Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница79 из 142
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   142




69 http/ www.fias.net/conference/EcozonesIndiadocs/KRao.pdf

chiqarilgan mahsulotning 80 %i eksportga jo„natilgan va 30ta panamalikni ish bilan ta‟minlagan kompaniyalar 5 yil mobaynida soliqlardan ozod etilgan. 1995-yildan keyin Panama EIHda daromad solig„i 8,5 %dan 15 %gacha ko„tarildi. Bundan tashqari 8,5 ming dollardan yuqori amalga oshirilgan har bir operatsiya uchun oldindan mablag„ to„lovi (soliq to„lovi) joriy etildi. Biroq, ushbu chora-tadbirlar kichik firmalarning faoliyatiga salbiy ta‟sir ko„rsatib, ularning moliyaviy jihatdan sinishiga va iqtisodiy hududdan ketib qolishiga sabab bo„lgan edi. Shuning uchun mamlakat parlamenti Kolon iqtisodiy hudud ma‟muriyatiga 1997-yildan boshlab iqtisodiy hududdagi xo„jalik subyektlarini barchasini soliq to„lovlaridan ozod qilinganligini ma‟lum qildi. Albatta, bu tadbir mamlakat budjetiga yiliga 40 mln. AQSh dollari miqdorida yo„qotish keltirsa ham, hududdagi barqarorlikni saqlab qolish maqsadida hukumat mazkur yo„lni tanlashga majbur bo„lib, 1948-yilda qabul qilingan Kolon EIH to„g„risidagi kodeksga o„zgartirishlarni kiritgan edi.

Panamada, nafaqat, erkin savdo hududlari, balki zamonaviy texnika-texnologiya asosida ishlaydigan erkin ishlab chiqarish hududlarini tashkil etish to„g„risida ham chora-tadbirlar ko„rilmoqda. Ana shunday tadbirlar jumlasiga 1993-yilda San Migelito shahrida erkin ishlab chiqarish hududini tashkil etilganligini ham ko„rsatib o„tishimiz mumkin.

Xalqaro hamjamiyatga kiruvchi davlatlarning ko„pchilik ishbilarmon- tadbirkorlari Kolon EIH va shuningdek, mamlakatdagi Xalqaro bank markazi deb nomlangan servis iqtisodiy hududlarni alohida-alohida faoliyat ko„rsatishini bilishmaydi. Panamada faoliyat ko„rsatayotgan banklar uchun “markaz” so„zini qo„llash birmuncha noto„g„ri bo„lishi ham mumkin, chunki, banklar bir hududda yoki bir iqtisodiy tumanda yig„ilib faoliyat ko„rsatmaydi. Chunki, chet el banklarining mamlakatda ro„yxatdan o„tganlari esa EIHda yoki mamlakat markazi va boshqa shaharlarda faoliyat ko„rsatishi ham mumkin.

1970-yilda mazkur bank va kredit muassasalari faoliyatini nazorat qilish uchun Panamada Milliy bank kompaniyasi tashkil topdi. Ushbu kompaniya tomonidan mamlakatda faoliyat ko„rsatib kelayotgan barcha banklarga “Banklar to„g„risida”gi Qonunga asosan, quyidagi 3 turdagi litsenziya beriladigan bo„ldi.

  1. Bosh litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo„lgan banklar barcha turdagi operatsiyalarni bajarish huquqiga ega bo„ldi.

  2. Xalqaro litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo„lgan banklar, asosan, xorijiy mijozlarga xizmat ko„rsatish huquqiga ega bo„ladi.

  3. Vakillik litsenziya. Bunday litsenziyaga ega bo„lgan banklarning o„zi mijozlarga xizmat ko„rsatmasdan, balki EIHdagi xo„jalik subyektlariga boshqa banklar orqali xizmat ko„rsatishda vositachilik qilish huquqi berildi.

Yuqorida qayd etilgan litsenziyalarga egalik qiluvchi banklarning vakillik varaqalari hukumat rahbariyati tomonidan ogohlantirilmasdan ochib yoki yopib qo„yilishi ham mumkin. Ushbu banklar tomonidan aktivlar va divedendlarning o„tkazilishi chegaralanmaydi va mablag„larni majburiy ravishda deponentlashtirilmaydi. Bunda tashqi operatsiyalar uchun soliq tizimi qo„llanilmaydi (foyda solig„i 8 %ni tashkil etgan holda). Panama EIHdiga xorijiy investorlarni jalb etuvchi yana bir omillardan biri to„lovlarning barchasi AQSh dollarida amalga

oshirilishidir, milliy valyuta hisoblangan balbao ko„pchilik hollarda numizmatik xarakterga ega bo„lib qolgan holos.

