Главная страница
Навигация по странице:

  • Ko„rsatkichlar 2005 yil 2010 yil 2011

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница61 из 142
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   142

    Imtiyozli kreditlar.


    Banklarga ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 3 yildan ko„p vaqt o„tmagan, yuklarni tashish va taxlash uchun transport vositalari, maxsus texnika, shuningdek, transport-logistika xizmatlari ko„rsatish uchun mo„ljallangan boshqa tovarlarni sotib olish uchun kreditlar ajratish tavsiya etildi. Ushbu kreditlar bo„yicha foiz stavkasi MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydi. Imtiyozli davr esa 1 yilgacha muddatni tashkil etadi.

    Bunda ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 3 yildan ko„p vaqt o„tmagan transport vositalari kontraktda ko„rsatilgan 100 foiz qiymati bo„yicha ushbu kreditlar bo„yicha garov sifatida qabul qilinadi.

    Lizing kompaniyalari uchun esa banklar mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy yuk avtotransporti va tirkama texnikasini sotib olish bo„yicha bitimlarni moliyalashtirish uchun resurslar (MBning qayta moliyalashtirish stavkasi bo„yicha) ajratadi.

    Muhandislik-kommunikatsiya va yo„l-transport infratuzilmasini moder- nizatsiyaning asosiy yo„nalishlari sifatida milliy logistik infratuzilmani xalqaro standartlarga moslash va bu orqali nafaqat ichki bozorda balki, jahon bozorlarida maxsulotlarimizning erkin harakatini ta‟minlash va raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.

    O„zbekiston bir necha asrlar davomida Yevropa va Osiyoni tutashtirib turgan savdo sotiq yo„lining markazida joylashgan. Ammo XVI-XVII asrlarda dengiz transportining rivojlanishi “Buyuk ipak yo„li”ning ahamiyati pasayishiga sabab bo„ldi. XX asr oxiri XXI asr boshlariga kelib Xitoy, Hindiston va Janubiy Koreya

    kabi Osiyo davlatlarining rivojlanishi va ularning jahon bozoriga kirib borishi yangi zamonaviy Buyuk ipak yo„liga bo„lgan talabni ortishiga olib kelmoqda. O„zbekiston Buyuk ipak yo„lining qoq markazida joylashgan bo„lib, G„arb va Sharq, Janub va Shimol tomondan Yevropa va Osiyoni bog„lovchi qisqa koridor yo„llariga ega.

    O„zbekistonga jahonda yirik hisoblangan 5 ta MDH, Markaziy Osiyo va Afg„oniston, Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyo, Janubiy-Sharqiy va Janubiy Osiyo bozorlariga geografik jihatidan yaqin masofada va ularning o„rtasida joylashgan hisoblanadi. Bu esa O„zbekistonda bu bozorlarni tutashtiruvchi tranzit yo„llarni barpo qilish va mavjudlarini qayta rekonstruksiya qilish O„zbekistonda logistikaning rivojlanishiga asosiy manbasi hisoblanadi.

    Logistika bugunga kelib iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning asosiy biznes jarayonlariga aylanib ketgan. Logistika tizimi butun yalpi ichki maxsulotning 20-25

    % ulushiga ega hisoblanadi va bu tizimdagi 1 % lik yo„qotish ishlab chiqarishning 10

    % ga qisqarishiga olib keladi.

    Mustaqillik yillarida respublikamiz tashqi iqtisodiy faoliyatini kengayib borishi bilan xalqaro logistik markazlar, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ularning o„rni va ahamiyati ortib bordi. O„zbekiston logistikasi mustaqillik davrlaridan oldin faqatgina ichki bozor imkoniyatlariga yo„naltirilgan bo„lsa, istiqlol davrlarida uning tarkibiy jihatdan kengaytirib-takomillashtirilib kelinmoqda. Qisqa davr moboynida logistik infratuzilmaning o„ziga xos rivojlanish yo„llari ham shakllantirildi.

    Logistika qo„llanilishi yuqori darajadaligi mamlakatimizda tova-pul munosabatlarining kengayishi va jadallashuvi, korxonalar o„rtasida xo„jalik aloqalarining oshishi, ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlanishi hamda korxonalar va tashkilotlarning xo„jalik mustaqilligining kengayishi bilan bog„liq.

    O„zbekistonda logistikaning rivojlanishi dastlab gorizontal rivojlanish xususiyatini kasb etib ichki bozor imkoniyatlari darajasida rivojlandi. Uning asosini korxonalar bir-biri bilan o„zaro munosabatlriga xizmat ko„rsatish jarayonida tovar etkazish sifatini oshirishda va mahsulotni eng kam xarajatlar bilan yetkazib borishda namoyon qildi. Keyingi rivojlanish bosqichi mahsulotlar bozorida raqobatbardoshlikni oshirishning mustahkam usuli bo„lib sifatida logistika imkoniyatlaridan foydalanish kengayib bordi.

