Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
AQShda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlarning asosiy turlari va ularning tasnifiEIHlar faoliyat yuritayotgan 140 dan ortiq mamlakatlar orasida eng ko„pi AQShga to„g„ri keladi. AQShda EIHlarning soni 266 tani tashkil etadi va u tashq savdo hudud (TSH)laridan iboratdir. Biroq, uning soni yana ortib bormoqda. AQShda bu turdagi EIHlar maydoni boshqalariga nisbatan juda yuqoriligi sababli undagi EIHlar soni haqida gipirilganda aynan TSHlari soni nazarda tutiladi. Vaholanki, AQShda, bundan tashqari, 1500 dan ortiq tadbirkorlik hududlari va 200 dan ortiq texnoparklardan tashkil topgan EIHlar ham faoliyat ko„rsatmoqda. Shunga ko„ra, AQShda tashkil etilgan va faoliyat ko„rsatayotgan EIHlarning turlari va maqsadlari quyidagilardan iborat (8.1-rasm). AQShda tashkil etilgan EIHlar Tashqi savdo hududlari Tadbirkorlik hududlari Texnoparklar Mahsulotlarni omborda saqlash, saralash, qadoqlash, ba‟zan qayta ishlash Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish Innovatsion faoliyati yuritish va yangi texnologiyalar yaratish 8.1-rasm. AQShda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar va ularning asosiy maqsadlariBugungi kunda AQShda tashkil etilgan EIHlar davlatning hududiy rivojiga va tashqi savdoning diversifikatsiyasiga o„z hissasini qo„shmoqdalar. AQShda EIHlar o„ziga xos xususiyatga ega. Jumladan, AQShning tashqi savdo hududlarida 80% xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar AQShning ichki hududlaridan keltiriladi va o„z navbatida, 90% ishlab chiqarilgan mahsulot mamlakatning ichki hududlariga yetkazib beriladi. EIHning muhim maqsadlaridan biri – bu ma‟lum bir hududdagi iqtisodiyotning rivojlanishiga yoki aniq bir tarmoqning rivojlanishiga turtki berish. Bu EIHlarning tashkil etish o„ziga xos maqsadida to„liq o„z aksini topadi. AQShda EIHlarning dastlabki tashkil etilishi asosida faol rivojlanishi tus olishi bilan alohida ajralib tursa- da, undagi maqsadlarga o„xshashlik Buyuk Britaniya davlatidagi EIHlarda mavjud bo„lgan. Ya‟ni XX asrning 80 yillarida keng tashqil qilina boshlagan EIHlar orqali mazkur davlatlardagi depressiv tumanlardagi kichik va o„rta biznesni rivojlantirish maqsad qilingan edi. Bu maqsadga erishish uchun, butun mamlakat hududlaridan ko„ra bu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga moliyaviy imtiyozlar va xo„jalik faoliyatini yuritish uchun bir qancha yengilliklar berilgan. Bu rivojlantirish dasturi to„g„ridan-to„g„ri xorij kapitalini o„ziga (tashqaridan) jalb qilish uchun tuzilmagan. Xuddi mana shu maqsadlarda kamroq rivojlangan mamlakatlarda ham EIHlar tashkil qilingan, ya‟ni rivojlanishdan ortda qolayotgan hududlarda tashkil qilingan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda EIHlarni tashkil qilishdan maqsad, ishlab chiqarish bo„yicha rivojlangan mamlakatlardan farq qiladi, ular, asosan, xorij kapitalini jalb qilishga ko„proq e‟tibor qaratadilar. Bundan farqlanishni quyidagi 8.1-jadval orqali to„laroq tasavvur etish mumkin. |