Panama EIHda xususiy bank ochish uchun Milliy bankda faoliyat ko„rsatib kelayotgan komissiya tomonidan 90 kunga beriladigan vaqtinchalik ruhsatnoma bo„lishi talab etiladi. Ushbu muddat tugagandan so„ng esa doimiy litsenziya beriladi. Banklarning minimal ustav kapitali qonun bo„yicha odatda 1 mln. AQSh dollari atrofida bo„lishi ko„rsatilgan bo„lsada, amalda esa 3 mln. dollar atrofida bo„lishi talab qilinadi. Panamada tashkil etilgan chet el banklari Milliy bank tomonidan qattiq nazorat qilib turiladi. Ulardan har oyda o„zlarining aktivlari va daromadlari to„g„risida hisobot berib turishi va shuningdek, 10 ming dollardan yuqori bo„lgan bank operatsiyalari va depozitlar to„g„risida ma‟lumotlarni o„z vaqtida berib borishlari talab etiladi.

XX asr 80 yillarining boshlaridayoq Panama EIH xalqaro maydondagi yirik moliyaviy markazlardan biriga aylangan edi. Chunki, bu vaqtda mamlakatda 40 mlrd. dollar kapitaliga ega bo„lgan 110 dan ortiq yirik bank markazlari, 30 ga yaqin mamlakatlarning avuarlari70 hamkorlikda faoliyat ko„rsatgan edi. Biroq, XX asr 80 yillarining ikkinchi yarmida Panama banklari Amerika hukumatining olib borgan iqtisodiy siyosati oqibatida og„ir qiyinchiliklarni boshdan kechira boshlagan edi. AQSh hukumati o„z hududida joylashgan Panama banklarining avuarlarini qattiq siquvga olib, ikki oy mobaynida yopib ham qo„ygan edi. Buning oqibatida bank aktivlari 11 mlrd. dollarga kamayib, ba‟zi bir banklar esa hatto o„z faoliyatini mutlaqo to„xtatib qo„ygan ham edi. Lekin, bunday holatlarga qaramasdan Panama EIHdan banklarning ommaviy ravishda ketib qolish holatlari uchramadi.

  1. asr 90 yillarining boshida ushbu moliyaviy markazlar o„z faoliyatini yana tiklay boshladi. Aktivlarning yillik o„sishi yiliga 16,5 %ni tashkil etdi. Banklar tomonidan ko„rsatilgan xizmatlar hajmi yalpi milliy mahsulotning 15 %ini ta‟minladi. Lekin, bank aktivlari bu davrda 1982-yilgi rekord darajasiga etmagan, ya‟ni 35 mlrd. dollardan oshmagan edi. Mamlakatda milliy banklarning aktivlarini o„sishi xarakterli xususiyatga ega bo„lib, 8,5 mlrd. dollarni tashkil etgan.

90 yillarning oxirlarida Panamada 106 ta xorijiy banklar faoliyat ko„rsatib, ularning 60 tasi bosh litsenziyaga, 28 tasi xalqaro litsenziyaga va 18tasi esa vakillik litsenziyaga egalik qilishgan. EIHlarda faoliyat ko„rsatadigan banklarning aktivlari mamlakatdagi umumiy banklarning 2/3 qismini tashkil etib, aktivlarning 27 %i likvidli, 61 %i esa tashqi va ichki mijozlarning zayomlariga, 6 %i esa investitsiyalarga yo„naltirilgan.

Panama EIHning yana bir xarakterli xususiyati shuki, chet el kemalarini Panama mamlakati registridan (ro„yxatdan) o„tib, mamlakat bayrog„i ostida yuk tashish ishlariga jalb etilishidir. Bu ko„rsatkich bo„yicha Panama jahon mamlakatlari ichida birinchi o„rinni egallaydi. XX asr 90 yillarining oxirida mamlakatda 13541 kema ro„yxatdan o„tkazilgan bo„lib, ular tomonidan tashilgan yuklarning umumiy hajmi 95 mln. tonnani tashkil etgan. Mamlakat budjetiga esa 50 mln. AQSh dollari atrofida sof foyda kelib tushgan.

Mavjud kemalarning 36 %i yaponiyalik ishbilarmonlarga tegishli bo„lgan.





70 Avuarlar bank aktivlari va pul mablag„lari.

Chunki, bu erda olingan daromad soliqdan ozod qilinadi. Bundan tashqari Panama geografik jihatdan juda qulay joyda joylashgan. Ya‟ni, ushbu hududda Tinch okeanini Atlantika okeani bilan bog„lovchi Panama kanali joylashgan. Ushbu kanaldan jahonning barcha mamlakatlarining yuk tashuvchi kemalari o„tadi. Shuning uchun ham bu portlarda yuklarni o„rash, saqlash, markirovka qilish va ortib jo„natish kabi xizmatlar ko„rsatish infratuzilmasi yuksak darajada rivojlangan. Ushbu kanal orqali hoziri kunda yiliga 1337000 netto tonna yuk olib o„tiladi.

