Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница65 из 142
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   142

6.1-rasm. Bojxona organlarining asosiy funksiyalari


EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvi ishlari bojxona organlarining qonuniy huquqlari doirasida bajaradigan funksiyalari asosida amalga oshiriladi. Bunda ularning huquqlari bo„lib quyidagilar hisoblanadi:

  • bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ma‟lumotlar va hujjatlarni tekshirish, og„zaki so„rov o„tkazish, axborot olish, bojxona ko„zdan kechiruvini, bojxona ko„rigini va shaxsiy ko„rikni o„tkazish, shuningdek, binolar, hududlar va transport vositalarini ko„zdan kechirish;

  • tovarlar va transport vositalari erkin muomalaga chiqarilgandan so„ng jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan ma‟lumotlarning to„g„riligini hamda ularning tashqi savdo faoliyati qonuniyligini tekshirish maqsadida tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratini amalga oshirish;

  • banklardan, moliya organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog„liq bo„lgan ma‟lumotlar va hujjatlarni so„rash va olish;

  • bojxona nazoratini o„tkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan namunalar va nusxalar olish;

  • bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti bo„lgan tovarlar va boshqa qimmatliklarni ushlab turish hamda olib qo„yish;

  • tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;

  • huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni ma‟muriy yo„l bilan ushlab turishni amalga oshirish;

  • maxsus ruxsatnomalar va litsenziyalar berish;

-bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va nazoratning texnik vositalaridan foydalanish;

  • bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta‟minlash maqsadida mutaxassisni yoki ekspertni jalb etish;

  • bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish bo„yicha takliflar kiritish.

Bojxona organlari:

  • bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;

  • bojxona to„lovlari to„g„ri hisoblanishi, to„liq va o„z vaqtida to„lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;

  • bojxona nazoratini tashkil etishi;

  • tovarlarni va transport vositalarini olib o„tish, shuningdek, O„zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o„tish chog„ida jismoniy va yuridik shaxslarni ularning huquq va majburiyatlari to„g„risida o„z vaqtida xabardor qilishi;

  • o„z xizmat vazifalarini bajarishi chog„ida o„ziga ma‟lum bo„lib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qo„riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma‟lumotlarni oshkor etmasligi;

  • huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko„rishi;

  • bojxona organlarida korrupsiya va boshqa mansabdorlik jinoyatlari sodir etilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi;

  • davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, fuqarolarning hayoti va sog„lig„ini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko„maklashishi;

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta‟minlashi shart.



6.2-rasm. Bojxona organlari faoliyatini boshqarishning optimal darajasini aniqlash masalalari
Bojxona organlari tomonidan EIHlarda tovar va xomashyolar importi-eksporti bo„yicha bojxona rasmiylashtiruvi mazkur qonun asosida amalga oshiriladi hamda davlat bojxona siyosatining samarili ijrosini ta‟minlashga qaratiladi. EIHlarda investitsiyalash, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy aloqalar, soliq va bojxona boji to„lovlari masalasida o„ziga xos yondashuv mavjudligi sababli ularda bojxona rasmiylashtiruvi belgilangan tartibda, lekin, bojxona siyosati mazmuni va samarali

ijrosiga salbiy ta‟sir ko„rsatmagan holda amalga oshiraladi.

Bojxona ishi va rasmiylashtiruvchida Bojxona kodeksining 4-moddasida keltirilganidek, agarda shunday holat yuzaga kelsa, ya‟ni bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlaridagi barcha bartaraf etib bo„lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining foydasiga talqin qilinadi.

EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvi bojxona maqsadlariga muvofiqlikda amalga oshiriladi. Bojxona maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o„tish, tovarlarni tashish, saqlash va qayta ishlashda bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta‟minlash;

  • bojxona to„lovlari o„z vaqtida va to„g„ri to„lanishini ta‟minlash;

  • iqtisodiy siyosat choralariga, bojxona rejimlarining talablari va shartlariga rioya etilishini ta‟minlash;

  • bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlarini buzish hollariga chek qo„yish va ularning oldini olish.

Bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati bilan bog„liq munosabatlarda quyidagi tushunchalar qo„llaniladi:

  • bojxona brokeri bojxona rasmiylashtiruvi bo„yicha operatsiyalarni deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirig„iga binoan va uning nomidan shartnoma asosida amalga oshiradigan O„zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi;

  • bojxona ishi iqtisodiy, tartibga solish va huquqni muhofaza qilish maqsadlariga erishishga qaratilgan, bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta‟minlaydigan usullar va vositalar majmui;

  • bojxona hamrohligida kuzatib borish – avtotransport vositalarining bojxona organlari tomonidan bojxona nazorati ostida kuzatib borilishi;

  • bojxona operatsiyasi tovarlarning va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojxona organlarining mansabdor shaxsi va vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladigan harakat;

  • bojxona rejimi – bojxona chegarasi orqali olib o„tiladigan tovarlarning va transport vositalarining maqomini bojxona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar majmui;

  • bojxona tartib-taomili – bojxona maqsadlari uchun amalga oshiriladigan bojxona operatsiyalarining majmui;

  • deklarant – tovarlarni va transport vositalarini o„z nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yohud uning nomidan tovarlar va transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs;

  • deklaratsiyalash – bojxona chegarasi orqali olib o„tilayotgan va bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalari to„g„risidagi zarur ma‟lumotlarni bojxona organlariga ma‟lum qilish;

  • iqtisodiy siyosat choralari tovarlarni va transport vositalarini bojxona hududiga olib kirishga va ushbu hududdan olib chiqishga doir cheklovlar bo„lib, ular kvota belgilashni, litsenziyalashni, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo„jaligi bilan o„zaro hamkorligini tartibga solishning boshqa chora-tadbirlarini o„z ichiga oladi;

  • tashuvchi bojxona nazorati ostida turgan tovarlar tashilishini amalga oshiruvchi yoki transport vositasidan foydalanish uchun mas‟ul shaxs;

  • tovar turkumi – bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati bo„yicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan jo„natilayotgan yohud bojxona chegarasi orqali o„tayotgan bitta jismoniy shaxsning qo„l yukida va bagajida olib o„tilayotgan tovar yoki uning bir qismi;

  • tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o„tish tovarlarni va transport vositalarini bojxona hududiga olib kirish yohud ushbu hududdan olib chiqish;

  • tovarlarning erkin muomalasi – bojxona hududida tovarlarning belgilangan taqiqlar va cheklovlarsiz aylanishi;

  • tovarni chiqarib yuborish – bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvini yakunlovchi va ma‟lum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqanholda tovarlardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga ruxsat berilganligini ifodalovchi harakati;

  • yuk operatsiyalari – bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va transport vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan o„rovlarini to„g„rilash, ularni o„rash, qayta o„rash va tashish uchun qabul qilish;

  • O„zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo„mitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bojxona organlarining axborot tizimi) – bojxona chegarasi orqali olib o„tiladigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va ma‟lumotlarning kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi O„zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo„mitasining avtomatlashtirilgan tizimi.



1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   142


написать администратору сайта