Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница40 из 142
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   142

4.3-rasm. To„g„ridan-to„g„ri chet el investitsiyalariga qulay sharoit yaratish



O„zbekiston hududi va EIHlariga sarmoya kirituvchi chet ellik investorlar





48 O„zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-apreldagi “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Qonuni, 1-modda. // www.lex.uz.

xalqaro huquq tamoyillari bo„yicha va O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:

  • investitsiyalshni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo„nalishlarini mustaqil belgilash;

  • investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;

  • o„zining investitsiyalar va investitsiya natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. Chet ellik investorning qororiga binoan investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlar boshqa shaxsga berilganda taraflarning o„zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi;

  • O„zbekiston Respublikasi investitsiyalash natijasida olingan o„ziga qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va O„zbekiston Respublikasida patentlashtirish to„g„risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish;

  • investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin tasarruf etish (shu jumladan, uning moneliksiz repatriatsiya qilish);

  • O„zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag„larini jalb etish;

  • o„z hisobvarag„idagi milliy valyuta mablag„laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda va shartlarda er uchastkalarida doir huquqlarni sotib olish;

  • O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o„ziga mulk huquqi asosida qarashli bo„lgan mol-mulk va har qanday huquqlardan zimmaga olgan majburiyatlarning, shu jumladan, qarz mablag„larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning barcha turlari bo„yicha ta‟minot sifatida foydalanish;

  • o„z investitsiyalari va boshqa aktivlar rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda tovon olish;

  • davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining g„ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirib olish.

Chet ellik investor O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarga ham egadir.

EIHlarning samarali faoliyat ko„rsatishiga ta‟sir etuvchi muhim omillardan biri

  • bu hududlarning istiqbolini belgilash va samaradorligini aniqlash, shuningdek, nazorat qilishning huquqiy asoslarini belgilashdan iboratdir. Jahon tajribasidan ma‟lumki, huquqiy asoslarni to„laligicha ishlab chiqmasdan turib, hech bir erkin iqtisodiy zona yetarli darajada samarali faoliyat ko„rsata olmaydi. Shuning uchun ham huquqiy tartib-qoidalarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish erkin iqtisodiy hududdagi xo„jalik subyektlari uchun ham, chet el investorlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   142


написать администратору сайта