Mamlakatda kemalarni ro„yxatdan o„tkazish asosan, dengiz kemalari to„g„risidagi xalqaro konvensiyalar asosida amalga oshiriladi. Panamada kemalarni ro„yxatdan o„tkazish, kemalarning yuk ko„tara olish va tashish qobiliyatlari hisobga olinmasdan, balki ularning eskirish qobiliyati ro„yxatga olinadi. Masalan, 20 yil muddatga xizmat qiluvchi kemalar umumiy o„tkazilib, ulardan kamrog„i esa maxsus muttaxasislar ko„rigidan o„tadi.

Shunday qilib, Panama davlatida joylashgan EIHlar va moliyaviy bank markazlari, savdo hududlari va yuk tashish xizmatlari mamlakat iqtisodiyotida muhim vazifalarni amalga oshirib kelmoqda. Ushbu mamlakatda yaratilgan qulay imtiyozlar alatta xalqaro maydonda keng faoliyat ko„rsatib kelayotgan tadbirkorlarni e‟tiborini o„ziga tortmasdan qolmaydi. Shuning uchun ham jahon xo„jaligiga kirib boruvchi ko„plab davlatlar Panama EIHlari tajribasidan samarali foydalanib, o„z iqtisodiyotini rivojlantirib borishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Malta davlati O„rta yer dengizining markaziy qismida joylashgan orollardan biri bo„lib, barcha dengiz yo„llarining kesishgan qismida joylashgan. Uning geografik jihatdan qulay joyda joylashganligi orolni yirik xalqaro savdo markazlaridan biriga aylanishiga olib keldi. Malta orolida hunarmandchilik tashkil topdi, dengiz flotlarga keng ko„lamda xizmat ko„rsatish ishlari rivojlandi. Statistik ma‟lumotlarga ko„ra, Malta chet ellik kemalarni ro„yxatdan o„tkazish borasida jahonda birinchi o„nlikka kiradi. Bu ma‟lumotlardan ko„rinib turibdiki, Malta hukumati dengiz tovar aylanmasida o„z obro„sini saqlab turish uchun kemalarga servis xizmatlarini ko„rsatish, ekspluatatsiya qilish va qayd etishni o„z vaqtida va hech bir qiyinchiliklarsiz tashkil etishni to„g„ri yo„lga qo„ygan. Maltaning dengizda ko„rsatadigan faoliyati, asosan, dengiz Mahkamalari tomonidan muvofiqlashtirib turiladi. Bu mahkamalar dengiz markazlari ham hisoblanib, o„z tarkibiga ma‟muriy, huquqiy, soliq va infratuzilma faoliyatini boshqarish xizmatlarini ham qo„shib olgan.

Chet ellik kema korxonalarini ro„yxatdan o„tkazishning tartib qoidalari, asosan, 1973-yilda qabul qilingan “Buyuk Britaniya” qonunchiligiga asoslangan “Malta offshor hududi to„g„risida”gi Qonunning 234-moddasida o„z aksini topgan, ushbu modda tijorat kema faoliyati to„g„risidagi dalolatnoma asosida nazorat qilib turiladi. Har qanday kema, ya‟ni oddiy yaxtalardan tortib, neft tashuvchi tankerlarga qadar Malta bayrog„i ostida ro„yxatdan o„tkaziladi, agar bu savdo Maltada huquqiy yoki jismoniy shaxsning mulki bo„lib hisoblansa. Kema birinchi marotaba 6 oyga, keyinchalik bu muddat yana 6 oyga cho„zilib to„liq hujjatlar asosida ro„yxatdan o„tkaziladi. Bundan tashqari, kemalar “berbout-charter” ko„rinishida ham ro„yxatdan o„tkazilishi mumkin. Bu holda kema Malta bayrog„i ostida chet ellarda ham faoliyat ko„rsatish huquqiga ega bo„ladi.

“Malta” offshor hududida faoliyat ko„rsatayotgan ikki hissador va bitta kompaniyani millati va fuqaroligidan qatiy nazar tayinlangan direktor boshqarishi mumkin. Kompaniyani vaqtinchalik ro„yxatdan o„tkazish uchun quyidagi hujjatlar, ya‟ni kompaniyani ro„yxatdan o„tkazish to„g„risidagi ariza, kema maltalik fuqaroga yoki huquqiy shaxsga tegishli ekanligini tasdiklovchi hujjat, mulkdorning deklaratsiyasi, kemaning sifat ko„rsatkichlari to„g„risidagi ma‟lumotnoma va hokazolar talab etiladi. Kompaniyani doimiy ro„yxatdan o„tkazish uchun esa kemaning sertifikati va oxirgi marta ro„yxatdan o„tgan mamlakat to„g„risidagi ma‟lumotnoma talab etiladi.

