Главная страница
Навигация по странице:

  • Nomlanishi O„z

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница78 из 142
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   142

    7.1-jadval.


    Koreya Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni sanksiyalash mezonlari


    Nomlanishi

    O„z fabrikasi

    Namunaviy fabrika

    Eksport

    1 m2 ga 150 dollar

    1 m2 ga 180 dollar

    Sof daromad foizi

    20 % va undan yuqori

    20 % va undan yuqori

    Bandlik

    Har 30 m2 ga 20 ish o„rni

    (va undan ko„p)

    Har 30 m2 ga 25 ish o„rni

    (va undan ko„p)

    Ishlab chiqarish

    texnologiyasi

    Eng ilg„or

    Eng ilg„or

    Investitsiyalar miqdori

    200 ming dollar (va undan

    ko„p)

    100 ming dollar (va undan

    ko„p)

    Mahalliy xomashyo

    Iloji boricha ko„proq

    Iloji boricha ko„proq


    Xorijiy ish bilarmonlarning EIHda ro„yxatdan o„tgan korxonalariga 100 %

    egalik qilish huquqi berilgan. Investorlarga esa, Janubiy Koreyadan tashqarida foydani va kapitalni repatriatsiya qilish huquqi berilgan. Hududdagi yuqori texnologiyali sanoat korxonalarga xizmat ko„rsatish bilan bog„liq holda biznes bilan shug„ullanayotgan barcha korxonalar besh yil muddatga barcha soliqlardan ozod etilgan. Keyingi ikki yil davomida esa, ularga soliqni 50 %ni to„lash huquqi berilgan. Erkin savdo hududlari, EIHlar va erkin investitsiyalar hududida joylashgan korxonalar uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod etilgan. Keyingi ikki yil davomida ular ham soliqni 50 %ni to„lash huquqiga egadir.

    EIHlarda xorijiy investorlarning minimal kapital qo„yilmalari 5 mln. AQSh dollarni tashkil etadi. Janubiy Koreyaning EIHlarida EIHda joylashgan korxonalar litsenziyalashtirilmagan holda eksport-import faoliyati bilan shug„ullanish huquqiga ega, chunki, ular tashqi savdo to„g„risidagi hujjatning amal qilish doirasiga kiradi.

    Janubiy Koreyadagi eng muhim EIHlardan biri “Masan” mamlakatning Janubiy qirg„og„ida joylashgan bo„lib, umumiy er maydoni 814 km2 ni tashkil etadi. “Masan” EIHi o„z portiga ega. Janubiy Koreyaning yana bir EIHi “Iri” Seul shahri atrofidagi Gunsan gavanasi yaqinida joylashgan bo„lib, umumiy er maydoni 319 km2 ni tashkil etadi. Ushbu EIHlar ishlab chiqarish nuqtai nazaridan olganda ma‟lum darajada tarmoq ixtisoslashuviga ega hisoblanadi. Jumladan, “Masan” EIHi, asosan, kimyoviy va eksport mahsulotlarni, shuningdek, to„qimachilik mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo„lsa, “Iri” EIHi zebu-ziynat mahsulotlarini va shuningdek, qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu ikkala hudud xam Koreya ichki hududlaridan ajratib qo„yilgan bo„lib, ularda ishlab chiqarilgan maxsulotlar ichki bozorlarda sotilmaydi (ishlab chiqarish jarayonida olinadigan chiqindilar va yordamchi maxsulotlar, milliy xavfsizlik uchun ahamiyatli bo„lgan tovarlar va boshqa eksport tovarlari bundan mustasno). Ushbu hududlarda joylashgan korxonalar ichki bozorlarda sotish bilan emas, balki eksport qilish bilan ham shug„ullanadi. “Masan” va “Iri” EIHlarida ishlab chiqarilgan tovarlar Koreyaga nisbatan importyor-mamlakatlar tomonidan o„rnatilgan to„siqlarni aylanib o„tish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Bu esa Janubiy Koreya eksportini ko„paytiradi.

