Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
8.3-rasm. AQShda o„rtacha tarif stavkalari718.3-rasmdan ko„rinib turibdiki, 1828-1830 yillardan keyin 1934-yilda tarif stavkalari eng yuqori darajaga chiqqan va bu esa AQSh iqtisodiyoti inqirozi uchun 71 https://en.wikipedia.org/wiki/Title_19_of_the_United_States_Code juda katta ta‟sir ko„rsatgan. Bu esa AQShda AQSh iqtisodiyotida muhi o„rin egallagan eksport-importni rivojlantirishga jiddiy e‟tibor qaratish maqsadida TSHlarini tashkil etish g„oyasini vujudga keltirdi. Bu esa 1934-yilda AQShda “Tashqi savdo hududlari to„g„risida”gi Qonunining qabul qilinishiga sabab bo„ldi. 1934-yilda qabul qilingan AQSh “Tashqi savdo hududlari to„g„risida”gi Qonunining asosiy maqsadi – muayyan hududlarda bojxona imtiyozlari, shuningdek, Buyuk depressiya davrida haddan ziyod yuqori bo„lgan ishsizlik darajasini pasaytirish yordamida iqtisodiy faollikni oshirish yo„li bilan mamlakatni jahon savdosiga chuqurroq jalb etishdan iborat. AQShda dastlab TSHlari xalqaro transport yo„nalishlaridagi port hududlarda tashkil etildi va ushbu hududlarda pasaytirilgan bojxona bojlari (tariflari) amal qildi. 2-Jahon urushi davrida mazkur hududlarda ishlab chiqarish, deyarli olib borilmadi. 1980-yilda AQSh hukumati 1934-yildagi “Tashqi savdo hududlari to„g„risida”gi Qonunga tuzatishlar kiritdi. Unga ko„ra, TSHlarida ishlab chiqarishda yaratiladiganqo„shimcha qiymat soliqqa tortish maqsadlarida qo„shilgan qiymat sifatida hisobga olinmaydigan bo„ldi. Mazkur tuzutishlarining kiritilishi yuqori daraja va sifatdagi toqarlar ishlar chiqarilishini va xalqaro savdo hajmining o„sishini ta‟minladi. Bugungi kunda AQShda 2 turdagi TSHlari faoliyat ko„rsatadi: umumiy maqsadlar uchun zonalar (general purpose zones); ixtisoslashgan zonalar (maxsus belgilangan subzonalar) (special purpose subzones). AQShda EIHlarning keng tarqalishiga va rivojlanishiga sabab bo„luvchi omillar ushbu hududlarda faoliyat yurituvchi kompaniyalarga berilgan turli xil imtiyozlar yordam beradi. Buning asosiy afzalliklari: Bojxona to„lovlari va mahalliy soliqlar, agar ular olinadigan bo„lsa, faqat tovarlar tashqi savdo hududidan bojxona hududiga olib o„tilganda va ichki iste‟mol uchun mo„ljallangan (ichki bozorga olib kirilgan) taqdirda to„lanadi. Hududdagi tovarlarga bojxona yig„imlari amal qilmaydi va aksiz solig„i olinmaydi. Hududdagi kompaniyalar yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy mulki federal va mahalliy soliqlardan ozod etiladi. TSHlaridan uchinchi mamlakatlarga eksport qilinadigan tovarlar boj, soliq va boshqa majburiy to„lovlarga tortilmaydi. Eksport qilinadigan tovar, yaxshi tashkil etilgan himoya tizimi tufayli katta sug„urta xarajatlarini talab qilmaydi. Tovarlarni eksport qilishning bojxona tartibi minimallashtiriladi, bojxona rasmiylashtiruvchi jarayoni minimal darajada. Hududlardan tovar eksportida kvotalar o„rnatilmaydi. AQShga olib kirish taqiqlangan tovarlar zonalar hududiga olib kirilmaydi. AQSh Bojxona xizmati talablariga muvofiq, zonaga tegishli ishlov berish uchun keyingi import bilan olib kirilishi mumkin. TSHlaridan AQShga tovarlarni olib kirish importyorga hududga kirgan tovarlar yoki uni qayta ishlashda ishlatiladigan xorijiy komponentlar bo„yicha boj to„lovlarini to„lash imkonini beradigan tartibda amalga oshirishga ruxsat etiladi. Shunday qilib, importyorga pastroq burchni tanlash huquqi beriladi. AQShda maydoni bo„yicha eng katta TSH Florida shtatidagi Bredford shahrida joylashgan TSH hisoblanadi. Uning maydoni 1000 ga ni tashkil etadi. AQShda TSHlari mamlakat eksporti va importining 2%ini beradi. Buni quyida keltirilgan jadval ma‟lumotlaridan ham ko„rish mumkin. 