Kompaniyani doimiy ro„yxatdan o„tkazish uchun esa kemaning sertifikati, oxirgi marta ro„yxatdan o„tgan mamlakatning ro„yxatidan o„tganligini tasdiqlovchi ma‟lumotnoma, kemaning Malta EIHi talablariga javob berishini tasdiqlovchi hujjat, kemaning qonuniy ekanligini tasdiqlovchi hujjat, kemani boshqaruvchi komandaning ro„yxati, kemaning vaqtinchalik ro„yxatdan o„tganligini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar talab etiladi.

Kemani “berbout-charter” uchun ro„yxatdan o„tkazishga esa, kema Maltalik huquqiy va jismoniy shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat, kema ilgari “berbout-charter” ko„rinishida ro„yxatdan o„tkazilmaganligi to„g„risida ma‟lumotnoma, kemani ijaraga oluvchining arizasi, “berbout-charter” shartnomasi va deklaratsiyasi, ro„yxatdan ko„chirma, mulk egasining yozma ruhsatnomasi, kemaning yaroqliligini tasdiqlovchi hujjat, boshlang„ich yoki yillik to„lovlarni amalga oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqalar talab etiladi.

Kema Malta offshor hududida ro„yxatdan o„tkazilgandan so„ng, u ikkinchi majburiyatni garov vazifasini ham o„tashi mumkin. Xalqaro banklar maltalik kemalarni garov sifatida tan oladilar. Chunki, Maltada garov to„g„risidagi me‟yoriy- huquqiy hujjatlar xuddi garov asoslarini ko„rsatuvchi inglizcha usuli bilan tenglashtirilgan. Shu bilan birga garov asoslari Maltaning “Fuqarolik” kodeksi kabi ustunlikka ham ega.

Jahon mamlakatlarining ko„pchilik kemalari Malta orolida ro„yxatdan o„tib ishlashni xohlaydi. Buning sabablari quyidagilardan iborat. Birinchidan, Maltada kemalarni ro„yxatdan o„tkazish va tashkil etish uchun to„lov miqdorlarning boshqa mamlakatlarga nisbatan kamligi, ikkinchidan, 1000 tonna va undan yuqori bo„lgan yukni suvda torta olish qobiliyatiga ega bo„lgan kemalarning egalari va shuningdek, ijaraga ouvchilar va moliyaviy jihatdan yordam beruvchilarning barchasi soliq to„lovlaridan ozod etiladi, uchinchidan, kema egasining millati. Fuqaroligi va ekipaj a‟zolarining soniga hech qanday talab qo„yilmasligi, to„rtinchidan kema xavfsizlik talablariga javob berishi, benishchidan, aksiyalarni olish va sotish davrida hech qanday yig„imlarning yo„qligi, oltinchidan agar kemalarni ekspluatatsiya qilish korxonasi offshor kompaniyaga mansub bo„lsa, “Offshor kompaniyalar to„g„risida”gi Qonunga asosan, turli imtiyozlarga ega bo„lishi va boshqalar.

Malta EIH bir qator kema xo„jaliklari tashkil etish bo„yicha xalqaro konvensiyalar a‟zosidir. Malta kema xo„jaligida ishlovchilarning barchasi daromad va meros soliqlaridan, aksiyalarni va kemalarni sotish va ijaraga berish soliqlaridan, kemalarni ro„yxatdan o„tkazish vaqtidagi soliqlardan ozod qilinishi bilan

xarakterlanadi.

Malta orolida ikkiyoqlama soliq olinmasligi to„g„risidagi shartnomaga ega bo„lgan davlatlarning kompaniyalarini ro„yxatdan o„tkazganda olinadigan soliqlar miqdori yanada kamaytirilishi ko„zda tutilgan. Malta davlati EI bojxona hududidan tashqarida ekanligi bilan ham xarakterlanadi.

Shunday qilib, Maltada kemalarni ro„yxatdan o„tkazish va tashkil etishning to„lov miqdorlari jahonning boshqa mamlakatlariga nisbatan kamligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari Maltada bir qator kema xo„jaliklarini tashkil etish to„g„risidagi xalqaro konvensiyalarning a‟zosi ekanligi bilan, kema xo„jaligida meros va aksiyalarni sotish hamda kemalarni ijaraga berish bilan, shuningdek, kemalarni ro„yxatdan o„tkazishda soliqlardan ozod qilinishi bilan ham ajralib turadi.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   142


написать администратору сайта