    2008-yilning 8-dekabrida Janubiy Koreyaning Innovatsion iqtisodiyot vazirligi yaqin yillarda mamlakatda to„rtta yangi EIHlarni (mamlakatning Sharqiy qirg„oqbo„yidagi Ulsan va Pxoxan shaharlarida Koreya yarim orolining Janubidagi Kimdje shahrida, shuningdek, mamlakat G„arbining Pxetxek-Tandjin tumanlari atrofida) barpo etilishini ma‟lum qildi. Yangi EIHlarni tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishini rag„batlantirish, eksport ko„lamlarini yanada kengaytirish va yangi sarmoyalarni jalb qilishdir. Ushbu EIHlarni tez rivojlantirish maqsadida xorijiy ishtirokchilarga turli soliq imtiyozlari, import bojlaridan ozod qilish va sanoat korxonalarini hamda yirik logistika bazalarini barpo etishda davlat ko„magini ko„rsatish ishlari rejalashtirilgan.

    Koreyalik mutaxassislarning fikrlariga ko„ra, jahon iqtisodiy pasayishi va moliyaviy inqiroz 2009-yilda yalpi ichki mahsulot hajmining o„sish sur‟atlarini 3,6

    %dan 3 %gacha pasayishiga olib kelgan. 2009-yilning 15-aprelida Cisco kompaniyasi Janubiy Koreyada yangi EIHni tashkil qilishini bildirdi. Bu tashabbus Janubiy Koreyada mehnat unumdorligini oshirish, novatorlikni va intellektual

    urbanizatsion ishlarni rivojlantirishga qaratilgan edi. Cisco kompaniyasining intellektual urbanizatsiya dasturi turli mamlakatlarning shaharlarida kommunal xizmatlarni bajarish va shu asosda shahar xo„jaligini boshqarishni takomillashtirish, shahar aholisini moddiy turmush darajasini oshirish va iqtisodiy rivojlanishni rag„batlantirishga qaratilgan edi. Cisco IFEZ EIH (Intellektion Foreign Investment Zone Intellektual xorijiy investitsiyalar hududi)da intellektual urbanizatsiya tamoyilini amalga oshirish uchun Janubiy Koreyaning Inchxon shahar munitsipaliteti bilan hamkorlik qiladi.

    IFEZ – Janubiy Koreyada birinchi marta tashkil etilgan EIH bo„lib, u Inchxonda 2003-yilning avgustida tashkil etilgan. 2009-yilning fevralida Cisco va Inchxon munitsipaliteti ishbilarmonlik xamkorligi to„g„risidagi memorandumni imzolashgan. Cisco kompaniyasi hozirgi kunda texnologik sohada global lider hisoblanadi. Cisco jahonda insonlar muloqoti, aloqasi va hamkorligi usullarini o„zgartiruvchi tarmoq texnologiyalari sohasidagi kompaniyadir. Cisco va Inchxon IFEZ hududida axborot va kommunikatsion texnologiyalarning keng tarqalishi bo„yicha muhim investitsion ishlar amalga oshirilmoqda. Inchxondagi EIHni butun bir Osiyo-Tinch okean mintaqasi uchun global tajriba markaziga aylantirishni maqsad qilib qo„ygan. Bu loyixada Cisco Singapur, Hindiston, Malayziya va Yaqin Sharq mamlakatlarining qator megapolislarida shunday dasturlarni amalga oshirishda to„plangan ilg„or tajribadan foydalanadi.

    IFEZ EIHi Inchxonni turli iqtisodiy faoliyatlarni olib boruvchi yirik xalqaro markaz hisoblanadi. 2030-yilga kelib bu EIH jahonning yetakchi markazlaridan biriga aylanishi mumkin. Shu maqsadda Inchxonda unda, nafaqat, Janubiy Koreya, balki butun bir xorijiy kompaniyalar faoliyati uchun qulay muhit yaratilmoqda. Bundan tashqari, shaharning eng ekologik toza va jozibador shaharlardan biriga aylantirilishi ham nazarda tutilgan.

