyalar manfaatlari uchun tashkil etilgan.

    Bunday zonalar xususiy korxonalarning yig„ish zavodlarini yoki turli xil sanoat korxonalarini tashkil etish uchun umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) zonalarni boshqarish qaroriga muvofiq yaratiladi.

    Ixtisoslashgan zonalar (subzonalar)ning mavqei umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) zona maqomidan keyingi darajada bo„lib, bunday hududlar, qoida tariqasida, mavjud ishlab chiqarish obyektlariga beriladi. Subzonalar texnik jihatdan umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) zonalar tarkibiga kiradi, lekin, geografik jihatdan ulardan ancha uzoqda (chetda) joylashgan bo„lishi mumkin.

    AQShda TSHlari (foreign trade zone) bojxona xarajatlarini pasaytirish yo„li bilan tashqi savdo faoliyatini faollashtirish uchun tashkil etilgan bo„lib, bunda, eng avvalo, avtomobillar ishlab chiqarish uchun uning metallari va komponentlari importiga bojxona tariflarini qisqartirishni ko„zda tutadi.

    Bugungi kunga kelib AQShda barcha portlar, aeroportlar, yirik omborxonalar TSHlariga aylantirilgan. Bunda ushbu hududlarda hech qanday salbiy holat (ular faoliyati bo„yicha) mavjud emas, ular o„z faoliyati davomida faqat o„zlarining ijobiy tomonlarini namoyon etib kelgan va tavsiya etib kelmoqdalar.

    Shunday qilib, AQSh iqtisodiyotiga chuqur integratsiyalangan TSHlari ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo„shmoqda. Bu, birinchi navbatda, AQShda ishlab chiqariladigan imtiyozli soliq rejimidan foydalanib, milliy kompaniyalarni rag„batlantirish orqali AQSh bozorida sotiladigan xorijiy tovarlarga nisbatan raqobatbardosh bo„lgan turli xil tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali amalga oshiriladi.

    TSHlarining faoliyati, shuningdek, mamlakatdagi investitsiya muhitiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi, ishni qisqartirish tendensiyasiga qarshi turadi va tashqi savdoning o„sishiga hissa qo„shadi. Ushbu hududlarning roli ham ichki bozor ehtiyojlariga javob berishda ham kuchaymoqda – o„tgan asrning 90 yillari boshlarida ushbu hududlarda ishlab chiqarilgan va qayta ishlangan mahsulotlarning 88 foizi sotilgan.

    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   142


    написать администратору сайта