Главная страница
Навигация по странице:

  • Ko„rsatkichlar 2017-yil

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница62 из 142
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   142

    Transport turlari bo„yicha yuk aylanmasi62


    5.9-jadval.



    Ko„rsatkichlar

    2017-yil yanvar-dekabr

    2016-yil yanvar- dekabrga nisbatan % da

    Transport yuk

    aylanmasi, mln. t/km

    66934,4

    102,5

    Shundan:







    - temir yo„l transporti

    22949,8

    100,1

    - avtomobil transporti

    13628,8

    102,5

    - havo transporti,

    ming t.

    156,9

    118,7

    - quvur transporti

    30198,8

    104,5


    O„zbekistonda temir yo„l transport tizimini yanada rivojlantirish borasida mustaqillik yillarida bir qator loyihalar amalga oshirildi, jumladan, “Toshguzar- Boysun-Qumqo„rg„on” yangi yo„l liniyasida Yaponiya kapitali ishtirokida 5 ta ko„prik foydalanishga topshirildi. Uzunligi 223 km. bo„lgan mazkur temir yo„l dengiz sathidan 1500 metr balandlikda tog„ davon yo„llaridan o„tkazildi. Bu temir yo„lning qurilishi janubiy mintaqalarni rivojlantirishda, ularning tabiiy resurslarini o„zlashtirish, yangi ish o„rinlarini yaratishda muhim shart-sharoitlardan biri bo„ldi. Amudaryo ustidan ko„prik bilan orqali tortilgan 600 km.lik “Navoiy-Uchquduq- Sulton Uvaystog„-Nukus” temir yo„l liniyasining 6 ta yangi raz‟ezdi ishga tushirildi. 1993-yilda Vazirlar Mahkamasining “Temir yo„llarni elektrlashtirish bo„yicha bosh Dastur” qabul qilindi. Mazkur dastur doirasida Jizzax-Jomboy, Jizzax-Samarqand- Buxoro liniyalari elektrlashtirildi. Hozirga kelib 700 km.lik yo„l elektrlashtirilgan.

    Mamlakatimizda logistik infratuzilmani shakllantirishda “Angren Pop” elektrlashtirilgan temir yo„l liniyasini qurilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur loyihaga ko„ra, “Angren – Pop” temir yo„lini qurish “O„zbekiston temir yo„llari” davlat aksiyadorlik temir yo„llari kompaniyasining o„z va jalb qilingan mablag„lari hisobidan amalga oshirildi.

    Loyihani amalga oshirilishi Tojikiston Respublikasi orqali Farg„ona vodiysi viloyatlariga olib boradigan monopol yo„lakka barham beradi. Bu o„z navbatida vodiy viloyatlari bilan temir yo„l logistikasining rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratib berdi.

    O„zbekistonda logistikani rivojlantirishda quyidagi eng muhim vazifalarni amalga oshirish lozim:

    Birinchidan, mamlakatimiz logistikasini rivojlantirish darajasini xalqaro me‟yoriy standartlarga imkon qadar yaqinlashtirish o„ta muhim vazifa sifatida

    qo„yilishi lozim. Bunda asosan, axborot texnologiyalari negizida logistikani rivojlantirish va uning o„zgarishlarini boshqarish borasida yaxlit strategik tizimga ya‟ni klasterlashga alohida e‟tibor qaratish lozim.

    Mamlakatimizda logistikani integratsiyali rivojlantirish tizimlarini joriy etishdagi asosiy ijobiy samaralar hududiy va mintaqaviy kelishuvlarni kompleks rivojlantirish, ishlab chiqarish klasterlari va erkin iqtisodiy hududlarni bog„lashda aks etadi, bu zamonaviy sanoat majmualarini, erkin iqtisodiy zonalarni yaratish imkonini beradi. Istiqbolda esa xalqaro talablarga mos yangi raqobatbardoshlik omillari, transport yo„laklari, transport-logistika klasterlari ham keng rivojlanadi.

    Ikkinchidan, O„zbekiston xalqaro logistik platformasini innovatsion modelini shakllantirish lozim. Bu o„z navbatida qo„shimcha qiymat yaratish, savdo va investitsiyalar hajmini oshishi ko„rinishidagi uzoq muddatli foydaga biznes jarayonlarini puxta integratsiyalash asosidagina erishish mumkinligini anglatadi. Logistik platformalarning innovatsion modellarini shakllanishi tashuvlarda xatoliklarning oldini olish, korxonalar, mintaqa va mamlakatlarga iqtisodiy o„sishni ta‟minlash imkonini beradi.

    Uchinchidan, logistika tizimining kadrlar salohiyatini yanada oshirib borishi, logistik tizimlarni axborotlashtirish, klasterlash, hamda ichki logistik platformani (terminallar, ombor xo„jaligi)larning o„zaro integratsiyasini yanada samaradorligini oshirish lozim deb hisoblaymiz.

    Turtinchidan, samarasiz raqobatni maqbullashtirish va tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish, vazifalarni taqsimlash, mijozlar, yuklar bazasini kengaytirish, geografik yuklash faoliyatini kengaytirish imkonini beradi, bu esa jahon bozorlarida O„zbekiston nufuzini oshirish imkoniyatini belgilab beradi.

    Beshinchidan, logistik o„zaro ta‟sir bo„yicha samarali amaliyotlarni tanlash, logistikada murakkab va aralash kasbiy vakolatlar ishlab chiqish va o„zlashtirish hisobiga kuchli sinergetika samarasiga erishish imkonini beradi. Shu tariqa, innovatsion logistik tizimni shakllantirish natijalari quyidagilarni amalga oshirish imkoniyatini yaratib beradi:

    • multi va intermodal logistikani muvofiqlashtiradi va birlashtiradi (temir yo„l, avtomobil, havo tashuvlari kombinatsiyasi);

    • transport va ombor logistikasini birlashtiradi (kichik tovarli yuklarni birlashtirish va mijozlar bazasini kengaytirish);

    • tranzit transqit‟a tashuvlari logistikasini integratsiyalaydi;

    • elektron hujjat aylanishi, O„zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan bojxona xizmatlarining me‟yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tartibga solish orqali mamlakatimizga boshqa davlatlar orqali tranzit kirib kelishi mumkin bo„lgan import mahsulotlarini cheklash orqali iste‟mol tovarlari bozoridagi narxlar mo„tadilligiga erishiladi.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   142


    написать администратору сайта