    Tunis Respublikasi 1956-yil 20-martda Fransiyaning protektoratligidan ozod bo„lib, mustaqillikka erishdi. Tunis Sharqda Liviya, G„arbda Jazoir davlatlari bilan chegaralanib, uning shimoliy qismlarini 1300 km ga cho„zilib ketgan O„rta er dengizining suvlari yuvib turadi. Maydoni 163,6 ming km2 ni tashkil etib, poytaxti Tunis shahri (aholisi 1 mln. kishidan ortiq) hisoblanadi. Tunis o„zining geografik joylashuviga ko„ra Afrika materigi va arab davlatlarining ichida joylashgan bo„lib, Yevropaning yetakchi korporatsiyalari uchun muhim strategik ahamiyatga ega bo„lgan hudud hisoblanadi. Bunda biz mamlakat iqtisodiyotiga chet el investorlarini jalb etishning birinchi omili sifatida katta masofaga (1300 km.dan ortiq) cho„zilib ketgan dengiz chegaralarini ko„rsak, ikkinchi omili sifatida bu yerdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ko„ramiz. Tunisda musulmonlar, xristianlar, yaxudiylar istiqomat qiladi. Mamlakatda inson shaxsiga nisbatan hurmat juda yuqori turadi.

    Bunday odat qadimgi Karfagen davlatining hukumronligi davridan beri amal qilib kelmoqda. Chunki, bu davrda birinchi bo„lib “inson huquqlari” degan ibora ishlatilib, unga amal qilingan. Shuning uchun ham Tunisda qonun ustuvorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Agar politsiyachi hujjatlaringizni tekshirib, u to„g„ri bo„lsa, sizga omad tilaydi. Agar biron-bir ish bilan murojaat etsangiz, iloji boricha

    muammoni hal etishga yordam beradi. Mamlakatda mahalliy va chet ellik kishilarning huquqlari bab-baravar qonun yo„li bilan himoya qilinadi. Agar chet ellik biron-bir jinoyat sodir etsa, shu zahoti hisbga olinib, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Tunisda narkotik va psixotrop moddalar, qalbaki pullar va valyuta jinoyatlari, kabilar bilan shug„ullangan kimsalar o„ta xavfli jinoyatchi hisoblanib, qonun oldida qattiq javobgarlikka tortiladi.

    Tunis aholisi (umumiy aholining 1/3 qismi) mamlakatning shimoliy-sharqiy tumanlarida qishloq xo„jalik mahsulotlarini etishtirish bilan shug„ullanib keladi. Mamlakatning janubiy cho„l tumanlarida yashovchi aholi esa asosan, chorvachilik xo„jaligida tuya va echkichilik bilan shug„ullanishadi.

    XX asr 80 yillariga kelib mamlakatning qishloq va shahar aholisi o„rtasidagi nomutanosiblik (disbalans) keskin o„zgardi. Qishloq joylarda yashayotgan kambag„al aholining ko„pchiligi ish qidirib, tirikchilik qilish uchun port shaharlariga kelishdi (hozirgi kunda aholining 54-56 %i shahar aholisi bo„lib hisoblanadi).

    Mamlakatda urbanizatsiya jarayonlarining kuchayib borishi bilan bir qatorda aholi soni ham o„sib bordi. Mutaxassislarning fikriga ko„ra, mamlakat aholisi 2000- yilda 10 mln. kishini tashkil etgan bo„lsa, 2025-yilda 14 mln. kishiga etishi bashorat qilinmoqda. Mamlakatda aholi sonining tabiiy o„sishi bilan ishsizlar soni ham ortib bormoqda (90 yillarda ishsizlar soni umumiy aholining 15-16 %ni tashkil etgan).

    Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, asosan, makro va mikroiqtisodiyotdagi kooperativ va shaxsiy mulkchilikka asoslangan shakllari bilan uyg„unlashgan holda olib boriladi.

    Jahonning boshqa davlatlari kabi Tunisda ham iqtisodiyotni tubdan isloh qilish (ishlab chiqarishni zamonaviy texnik-texnologik jihozlash, modernizatsiya va integratsiyalashuvni kuchaytirish) talab etiladi. Bunday muammolarni hal etish uchun mamlakatda makroiqtisodiyotni qayta ko„rib chiqishning iqtisodiy strategiyasini aniqlab olishni talab etiladi. Bu borada tunisliklar o„zlarining avlodlari bo„lmish finikiyaliklarning faoliyatini hisobga olib, savdo ishlarini rivojlantira boshlagan edi. Buning natijasida ko„pgina tunisliklar bugungi kunga kelib tashqi va ichki savdodan keladigan daromadlari hisobiga kun kechirmoqda.

    Mamlakatda hozirgi kunda Tunis-Lya Gullet, Sfaks, Bizerta, Gabe va Suss kabi 5 ta yirik savdo portlari faoliyat ko„rsatib kelmoqda. Bu savdo portlarining yillik yuk tashish aylanmasi 15-16 mln. tonnadan yuqoridir. Tunis savdo porti hozirgi kunda eng zamonaviy kemalar bilan ta‟minlangan bo„lib, uning balansida 70 dan ortiq kemalar faoliyat ko„rsatib turibdi.

    Tunis davlatining asosiy savdo hamkori bo„lib, EI mamlakatlari hisoblanadi. 1995-yilda ushbu mamlakatlar bilan tuzilgan o„zaro erkin savdo shartnomasiga ko„ra Tunisda ishlab chiqarilgan sanoat va qishloq xo„jalik mahsulotlari EI bozorlarida hozirgi kunda ham hech qanday boj olinmasdan savdoga qo„yilmoqda. O„z navbatida EI mamlakatlarining sanoat tovarlari ham Tunis bozorlarida bojxona to„lovlarisiz savdo qilinadi.

    Makroiqtisodiyotni rivojlantirishning navbatdagi bosqichi bo„lib, havo transportida yuk tashish ko„lamining kengayib borganligi bo„ldi. Mamlakatda, albatta, bunday ulkan ishlarni amalga oshirish uchun yirik investitsiyalar talab etiladi.

    Mamlakatning makroiqtisodiyotida tashqi savdo va valyuta tizimini erkinlashtirish va soliq sohasida berilgan imtiyozlar, huquqiy kafolatlar, chet el investitsiyalarini mamlakat iqtisodiyotiga ko„plab kirib kelishi muhim ahamiyat kasb etadi.

    Tunis davlati EI, Yaqin va O„rta Sharq mamlakatlari, Afrika davlatlari bilan investitsiyalarni jalb qilish to„g„risida shartnomalarni imzolagan. Hozirgi kunda mamlakat hududida qishloq xo„jaligi sohasida, foydali yerosti qazilma boyliklarini qazib olish, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, xizmat ko„rsatish va turizm sohalari bo„yicha 1600 dan ortiq chet el investitsiyasi asosida tashkil etilgan kompaniyalar va qo„shma korxonalar faoliyat ko„rsatib kelmoqda. Mamlakatda chet el investorlari uchun quyidagi imtiyozlar, ya‟ni kapitaliga 100 % egalik qilish huquqi. Bunday huquq ikki holatda, ya‟ni ichki bozorda qo„yilgan chet el kapitalining hajmi

