Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница75 из 142
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   142
Naurudavlatidaaholidandaromadsolig„iolinmaydi.Chunki, soliqlar va yig„imlardan budjetga tushadigan tushumlar budjet daromad qismi hisobiga qoplanadi. Budjetning daromad qismi, asosan, eksport qilinadigan fosfor mahsulotidan, shuningdek, moliya, baliqchilik va dengiz flotidan keladigan soliq tushumlaridan tashkil topgan.

Nauru erkin iqtisodiy hududida qonunchilikni tarkib topishi boshqa iqtisodiy hududlarga nisbatan bir muncha farq qiladi. Jumladan,boshqaEIHlardasoliqimtiyozlari keng qo„llanilsa, bu erda esa soliq tizimi mutlaqo yo„q. Lekin shunday bo„lsa-da, mamlakatda jinoyatchilikka qarshi qattiq kurash olib boriladi. Agar xo„jalik subyektlarning faoliyatida bunday holatlar yuz bersa, ya‟ni investorlar yoki aksiyadorlarning huquqlari poymol etilsa, bunday holatga yo„l qo„ygan xo„jalik

subyekti bilan shartnomalar darhol uzilib, chet el fuqarosi bo„lsa mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Har bir korporatsiyada ro„yxatdan o„tkazilgan kotib bo„lishi shart. Mamlakatda direktorlar kengashi yoki aksiyadorlar yig„ilishini qayerda va qachon o„tkazilishiga talab qo„yilmaydi. Biroq, savdo korxonalari bir yilda bir marta o„zlarining yig„ilishlarini o„tkazib turishlari shart. Xolding kompaniyalar uchun esa bunday talab qo„yilmagan. Nauru iqtisodiy hududida korporatsiyalarni ro„yxatdan o„tkazish uchun 2-3 kun vaqt ketadi xolos. Ro„yxatdan o„tgan korporatsiya agar bank, sug„urta yoki trast operatsiyalarini amalga oshirmoqchi bo„lsa, u holda litsenziya olishi talab etiladi. Bank litsenziyasi 1972-yilda qabul qilingan “Korporatsiyalar” to„g„risidagi va 1975-yilda qabul qilingan “Banklar” to„g„risidagi qonunlar asosida amalga oshiriladi. Litsenziyani berish davri to„ldirilgan hujjatlar to„lig„icha talabga javob bersa, 3-4 oy ichida amalga oshirilgan.

Nauru mamlakatida erga to„laligicha egalik qilish huquqi faqatgina tub aholiga ruxsat etilgan. Qishloq xo„jaligi va sanoat sohalarini rivojlantirish uchun Nauru mamlakatiga kapital kiritish unchalik samara bermaydi. Chunki bu yerda makroiqtisodiyotning ushbu sohalarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yetarli emas. Shuning uchun ham Nauru mamlakatida faqat savdo va xolding kompaniyalari, banklar, sug„urta kompaniyalarini tashkil etish va faoliyat ko„rsatishi maqsadga muvofiqdir.

Tayanch iboralar:


Erkin iqtisodiy hududlar, tovar, imtiyoz, offshor hudud, offshor kompaniya.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi hududlarda EIHlarning tashkil etilishi va rivojlanishi o„ziga xos tajribaga ega. Ularni o„rganish esa g„oyatda muhim. Chunki, bugungi kunda aynan mazkur hududlarda EIHlar o„zining katta imkoniyatlarini namoyon etmoqda. Xususan, ularda ro„yxatga olinayotgan kompaniyalar va ularga tegishli aktivlar va investitsiyalar hamda tashqi savdo aylanmasi hajmining o„sib borayotganligi e‟tiborga molikdir.

  2. Bugungi kunda Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi Beliz, Men, Bermud, Britan-Virgin va Nauru kabi hududlarda EIHlarni tashkil etish ularning cheklangan iqtisodiy imkoniyatlari sharoitida hududlar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishni muhim o„rin tutmoqda. Ulardagi yaratilgan barcha qulaylik va imtiyozlar dunyoning ko„plab investorlarini o„ziga jalb etishga sabab bo„lmoqda.

  3. Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi hududlarda EIHlarda ro„yxatdan o„tish, faoliyat ko„rsatish dunyoning boshqa hududlariga nisbatan qulayligi va foydaliligi turli moliyaviy xizmatlar turlarining faol rivojlanishiga ham o„z ta‟sirini ko„rsatmoqda. Buning natijasida bunday “nazoratsiz hudud”ga transmilliy kompaniyalar oqimining ortib borishi kuchayib bormoqda.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   142


написать администратору сайта