Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница64 из 142
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   142

Erkin iqtisodiy hududlarda bojxona ishi va uni tashkil etish


EIHda bojxona ishi O„zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi asosida yuritiladi. Bojxona ishi O„zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo„mitasi va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan (eksport-import) shug„ullanuvchi tadbirkorlar o„rtasida yuzaga keladigan bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati bilan bog„liq munosabatlarni o„zida aks etiradi. Ushbu Kodeks O„zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni va transport vositalarini olib o„tish, bojxona to„lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish, shuningdek, bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlarini buzish hollarining oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo„yish tartibini belgilash bilan bog„liq munosabatlarni tartibga soladi.

Agar O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O„zbekiston Respublikasining bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo„lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo„llaniladi.

Bojxona ishida bojxona organi bojxona deklaratsiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olgan kuni amalda bo„lgan qonun hujjatlari qo„llaniladi. Bunda bojxona ishida asosiy vazifa bojxona organlari zimmasiga yuklatiladi. Shunga ko„ra, O„zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to„g„risida”gi yangi tahrirdagi Qonunining 3-moddasida bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratligi belgilab qo„yilgan:

  • jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;

  • o„z vakolati doirasida O„zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta‟minlash;

  • bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish;

  • bojxona to„lovlarini undirish;

  • bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonun hujjatlari buzilishlarining, shu jumladan, kontrabandaning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo„yish;

  • tashqi savdo operatsiyalarining monitoringini amalga oshirish, eksport-import shartnomalarining ijrosini tahlil qilish, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalarining bojxona organlariga taalluqli qismini o„tkazishda valyuta to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya etish;

  • tovarlarning tashqi savdosiga doir bojxona statistikasini hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish;

  • fuqarolarning bojxona sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

-xavfni boshqarish tizimi qo„llanilishi samaradorligining muntazam monitoringini amalga oshirish;

-bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va nazoratning texnik vositalarini qo„llash;

  • bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo„nalishlarini ishlab chiqish;

  • O„zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga taalluqli qismidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta‟minlash.

Bojxona organlari faoliyatining asosiy tamoyillari qonuniylik, yagonalik, ochiqlik va shaffoflik, jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilishdan iboratdir.

EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvi ishlari bojxona organlarining qonuniy huquqlari doirasida bajaradigan funksiyalari quyidagi rasmda keltirilgan.

1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   142


написать администратору сайта