    50 %dan oshgan holda yoki erni uzoq muddatga (40 yildan ortiq bo„lmagan muddatga) ijaraga olmoqchi bo„lganda kapital qo„yilmalarni to„ldirish huquqi berildi. Erkin iqtisodiy hududlarning ishtirokchisini faoliyati eksport mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo„naltirilgan bo„lsa, ularga nisbatan quyidagi imtiyozlar belgilandi. Birinchidan, eksport qilingan mahsulotdan olingan daromadi 10 yil mobaynida soliqdan ozod etilib, keyingi 11 yildan boshlab esa 50 % miqdorida daromad solig„ini to„lashi; ikkinchidan, qaytadan reinvestitsiya qilingan foyda va daromadlar to„lig„icha soliqdan ozod etilishi; uchinchidan, xomashyo to„plab, ularni yarimtayyor mahsulotlarga aylantirish bilan shug„ullangan xizmatlar sohasi to„lig„icha soliq va boshqa turli yig„imlardan ozod etilishi; to„rtinchidan, aksiya va boshqa qimmatbaho qog„ozlarni sotishdan olingan foyda to„lig„icha soliqdan ozod etilishi; beshinchidan, Nyu-York konvensiyasi tomonidan belgilangan ikkiyoqlama soliqqa tortmasllik, investitsiyalarni va moddiy manfaatdorlikni himoya qilish to„g„risidagi shartnoma va hququiy buzilishlik holatlari ro„y bergan taqdirda arbitraj

    sudiga murojaat etish imtiyozlari ham belgilandi.

    Tunisda chet el investitsiyalarini iqtisodiyotga to„g„ridan-to„g„ri jalb qilish maqsadida xorijiy investitsiyalar bilan shug„ullanuvchi maxsus agentlik (The Foreign Investment Promotion Agency – FIPA – Tunisia) joriy etilgan. Bundan tashqari, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun investitsiya kiritadigan tadbirkorlar uchun esa sanoatni rivojlantirishga yordam berish agentligi (Agency for the Promotion Industry – APL) ham tashkil etildi.

    Mamlakatga kiritilgan investitsiyalarning asosiy qismi to„qimachilik va terini qayta ishlash sanoat tarmoqlariga, shuningdek, elektr va elektron mahsulotlarni ishlab chiqarishga jalb qilinadi. Tunis EIHda faoliyat ko„rsatayotgan 1500 dan ortiq kompaniyalarning 1200 tasi eksportga mahsulot ishlab chiqarib, ular mamlakatda joriy etilgan barcha imtiyozlardan keng foydalanishadi.

    Tunis mamlakatida qishloq xo„jaligi asosiy tarmoqlardan biri hisoblanadi. Tunis iqtisodiyotiga Saudiya Arabistoni (42,2 %), Quvayt (18,9 %), Fransiya (11,5 % atrofida) investitsiyalar kiritayotgan bo„lsa, boshqa mamlakatlar hissasiga esa 27,4 % investitsiyalar to„g„ri keladi.

    Tunisda turizm sohasi ham investitsiyalarni jalb qiluvchi asosiy tarmoqlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda turizmni rivojlanishiga, hattoki, Prezidentning o„zi Ben Ali ham jiddiy e‟tibor berib kelmoqda. Arab geograflari ham o„z davrida Tunis,

    Jazoir va Marokashni “quyosh botayotgan yurt orollari” deb baho berishgan edi. Haqiqatdan ham bu davlatlar Shimoldan O„rta yer dengizi suvlari bilan, Janubdan esa Sahroi Kabirning qumloq cho„llari bilan yuvilib turganligi uchun ham bu mamlakatlar okeandagi orollarga juda o„xshab ketadi. Bundan tashqari, bu mamlakatlar ichida Tunis geografik jihatdan juda qulay joylashganligi, yumshoq iqlimi, qadimgi finikiyaliklar, rimliklar, vizantiyaliklar va frantsuzlardan meros bo„lib qolgan moddiy madaniyati turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Turizm sohasidan keladigan mablag„larning miqdori bo„yicha Tunis Afrika davlatlari ichida oldingi o„rinlardan birini egallab turibdi.

