Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница69 из 142
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   142

Nazorat uchun savollar:


  1. EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvi asosidagi bojxona to„lovlari qanday tartibda amalga oshiriladi?

  2. EIHlarda tovarlarga nisbatan bojxona to„lovlari qanday turdagi tovarlarga nisbatan qo„llaniladi?

  3. EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvi asosidagi bojxona to„lovlarini amalga oshirishda qanday tartib va shartlarga amal qilinishi lozim bo„ladi?

  4. Tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda nimalarga asoslaniladi?

  5. Bojxona infratuzilmasi deganda nimani tushunasiz?

  6. Bojxona to„lovlari turlarini aniqlashda qanday to„lov turlari mavjud?



    1. Bojxona ombori va unda bojxona rejimi



O„zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 14-bobi bojxona ombori bojxona rejimiga bag„ishlangan. Mazkur bob 90-99-moddalarni o„z ichiga oladi.

Bojxona ombori bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan va bojxona hududidan olib chiqish uchun mo„ljallangan tovar bojxona bojlari, soliqlar to„lanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qo„llanilmagan holda muayyan binolarda (joylarda) bojxona nazorati ostida saqlanadi.

Bojxona ombori bojxona rejimiga har qanday tovar, shu jumladan, ilgari boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar joylashtiriladi, quyidagilar bundan mustasno:

  • bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar;

  • bojxona hududidan olib chiqilishi taqiqlangan O„zbekiston tovari;

  • qonun hujjatlariga muvofiq bojxona hududi orqali tranzit qilinishi taqiqlangan

tovar;

  • bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish uchun ma‟lum qilingan kundagi yaroqlilik muddati ushbu Kodeksning 94-moddasiga muvofiq ma‟lum qilinadigan muddatdan kam bo„lgan dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari.

Bojxona ombori bojxona rejimida turgan tovarni saqlash bojxona omborida amalga oshirilishi kerak.

Vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida turgan tovar ushbu rejimlarning amal qilishini to„xtatib turish maqsadida bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin.

Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.

Olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan tovar bojxona ombori hisoblanmaydigan joyda turgani holda bojxona ombori bojxona rejimiga quyidagi hollarda vakolatli shaxsning arizasiga ko„ra joylashtiriladi:

  • tovar o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„lib, uning tashqi o„lchamlari, fizik ko„rsatkichlari tufayli yoki kimyoviy xossalariga ko„ra yohud saqlanishiga doir alohida shartlar qo„yilishi tufayli bojxona omboriga joylashtirilishi mumkin bo„lmasa;

  • tovar yetkazib beriladigan joyda bojxona ombori mavjud bo„lmasa.

Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda saqlanayotganda quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim:

  • bojxona to„lovlari to„lanishini ta‟minlash taqdim etilganligi;

  • tovar bilan bog„liq yuk operatsiyalarini bajarishga, shuningdek, uni istalgan boshqa joyga ko„chirishga bojxona nazorati ostida yo„l qo„yilishi;

  • bojxona ombori bojxona rejimida turgan davrida tovarni undan foydalanish va uni tasarruf etish uchun boshqa shaxslarga o„tkazishga yo„l qo„yilmasligi.

Ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan shartlarga rioya etish harbiy yuklarga, insonparvarlik yordami, texnik ko„mak sifatida olib kiriladigan tovarlarga hamda O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo„yicha xalqaro va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarz (kredit) mablag„lari, grantlar hisobidan olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek, olib kirilayotgan O„zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga, chet el valyutasiga nisbatan tadbiq etilmaydi.

Tovar tegishli bojxona rejimiga joylashtirilmagan holda yo„qotilgan yoki boshqa shaxslarga berib yuborilgan taqdirda bojxona to„lovlarini to„lash olib kirilayotgan tovar bojxona ombori hisoblanmaydigan joyda turavergani holda uni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

Tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati uch yilni tashkil etadi.

Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs mazkur bojxona rejimini uning amal qilish muddati ushbu Kodeksning 98-moddasiga muvofiq tugaguniga qadar tugallash huquqiga ega.

Yaroqlilik, saqlash, ishlatish va (yoki) realizatsiya qilish muddati cheklangan tovar mazkur muddat tugaguniga qadar kamida bir yuz sakson kalendar kundan kechiktirmay boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun ma‟lum qilinishi va bojxona omboridan olib chiqilishi kerak.