8.2-jadval. AQSh eksporti va importi hamda unda TSHlarning ulush, mlrd. AQSh dollari hisobida
8.2-jadvaldan ko„rinib turibdiki, AQShda tashqi savdo aylanmasida importning ulushi yuqori bo„lib, umumiy savdo aylanmasi nobarqarorlikni kasb etgan. Bunda AQSh tashqi savdo aylanmasida TSHlarining ulushi o„rtacha 2% atrofida bo„lib, ular tomonidan amalga oshirilgan savdo hajmi so„nggi yillarda 80 mlrd. AQSh dollari atrofida bo„lmoqda. O„z navbatida, TSHlari eksporti-importida ham importning ulushi yuqori bo„libyu, bu, asosan, xomashyo va materiallarning ichki iqtisodiyot uchun xaridi bilan bog„liq. AQShda tashqi savdo hududlarida har qanday tovarlarni ishlab chiqarish va sotishga ruxsat etilmaydi. Jumladan, mazkur hududlarda ichki soliqqa tortilishi belgilangan tovarlar ishlab chiqarilishi mumkin emas. Xususan, unga alkogol ichimliklar, alkogol ichimliklarni tarkibida saqlovchi mahsulotlar (tabiiylashtirishlar distillangan spirtdan tashqari), masalan, tarkibida alkogol saqlovchi parfyumeriya mahsulotlari, tabaka mahsulotlari, olov keltirib chiqaruvchi qurollar, shakar, devor uchun mexanizmlar va qo„lga taqiladigan soatlar kabilar kiradi. Shuningdek, mazkur hududlarda chakana savdo bilan shug„ullanish qonunan taqiqlanadi. Bundan tashqari, AQShda tadbirkorlik hududlari ham tashkil etilib, ular, odatda, ishsizlik darajasi yuqori bo„lgan yirik shaharlarda tashkil etiladi. Tadbirkorlik hududlari maydoni 2,5-5 km kv. ni tashkil etadi, ayrim hollarda, 13 km kv. Maydongacha joyni egallab, bunda chegara belgilanmaydi, aksincha, unda joylashgan kompaniya maqomi (statusi) bilan ajralib turadi. AQShda tadbirkorlik hududlariga talablar: Tadbirkorlik hududi tashkil etiladigan tumandagi aholining shaxsiy yoki oilaviy daromadi mazkur shahardagi yoki mamlakatdagi o„rtacha daromadning 80% idan kam bo„lishi lozim. Bu tumandagi ishsizlik darajasi mazkur shahar yoki mamlakatdagi o„rtacha ishsizlik darajasidan sezilarli darajada yuqori bo„lmog„i lozim. Bundan tashqari, XX asrning 50 yillaridan AQShda texnoparklarning vujudga kelishi va rivojlanishi kuzatildi. Texnoparklar iqtisodiyot tarmoqlari va shtatlarning ilmiy-texnikaviy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shu sababli G„arbiy Yevropa bugungi kunda texnoparklarni tashkil etishga qanchalik e‟tiborni kuchaytirmasin, AQSh taraqqiyotidan hamon ortda qolmoqda. Bu esa AQShning texnoparklarni tashkil etishdagi erishgan yutuqlarining yuksakligini hamda ularni tashkil etishdagi qo„yilgan maqsadlarga samarali tarzda erishayotganligidan dalolat beradi. Texnoparklar bugungi innovatsion rivojlanish davrida AQSh iqtisodiy o„sishini ta‟minlashda muhim omil bo„lib xizmat qilmoqda. Bu esa uning IT sohasida hamon dunyodagi yetakchi raqobatchilardan bo„lib kelishiga sabab bo„lmoqda. |