    Tunisda ishlab chiqargan milliy mahsulotlarning 50-55 %i turizm tarmog„iga to„g„ri keladi. Chunki, mamlakatga jahonning turli davlatlaridan yiliga 4 mln.dan ortiq turist keladi. Agar turizmda band bo„lgan kishilar soni 450 ming kishini tashkil etsa, ularning 300 mingga yaqini turizmga aloqador bo„lgan sohalarda xizmat qiladi. Turizmdan keladigan chet el valyutasi Tunis mamlakati eksportining asosini tashkil etadi.

    Turizm sohasida ham davlat mulki bilan xususiy mulkchilik shakllari o„zaro aloqadorlikda faolit ko„rsatadi. Turizm vazirligi bilan turizm bo„yicha milliy departament xalqaro maydonda asosan, turizmni reklama qilish masalalari bilan shug„ullanadi. Shuningdek ushbu davlat tashkilotchilari Tunis va Sfaks shaharlarida qo„shimcha muzeylarni qurish va diqqatga sazovor bo„lgan qadimgi yodgorliklarni saqlash va rekonstruksiya qilish kabi vazifalarni ham bajaradi. Xususiy investorlar esa turistlarga xizmat qilish, yotoqxona va mehmonxonalarni qurish ishlari bilan shug„ullanadi. Ularning yordamida Nabel, Xammamet shaharlarida va shuningdek, mamlakatning Jerba orolida zamonaviy damolish zonalari qurilgan bo„lib, ularda dam olayotgan turistlarga servis xizmatlari ko„rsatib kelinmoqda.

    Mamlakatning ichki hududlariga turizmni kiritish loyihalari ustida ham jadal ishlar olib borilmoqda. Birinchi navbatda, turistlarni mamlakatning shimoliy tumanlari bo„lib hisoblangan Tabarka shahriga, yirik diniy markazlari bo„lgan Dugga va Kayruan shaharlariga va Sahroi Kabirning ekzotik tumanlariga (asosan, g„orlarda yashovchi trogloditlarning yashash turmush tarzini o„rganishga) jalb etish ko„zda tutilgan.

    1989-yilda Tunis davlati EI mamlakatlari bilan erkin savdo hududini tashkil etishni kutib turmasdan chet el investorlarini iqtisodiyotga ko„plab jalb etish maqsadida “Tunis – erkin iqtisodiy hududlari” to„g„risidagi qonunni qabul qildi. Bu qonun asosida turizm, oziq-ovqat va qishloq xo„jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida (ayniqsa, baliqchilikda), elektronika, mashinasozlik sanoati va xizmat ko„rsatish sohalarida bir qator imtiyozlar berildi. Tunisda qabul qilingan bu qonun Gretsiya va Iordaniya davlatlarida amal qilayotgan qonunlar asosida ishlab chiqilgan bo„lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmat turlarini eksport qiluvchi xalqaro savdo kompaniyalar ham imtiyozli soliqlardan keng foydalanishga ushbu qonun qabul qilingandan so„ng mamlakat ma‟muriyati ikkita EIHlarni tashkil qilinganligini e‟lon qildi. Birinchisi, mamlakat poytaxtidan unchalik uzoq bo„lmagan yirik xalqaro port Bizert shahrida tashkil qilingan bo„lsa, ikkinchisi esa, mamlakatning Janubida joylashgan Jarba oroliga yaqin Zarzis shahrida tashkil etildi.

    Bizert EIH o„zining rivojlanish darajasi bo„yicha hozirgi kunda Shimoliy Afrikadagi frantsuzlarning Gibraltar EIH bilan bellasha oladigan hududlardan biriga aylanib borayotganligini ko„ramiz.

    “Tunis erkin iqtisodiy hududlari to„g„risida”gi Qonuni rezident yoki norezident investorlarining foyda olishlari uchun bir qator imtiyozlarni yaratib berdi.

