Главная страница
Навигация по странице:

  • Soliq imtiyozlari

  • Moliyaviy imtiyozlar

  • Ma’muriy imtiyozlar

  • (birlamchi)

  • (ikkilamchi)

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница45 из 142
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   142

    4.4-rasm. EIHlarda qo„llaniladigan imtiyoz turlari





    1. Bojxona (tashqi savdo) imtiyozlari bo„lib EIH maydonida mahsus bojxona tartibini (eksport import bojini kamaytirish yoki yo„q qilish) joriy etish va tashqi savdo operatsiyalarini soddalashtirilgan tartibini qo„llash.

    2. Soliq imtiyozlari tadbirkorlarning belgilangan yunalishdagi faoliyati va aniq belgilangan ishlab chiqarish turlari bilan bog„liq soliq rag„batlantiruvi normalarini o„z ichiga oladi. Bu imtiyozlar soliq ta‟tillarini (besh yildan yigirma yilgacha), QQS solig„ini to„lashdan ozod etish, mahalliy soliqlardan ozod etish, foyda, ko„chmas mulk, mulk soliqlari, chet ellik xodimlarning daromadlaridan olinadigan soliqlar, foydani chet elga o„tkazishga to„lanadigan soliqlardan to„la yoki qisman ozod etilishini o„z ichiga oladi. Ayrim hollarda chet ellik investorlar uchun boshqa imtiyozlar ham ko„zda tutiladi, masalan investitsion ssudalar va investitsion dotatsiyalar. Investitsion ssudalar asosiy fondlarga nisbatan daromad solig„idan qo„shimcha chegirmalar ( 10-50%)dan iborat bo„lib, imtiyozli davr tugagandan keyin tadbiq qilinadi. Investitsion dotatsiya – yangi investorlarga qaytarib olmaslik sharti bilan beriladigan pul subsidiyalaridir. Bu subsidiyalar kapital qo„yilmalar hajmiga bog„liq bo„lib, odatda moliyaviy imkoniyatlari chegaralangan va past rentabelli korxonalarga beriladi.

    3. Moliyaviy imtiyozlar o„z ichiga turli shakldagi subsidiyalarni oladi. Masalan, kamunal xizmatlarga pastrok tariflar, yer uchastkalari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishda ijara haqidan chegirma, imtiyozli kreditlar va hokazo. Bundan tashqari ko„pgina EIHlar muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatayotgan mamlakatlarda faqatgina erning imtiyozli ijarasi emas balki chet elliklarga erkin sotilishi ham qo„llaniladi. Chet elliklar tomonidan bu qabul qiluvchi tomonning jiddiy kizikishining na‟munasi sifatida qabul qilinadi. Bu chet el investorlari uchun muhim imtiyoz sifatida karaladi.

    4. Ma’muriy imtiyozlar hudud ma‟muriyati tomonidan korxonalarni ro„yxatdan o„tkazish, chet el fukarolarini kirib-chiqish tartibini soddalashtirish va korxonalarga

    turli xil xizmatlarni ko„rsatish maqsadida beriladi. MIHlar tuzilgan ko„pchilik mamlakatlarda investorlarga “bir joyda” yoki “24 soat mobaynida” xizmat ko„rsatish turlari joriy etilgan bo„lib , bunda ruxsatnoma va litsenziyalar berish masalalari bir joyning o„zida tez hal qilinadi49.

    Yuqorida ko„rsatilgan imtiyozlar u yoki bu EIHning faoliyat sharoitlaridan kelib chiqqan holda turli kombinatsiyalarda qo„llaniladi. Shu bilan birga har bir tur hududga mos keluvchi imtiyoz va rag„batlarning standart jamlamasi ham mavjud.


    Mavjud amaliyoyotdan kelib chiqib, EIHlarda taqdim etiladigan imtiyozlarni tabaqalashtirilgan holda qo„llash ko„rinishini quyidagi 4.5-rasm orqali ham ifodalash mumkin. Ushbu rasmda EIHlarning mavjud tasnifiga ko„ra ularda qo„llaniladigan imtiyozlar turlari alohida guruhlarga, ya‟ni birlamchi va ikkilamchi imtiyozlar guruhiga ajratilgan holda keltirilgan.

















    EIHda asosiy (birlamchi) imtiyoz turlari

































    EIHda qo‟shimcha (ikkilamchi) imtiyoz














    4.5-rasm. Erkin iqtisodiy hududlarda imtiyozlarni tabaqalashtirilgan holda qo„llash50




    49 Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. B. 32-33.

    50 Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi

    EIHlarda eksport va import faoliyati bilan shug„ullanish amaliyotining mavjudligi ularga bog„liq imtiyozlarni ham joriy etish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shunga ko„ra, mazkur maqsadlarda tashkil etilgan EIHlardagi imtiyozlarni quyidagi 4.4-jadval orqali ifodalash mumkin.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   142


    написать администратору сайта