    Mamlakatimizda logistik xizmatlar xilma-xilligi bu tarmoq tashkilotlarning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini bermoqda. Logistikaning rivojlanishi avvalombor, avtomobil va temir yo„llarning rivojlangan tizimi, ularning samarali faoliyati ishlab chiqarishdagi umumiy xarajatlarini kamaytirishning muhim sharti va omilidir.

    Logistikaning rivojlanishi va uning tarkibiy jihatdan samaradorligini oshib borishida transportning roli beqiyos. Transport har qanday mintaqada ishlab chiqarish infrastrukturasini muhim mezoni va iqtisodiy imkoniyatlaridan biri hisoblanadi. Har qanday logistik tizimni yoki logistik markazlarni transportsiz samarali va oqilona rivojlantirish mumkin emas. Sanoat va qishloq xo„jaligida mahsulot ishlab chiqarish va iste‟molchiga yetkazib berishda transport faol ishtirok etadi va bu jarayon logistik imkoniyatlardan samarali oqilona foydalanishga bo„lgan talabni rag„batlantiradi. Respublikamizning uzoq qishloqlari va viloyat markazlarida bugunga kelib

    ixtisoslashgan transport tashuvlari ham keng rivojlanmoqda. Transportnig rivojlanishi ishlab chiqarish kuchlari va texnik taraqqiyotinig umumiy rivojlanish darajasiga bog„liq. O„zbekiston qudratli (temiryul, avto, aviya, quvur va daryo) transport tizimlariga ega.

    Logistik infratuzilmani rivojlanishi mamlakatimizda yuk aylanish hajmiga mutanosib rivojlanish xarakateriga ega. O„zbekiston respublikasida jami yuk tashuvlari 2005-yilda 281,4 mln.tonnani tashkil etgan bo„lsa, 2017-yilda bu ko„rsatkich qariyb 1174,0 mln.tonnaga, ya‟ni 4,2 martaga o„sganligini alohida ta‟kidlab o„tish lozim (5.8-jadval).

    2017-yil yanvar-dekabr oylarida transportning barcha turlari tomonidan 1174,0 mln.t yuklar tashildi, bu 2016-yil yanvar-dekabrga nisbatan 103,7 % ni tashkil etadi. Shu bilan birga, yuk aylanmasi 66,9 mlrd. t/km.ni tashkil etib, 2016 yil yanvar- dekabrga nisbatan 2,5 % ga o„sdi.
    5.8-jadval. O„zbekistonda umumfoydalaniladigan transport turlari bo„yicha yuk jo„natish,
    mln. tonna61


    Ko„rsatkichlar

    2005

    yil

    2010

    yil

    2011

    yil

    2012

    yil

    2013

    yil

    2014

    yil

    2017

    yil

    Barcha

    transport da

    281,4

    422,9

    449,8

    479,7

    500,6

    521,7

    1174,0

    Shundan:






















    Temir yo„l

    transportida

    45,8

    56,9

    59,2

    61,5

    63,7

    65,7

    68,0

    Quvir yo„li

    transportida

    39,2

    42

    40

    39,8

    38,4

    36,8

    65,1

    Avtomobil

    transportida

    196,4

    324,0

    350,7

    379,1

    398,5

    419,1

    1040,9

    Havo

    transportida (ming tonna)

    6,2

    29,5

    30,7

    24,0

    22

    23

    27,2

    Quyidagi 5.9-jdvalda esa mazkur davrdagi umumiy yuk aylanmasi amofasi to„g„risidagi ma‟ulmotlar keltirilgan. Unga ko„ra, yuk aylanamsi masofasi havo transtportida eng yuqori o„sishni, temir yo„l transportida esa eng kichik o„sishni qayd etgan.

    2017-yilda jami yuk tashish hajmida eng yuqori ulushni avtomobil transporti – 88,7 % egallaydi, boshqa transport turlarida yuk tashish ulushi 11,3 %ga to„g„ri keladi.

    Bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish, kichik sanoat zonalarini yaratish, savdo tarmoqlarini kengaytirish, turistik faoliyatni rivojlantirish transport xizmatlariga bo„lgan talabning ortishiga va logistika infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Transport xizmatlari tarkibida avtomobil transporti xizmatlari 56,7

    % bilan ustunlik qilmoqda. Bu transportning xarakatchanligi hamda havo va temir yo„l transporti bilan solishtirganda xizmatlar narxining nisbatan arzonligi bilan izohlanadi.



    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   142


    написать администратору сайта