    Tunis mamlakatining EIHlarida norezident kompaniyalar uchun er sotib olishga ruxsat etilmaydi. Norezident kompaniyalar erni faqatgina ijaraga olib, qishloq xo„jalik mahsulotlarini etishtirishi mumkin. Biroq, ular erni mulk sifatida sotib olishi uchun o„lka gubernatorining maxsus qarorini olgan bo„lishi talab etiladi.

    Mamlakatda soliq imtiyozlarining asosiy qismi ishlab chiqarilgan mahsulotning 100 %i eksportga va chet ellarda xizmat ko„rsatishga mo„ljallangan korxonalar uchun qo„llaniladi. Lekin, bunday korxonalar ham mamlakat hududida quyidagi soliq to„lovlarni to„lab turishi talab etiladi:

    • yengil avtomobillarni ekspluatatsiya qilish bilan bog„liq bo„lgan soliq to„lovlarni;

    • yo„l transporti uchun to„lanadigan umumiy soliq to„lovlarini;

    • atrof-muhitni tozalash bilan bog„liq bo„lgan soliq to„lovlarni;

    • tabiiy boyliklarni ekspluatatsiya qilish bilan bog„liq bo„lgan soliq to„lovlarni;

    • qonunda ko„rsatilgan xizmatlarning samaradorligi uchun to„lanadigan soliq to„lovlarni;

    • ijtimoiy sug„urta uchun soliq to„lovlarni (chet ellik rezidentlar mamlakatda o„z faoliyatini boshlashdan oldin Tunisda amal qilayotgan ijtimoiy-sug„urta to„lovlaridan voz kechishlari ham mumkin. Bu holda ular Tunisning ijtimoiy-sug„urta to„lovlaridan ozod etilib, o„z mamlakatida ushbu soliq to„lovlarni amalga oshirishi ham mumkin);

    • jismoniy shaxslardan eksportni 50 %dan kamaytirgani uchun daromad solig„ini to„lashi;

    • foyda (daromad) solig„idan birinchi 10 yillikda ozod etilishi. Keyingi yillarda esa qonunda ko„rsatilgan tartibda to„lab borishi talab etiladi.

    Mamlakatda eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar to„lig„icha norezidentlarga tegishli bo„lishi ham mumkin. Bunda ularning eksport mahsulotlarining tushumidan 66 %i erkin almashtiriladigan valyuta qiymatini tashkil etsa, bu kompaniyalar uchun barcha turdagi ishlab chiqarish vositalarini import qilish uchun ruxsat etiladi. bunday kompaniyalar uchun ishlab chiqarilgan mahsulotining eksport qilingan qismi bilan teng nisbatni tashkil etgan import qismini mamlakat territoriyasida sotish uchun ham ruhsat etiladi.

    Eksportga yo„naltirilgan kompaniyalar Mehnat vazirligini ogohlantirgan holda o„zlarining shtatlari bo„yicha norezident bo„lgan 4 kishini ishga olishi mumkin. Chunki, mamlakatda tashkil etilgan har bir korxona birinchi navbatda rezidentlarni ish bilan ta‟minlashlari lozim. Norezident kishilarni ishga qabul qilish Mehnat vazirligi tomonidan o„rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Eksportga yo„naltirilgan kompaniya ma‟muriyati birinchidan, kompaniya xizmatchisi yil davomida olgan yalpi daromadidan (tabaqalashtirilmagan holda) 20 % miqdorida daromad solig„ini to„lash huquqiga, ikkinchidan

    • bojxona to„lovlari va import qilingan tovarlar uchun to„lovlardan har bir xizmatchisi uchun bir yo„lovchi avtomobilni import qilishdagi bojxona to„lovlaridan to„liq ozod bo„lish huquqiga ega bo„ldi.

