Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
BOJXONA INFRATUZIL MASIBojxona omborlari Bojxona maskanlari Terminal lar Kinologiya markazi 6.5-rasm. Bojxona infratuzilmasiBojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun javobgarlik tovarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirgan shaxsning zimmasida bo„ladi. Tovarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs ularni transport vositalari tashib keltirish xarajatlarini hisobga olgan holda tovar qiymatini hisoblab chiqishi zarur. Agarda tegishli bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar transport vositasining o„zi bo„lgan taqdirda ularning bojxona qiymatini quyidagi hisoblash usullari yordamida aniqlash mumkin (6.6-rasm). 6.6-rasm. Transport vositalarini bojxona qiymatini hisoblash usullari Bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun javobgarlik tovarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirgan shaxsning zimmasida bo„ladi. Vaqtincha saqlash, bojxona ombori yoki erkin ombor bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar bojxona nazoratini chetlab berilgan yoki yo„qotilgan taqdirda javobgarlik: agar tovar bojxona omborida turgan bo„lsa, bojxona ombori egasining; agar tovar bojxona ombori bo„lmagan omborlarda va boshqa joylarda turgan bo„lsa, tovarlarni mazkur joylarga bojxona ombori rejimiga joylashtirgan shaxsning; agar tovar erkin omborda turgan bo„lsa, erkin ombor egasining zimmasida bo„ladi. Bojxona tranziti bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun tashuvchi javobgar bo„ladi. Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun boj olinmaydigan savdo do„konining egasi javobgar bo„ladi. Tayanch iboralar:Bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona chegarasi, bojxona nazorati, xavfni boshqarish, tovar, savdo, erkin iqtisodiy hududlar, bojxona rejimi, bojxona to„lovlari, bojxona hududi, bojxona ombori. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilishi natijasida import (eksport) qilingan tovarlarga nisbatan bojxona to„lovlari amalga oshiriladi. Bojxona to„lovi bojxona qiymati asosida amalga oshirilib, bu qiymat tovarga nisbatan davlat bojxona hududida shartli ravishda hisoblanadigan barcha to„lovlarni o„z ichiga oladi. Tovarlarga nisbatan bojxona to„lovlari bojxona organlari tomonidan hisoblab chiqilgan tovar bojxon qiymati asosida amalga oshiriladi va bu to„lovlarni amalga oshirish va uning rasmiylashtiruvi bojxona rejimiga muvofiq tarzda bajariladi. Bojxona to„lovlari amalga oshirilishini bajxona rasmiylashtiruvidan o„tkazishning bir qancha turlari mavjud va ular bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarga nisbatan tadbiq etiladi. EIHarda bojxona rasmiylashtiruvi bojxona nazorati ostidan o„tkazilgan, xavfni boshqarish tizimi qo„llanilgan hamda qat‟iy bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. Bunda Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan taqiqlar va cheklovlarni belgilashga haqli emas. |