Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница41 из 142
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   142

Tayanch iboralar:


Investitsiya muhiti, huquqiy asos, xorijiy investitsiya, to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiya, kafolat, investitsion faoliyat, investor.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. Mamlakatimizda bugungi kunda EIHlarga investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoit, qonuniy huquq va kafolatlarni o„zida mujassam etgan zaruriy huquqiy asoslar yaratilgan. Ushbu huquqiy asos mamlakatimizning EIHdan tashqaridagi huquqiy asoslardan ajratilmaydi, aksincha, yanada qulayroq imkoniyatlarni taqdim etadi. Shunga ko„ra, xorijiy investorlar xalqaro huquq tamoyillari bo„yicha va O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq qonunlarda belgilangan huquqlarga ega.

  2. Milliy iqtisodiyoga to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uning diversifikatsiyasi, raqobatbardoshligi va faol o„sishini ta‟minlashda muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan EIHlarga TTXIlarni keng jalb etishga ustuvor ahamiyat berilgan.

  3. Milliy iqtisodiyot va EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda xalqaro me‟yorlarga amal qilinadi va bu, o„z navbatida, investitsiya faoliyati uchun yaratilgan huquqiy asoslarning xorijiy investorlar uchun ahamiyatini yanada oshiradi. Biroq, har bir davlatdagi singari O„zbekiston Respublikasida ham yaratilgan huquqiy asoslarda davlatning milliy, iqtisodiy, siyosiy, xalqaro va boshqa manfaatlari, xavfsizligi hamda uni ta‟minlash va himoyalash bilan bog„liq maqsadlaridan kelib chiqib o„ziga xos jihatlar, shart-sharoitlar inobatga olinadi.



Nazorat uchun savollar:


  1. EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda huquqiy asoslarni yaratishning zarurligi nimada?

  2. Investitsiyalarni jalb etishning huquqiy-me‟yoriy asoslari qanday tarkibga

ega?

  1. TTXIlarni jalb etish tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda qanday

ahamiyatga ega?

  1. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda qaysi qonun hujjati asos bo„lib xizmat qiladi?

  2. O„zbekistonda investitsiya faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari qaysi qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi?

  3. O„zbekistonda xorijiy investorlarga qanday kafolatlar berilgan?



    1. Investitsiya muhitini baholashning xorij tajribalari tahlili



Investitsion muhitga baho berishda turli davlatlarda turlicha yondashuvlar qo„llaniladi va bu baholash uslublari bir-biridan farq qilib, odatda, chet elda makroiqtisodiy sohaga nisbatan baho ishlatiladi.

Masalan, Yaponiyada investitsion muhitning bayoniy tavsifi berilib, miqdoriy baho qo„llanilmaydi.

AQShda investitsiya muhiti to„rtta birlashtirilgan ko„rsatkich asosida aniqlanadi

va reyting natijalari har yili “Yillik statistik karta”da e‟lon qilinadi: ishbilarmonlik faolligi; xo„jalik tizimi rivoji salohiyati; investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi; samarali soliq siyosati.

Jahon banki yondashuviga ko„ra, mamlakat investitsiya muhitiga ta‟sir qiluvchi omillar quyidagilardan iborat, deb hisoblanadi:

  • iqtisodiy siyosat va huquqiy-me‟yoriy amaliyotning noaniqligi;

  • korrupsiya darajasi;

  • sud tizimining sifati;

  • jinoyatchilik darajasi;

  • “soliq yuki” va soliqqa tortish tizimini huquqiy jihatdan tartibga solish tizimi;

  • moliya resurslarini olish imkoniyati va moliyalashtirish qiymati;

  • elektr bilan ta‟minlanganlik darajasi va sifati;

  • ishchilar malaka darajasi va mehnat qonunchiligining sifati.

Uchinchi variant umume‟tirof etilgan variant hisoblanib, mamlakat investitsion muhitini tavsiflashning mukammal ko„rinishidir. U qo„yidagi imkoniyatlarni beradi:

    • mintaqalararo iqtisodiy tuzilmalarning investitsion shart-sharoitlari o„rtasidagi o„xshashlik, farqi va o„ziga xosligini aniqlash;

    • mamlakat investitsion siyosatida u yoki bu mintaqaning o„sib borayotgan ahamiyatini e‟tiborga olish; subyektivizmni kamaytirish, axborotni yig„ish, qayta ishlash, uzatish jarayonini soddalashtirish, turli iqtisodiy darajalardagi investitsion muhitni yaxshilash bo„yicha muayyan tavsiyalar berish.

Mamlakat investitsiya muhitini baholashda yana xalqaro kredit reytinglaridan ham foydalaniladi. Ular jahondagi o„n bir obro„li agentlik tomonidan ishlab chiqiladi. Ulardan beshtasi – Amerika, uchtasi – Yaponiya, ikkitasi – Kanada va bittasi Angliya agentliklaridir. Bunda bozorning 90% ikki yirik va mashhur amerika kompaniyalariga tegishlidir – Standart and Poor‟s, Investor Service va Moody‟s Investor Service.

Mamlakatning reytingi yuqori yoki pastligi albatta ahamiyat kasb etadi. Lekin, shu reytingga kirishning o„zi ham investorlarda ushbu mamlakatga nisbatan u yoki bu darajada ishonch uyg„otadi.

Rivojlangan ko„pgina mamlakatlarda maxsus investitsiya loyihalarini baholaydigan, investitsiyalar qo„yilishiga talab bo„lgan davlatlarni investitsiya muhitini o„rganadigan va aniq xulosalarni investorlar uchun beradigan firmalar, tashkilotlar mavjuddir. Masalan: Shveysariya, Germaniya kabi qator mamlakatlarning nufuzli axborot xizmatlari davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy xolatini baholash uchun har biri 0 – qoniqarsiz va 4 – o„ta qulaygacha bo„lgan balli shkala bo„yicha baholanadigan 15 ta muhim ko„rsatkichni hisobga oladigan “BERI” (business environment risk index)ni qo„llaydi.

Mazkur usulning mohiyati shundaki, obro„li ekspertlarni tanlash asosida va ularga 5 balli (0 dan 4 ballgacha) shkalada 15 ta asosiy mezonlar bo„yicha mamlakat riskini baholash taklif etiladi. Ushbu usulda baholash mezonlari va ularning qiymatlari quyidagilardan iborat (4.2-jadval).
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   142


написать администратору сайта