    Tunis EIHlarini faoliyat yuritishi birmuncha qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Masalan, Iordaniya mahsulotlari arab davlatlarining bozorlarini deyarli egallab olgan. Bu esa o„z navbatida Tunis kompaniyalarining ishlab chiqargan mahsulotlarining sifati ancha pastligidan (raqobatbardosh emasligidan) darak beradi.

    Tunisda uy-joy qurilish ishlariga ham ko„proq kapital qo„yilmalarni qo„yish talab etiladi. Mamlakatga birinchi bor tashrif buyurgan turist minglab bitirilmagan uylarni ko„rib xayron qolishi mumkin. Chunki, har bir qurilish egasi o„ziga xos amaliy me‟morchilik mo„jizasiga ega bo„lgan uy-joy qurishga intiladi. Shunday qilib, mamlakatda EIHlarni tashkil etish endigina shakllanib kelayotgan bo„lsada, shunga qaramasdan Bermud, Kayman va boshqa orollardagi EIHlar kabi Tunis EIHlariga ham chet el investorlarining qiziqishlari ham tobora ortib bormoqda.

    Janubiy Amerikada faoliyat ko„rsatib kelayotgan EIHlarning orasida eng muhim ahamiyatga ega bo„lgan hududlardan biri Panama EIHdir. Panama EIHning o„ziga xos jihatlaridan biri bu erdagi hududlarning barchasi tashqi savdo zonalari xususiyatiga egaligidir. Chunki, bu erda Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng katta Gongkongdan keyingi ikkinchi o„rinda turuvchi Kolon tashqi savdo hududi joylashgan. Kolon tashqi savdo hududi 1948-yilda tashkil etilgan bo„lib, uning umumiy maydoni 485,3 gektarni tashkil etadi. Agar Panama kanali yil davomida mamlakat budjetiga 400 mln. AQSh dollari miqdorida foyda keltirsa, Kolon EIH yiliga 10 mlrd. AQSh dollari miqdorida foyda keltiradi. Kolon tashqi savdo hududiga Panama mamlakati YaIMning 13-14 %i to„g„ri keladi. Hozirgi kunda ushbu hududda 15 mingdan ortiq ish joylari mavjud bo„lishi bilan bir qatorda bevosita 100 mingdan ortiq kishini ish bilan ta‟minlash imkoniyatlari ham mavjud.

    Panama EIHda 1600 dan ortiq kompaniyalar tashkil etilgan bo„lib, ularning barchasi o„z faoliyatini boshlashdan oldin Panama mamlakatining milliy davlat reestrida qayd etiladi. Amerikada tashkil etilgan EIHlarga kira olmagan ko„pchilik chet el firmalar bu hududdan vositachi hudud sivatida foydalanishadi. Kolon EIHga kelgan firmalarning 93-95 %i asosan, savdo qilish yoki tovar sotib olish uchun kelishadi. Shuning uchun ham yil mobaynida ushbu hududddan 120 mingdan ortiq yukli konteynerlar tashiladi. Tovarlar asosan, Gonkong, Xitoy, Tayvan, Tailand, Filippin va Indoneziya mamlakatlaridan import yoki eksport qilinadi. Kolon iqtisodiy hududida, nafaqat, tovarlar savdosi, balki, ishlab chiqarish xizmatlari (tovarlarni bo„yash, o„rash, qutilarga joylash kabilar) ham ko„rsatiladi69.

    Kolon EIH orqali realizatsiya qilingan tovarlar bojxona va boshqa soliq to„lovlardan ozod qilinadi. Eksport uchun soliq faqatgina Panamada ishlab chiqarilgan mahsulotlar yoki bo„lmasa bu hududda qo„shilgan qiymat uchun to„lanadi. Munitsipial va sotishdan keladigan tushum uchun soliqlar to„lash bu hududda amal qilmaydi.

    1995-yilga qadar daromad solig„ining differensial stavkalari 15 ming dollargacha 2,5 %ni, 100 ming dollargacha esa 8,5 %ni tashkil etgan. Ishlab

    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   142


    написать администратору сайта