Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
8.3-jadval.AQShdagi tashqi savdo hududlari
Zamonaviy TSHlari import qilinadigan tovarni omborga joylashtirish, saralash va qadoqlash, shuningdek, uni to„liq qayta ishlash, mahalliy yoki xorijiy chiqindilar tarkibiy qismlaridan ayrim turdagi mahsulotlarni yig„ish va hatto, hududga kiradigan yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlarga asoslangan ayrim turdagi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish bo„yicha keng xizmat turlarini taqdim etadi. AQShda shtatlar bo„yicha TSHlari xaritasi quydagi 8.4-rasmda keltirilgan. 8.4-rasm. AQShda shtatlar bo„yicha TSHlari xaritasi72 8.4-rasmda keltirilgan AQSh shtalarida joylashgan TSHlarining alohida 72 https://enforcement.trade.gov/ftzpage/letters/ftzlist-map.html hududlarda joylashuvi xaritasi esa 8.5-rasmda keltirilgan. Odatda, erkin savdo hududlarini tashkil etishning ustuvor shartlari – foydali geografik holat (xalqaro transport yo„nalishlari, yirik sanoat markazlari, chegara savdo maydonchalari va hokazolarga) va rivojlangan infratuzilma mavjudligi (kirish yo„llari, omborxonalar, yuk terminali, yuk tashish uskunalari, barqaror elektr, suv va issiqlik ta‟minoti). Shuning uchun TSHlari, ko„pincha, portlar, aeroportlar yoki ularning yaqinida joylashgan. |