Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница56 из 142
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   142

Tayanch iboralar:


Logistika infratuzilmasi, erkin iqtisodiy hududlar, tarmoq, modernizatsiya, diversiyikatsiya, iqtisodiyot, transport, investitsiya, transport koridori, tovar.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. Infratuzilma transport, aloqa, ombor xo„jaligi, yo„l xo„jaligi, suv va energetika ta‟minoti kabilarni o„z tarkibiga oladi. Mamlakatimizda tarkibiy o„zgartish va modernizatsiya ishlari davom etar ekan, avvalo, bu borada ishlab chiqarishning uzluksiz faoliyat olib borishini ta‟minlashda ishlab chiqarish infratuzilmasining roli muhim.

  2. Infratuzilma tarmoqlari juda keng bo„lib, ularni bir necha guruhlarga ajratish mumkin. Logistika infratuzilmasi shular orasida eng muhimlaridan sanalib, u EIHlar rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Logistika infratuzilmasi iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshiruvchi, logistika faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo„ladigan bino-inshoot, transport tizimlari, ishlab chiqarish obyektlari, yuk tashuvlari, omborxonalar majmuasidir. U logistika markazlari orqali maqsadli shakllantiriladi va samarali xizmat ko„rsatadi.

  3. Bugungi kunda O„zbekistonda qulay logistika-transport infratuzilmasi shakllangan bo„lib, uning xalqaro andozalar asosida takomillashuvi va sifatli xizmat ko„rsatishini ta‟minlash borasida huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy jihatdan ko„plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.



Nazorat uchun savollar:


  1. Infratuzilmasi so„zining ma‟nosi nimani anglatadi?

  2. Logistika infratuzilmasi mazmunini tushuntirib bering.

  3. Infratuzilmani qanday gurhlarga ajratish mumkin?

  4. EIHlar rivojida logistika infratuzilmasining o„rni va ahamiyati nimalardan iborat?

  5. Logistika markazlari deganda nimalarni tushunasiz va bugungi kunda ularning logistika infratuzilmasi samaradorligini oshirishdagi ahamiyati nimalarga namoyon bo„lmoqda?

  6. Bugungi kunda O„zbekistonda transport logistikasi qanday shakllanganligini

izohlang.

    1. O„zbekistonda logistika markazlarini tashkil etish



Bugungi kunda O„zbekiston logistika markazlarini tashkil etishga ham alohida e‟tibor qaratilmoqda. Buning natijasida mamlakatimizda bir nechta logistika markazlari, firmalari faoliyati yo„lga qo„yildi. Bu masalada qаbul qilinayotgan meyo„riy hujjatlar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, mamlakatimiz Prezidentining 2012-yil 13-apreldagi maxsus PF- 4436 sonli maxsus qarori bilan “Angren” maxsus industrial zonasi barpo etildi. Angren” maxsus industrial zonasining barpo etilishi O„zbekistonda logistikaning rivojlanishining yana bir bosichini boshlab berdi. Uning asosiy vazifalaridan biri sifatida “transport, muhandislik kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hamda samarali foydalanish, “Angren” logistika markazi salohiyatini, yuklarning avtomobil va konteynerlarda tashish borasida yaratilagan tizimni yanada rivojlantirish hamda ulardan keng ko„lamda foydalanishni ta‟minlash” kabi muxim staregik maqsadlar belgilandi.

O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 26-fevraldagi “Namangan viloyatida multimodal logistika markazini va uning faoliyatini tashkil etish to„g„risida”gi 56-sonli Qarorining qabul qilinganligini ham bunga misol sifatida keltirish mumkin.

O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 26-fevraldagi “Namangan viloyatida multimodal logistika markazini va uning faoliyatini tashkil etish to„g„risida”gi 56-sonli Qarori Farg„ona vodiysining transport-logistika infratuzilmasini zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyati subyektlari o„rtasidagi kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish, yuk tashishlar hajmlarini ko„paytirish hamda yuklarni o„z vaqtida va uzluksiz yetkazib berish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mintaqaning temir yo„l infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida qabul qilindi.

Ushbu qaror:

  1. O„zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda “O„zbekiston temir yo„llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining:

  • “O„zbekiston temir yo„llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzurida “Pop logistika markazi” unitar korxonasining multimodal logistika markazini tashkil etish, yuklarni ishlash hajmlarini yiliga 4,0 mln. tonnagacha etkazish;

  • transportning har xil turlari bilan tashishning o„zaro bog„liq jarayonini, shu jumladan, “Qamchiq” dovoni orqali yuklarni tashish uchun “Angren logistika markazi” aksiyadorlik jamiyatining avtotransport vositalari parkidan samarali foydalanish asosida tashkil etish to„g„risidagi takliflari asosida qabul qilindi.

Shtsningdek, Qaror asosida quyidagilar “Pop logistika markazi” unitar korxonasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo„nalishlari etib belgilandi:

  • Farg„ona mintaqaviy temir yo„l bog„lanmasining ixtisoslashtirilgan stantsiyalaridan foydalanib, “Angren logistika markazi” aksiyadorlik jamiyati bilan

o„zaro to„liq bog„liq holda Farg„ona vodiysi hududida yuklarni yetkazib berishning yagona multimodal sxemasini ta‟minlash;

  • transport-logistika va transport-ekspeditsiya xizmatlari ko„rsatish, shuningdek, yuklarni tashishning maqbul sxemalarini (maqbul logistika tizimlarini) ishlab chiqish bo„yicha tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ehtiyojlarini qondirish uchun samarali logistika tarmog„ini shakllantirish.

Qarorga muvofiq “Pop” multimodal logistika markazi infratuzilmasini barpo etish chora-tadbirlari kompleksi tasdiqlandi va u quyidagi jadvalda o„z aksini topgan.


1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   142


написать администратору сайта