Vakolatli shaxslar bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan bojxona organini xabardor qilgan holda quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:

  • tovarning o„zgarmas holatda but saqlanishini ta‟minlash uchun zarur operatsiyalarni bajarish;

  • tovarni tekshirish, ko„zdan kechirish va o„lchash;

  • bojxona ombori ichida tovarning joyini o„zgartirish, basharti mazkur o„zgartirish tovarning holati o„zgarishiga, uning o„rov-idishi buzilishiga va (yoki) qo„yilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarining o„zgarishiga olib kelmasa;

  • tadqiq etish va identifikatsiyalash uchun tovarning namunalari va nusxalarini olish;

  • tovarni sotishga va tashishga tayyorlash uchun zarur operatsiyalarni bajarish, shu jumladan, turkumlarga bo„lish, jo„natmalarni shakllantirish, saralash, o„rash- joylash, qayta o„rash-joylash, tamg„alash (aksiz markalari bundan mustasno), boshqa shu kabi operatsiyalarni, shu jumladan, oddiy yig„ish operatsiyalarini bajarish;

  • tovarning sifatini yaxshilash uchun zarur boshqa operatsiyalarni bajarish, bundan tovarni aralashtirish, qayta ishlash yoki unga ishlov berish mustasno.

Agar ushbu moddaning birinchi qismida ko„rsatilgan operatsiyalar va harakatlarning bajarilishi tovarning yo„qotilishiga yoki xossalarining o„zgarishiga olib kelsa, ushbu operatsiyalar va harakatlarni amalga oshirishga yo„l qo„yilmaydi.

Tovarning namunalari va nusxalariga nisbatan ular erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganida bo„lgani kabi bojxona to„lovlari to„lanishi yoki bunday to„lovlarni to„lash ta‟minlanishi zarur, bundan tovarni keyinchalik boshqa bojxona rejimiga joylashtirishda namunalar va nusxalarning bojxona yuk deklaratsiyasiga kiritilish hollari mustasno.

Bojxona ombori bojxona rejimida turgan tovarni ushbu Kodeks 94-moddasining birinchi qismida ko„rsatilgan muddatlar tugaguniga qadar bojxona nazorati ostida bir bojxona omboridan boshqasiga olib o„tishga yo„l qo„yiladi. Bunda tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turishi muddatining o„tishi uzilibqolmaydi va to„xtatib turilmaydi.

Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga o„tkazishga, unga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berishga quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yo„l qo„yiladi:

  • tovarni yoki unga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga o„tkazuvchi vakolatli shaxs bojxona organini oldindan yozma shaklda xabardor etadi;

  • tovarga bo„lgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs ushbu tovarga nisbatan tanlangan bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etgan holda bojxona deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etadi.

Vakolatli shaxsning tovarga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqi bojxona deklaratsiyasi bojxona organiga berilgan paytdan e‟tiboran boshqa shaxsga o„tkazilgan deb hisoblanadi. Bojxona deklaratsiyasi berilgan paytda mazkur shaxsda bojxona rejimiga rioya etilishini ta‟minlash bilan bog„liq bo„lgan majburiyatlar yuzaga keladi.

Bojxona ombori bojxona rejimida turgan davrda avariya yoki engib bo„lmas

kuch ta‟siri oqibatida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovar vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga u shu holatda bojxona hududiga olib kirilgan tovar kabi joylashtirilishi lozim. Mazkur olatlar vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun ma‟lum qilinishi kerak, bundan vaqtincha saqlash bojxona rejimi mustasno.

Boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan e‟tiboran uch ish kuni ichida tovar bojxona omboridan olib chiqilishi kerak.

Ilgari vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida turgan tovarni undan keyinchalik bojxona hududida ushbu bojxona rejimiga muvofiq foydalanish maqsadida bojxona omboridan olib chiqishda vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash muddatining o„tishi tiklanadi.

Ushbu Kodeks 98-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talabga rioya etilmagan taqdirda, bojxona organi bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati tugagan tovarga nisbatan qaror qabul qilinishi uchun sudga murojaat etadi.


EIHlarga olb koroladogan xomashyo, materiallar, eksport qilinadigan tovarlar uchun QQSni hisoblashning o„ziga xos talablari mavjud. Uni bilish muhin ahamiyatga ega. O„z navbatida, QQSning tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishdagi o„rni kata bo„lib, uni quyidagi rasmda ko„rish mumkin.
6.7-rasm. Qo„shilgan qiymat solig„ining tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishdagi o„rni

EIHlarda tovar va xomashyolar bilan bog„liq tashqi operatsiyalarni amalga oshirishda ularga nisbatan aksiya solig„i belgilangan tartibda hisoblanadi va Davlat budjetiga undiriladi. Aksiz solig„ining qiymatini hisoblash asosida xarid qilinayotgan

tovar va xomashyolarning haqiqiy qiymatini aniqlash mumkin. Bo„ladi. Bu esa aniqlangan qiymatning tadbirkorlar va iste‟molchilar uchun ahamiyati juda muhim. Shunga ko„ra, tovar va xomashyolarning aksiz solig„ining qiymatini hisoblash usullari bilish maqsadga muvofiqdir (6.9-rasm).


Aksiz solig„ini stavkasi 100 foiz va undan ortiq bo‟lgan tovarlardan undiriladigan aksiz solig„ini hisoblash:

Alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig„ini hisoblash:

1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   142


написать администратору сайта