Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница39 из 142
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   142

Erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb etish uchun yaratiladigan investitsiya muhitining huquqiy-me‟yoriy asoslari



Mamlakat EIHlariga investitsiyalarni jalb etishda yaratilgan qulay investitsiya muhitining huquqiy asoslari amaldagi qonunchilik tizimi asosida barpo etilgan huquqiy-me‟yoriy bazadan iborat bo„ladi.

Investitsiya muhitining huquqiy-me‟yoriy bazasi quyidagilardan tashkil topadi:

      1. Bevosita huquqiy asosni tashkil etuvchi.

      2. Bilvosita huquqiy asosni tashkil etuvchi.

      3. Bevosita me‟yoriy asosni tashkil etuvchi.

      4. Bilvosita me‟yoriy asosni tashkil etuvchi.

      5. Xalqaro norma, standart va konvensiyalarning amal qilishini tasdiqlovchi huquqiy asos.

Mamlakatda mavjud o„rnatilgan tartibga qarab xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qanday huquqiy muhit yaratilganligiga baho berish mumkin.

Mamlakatda qabul qilingan har bir qonun qulay investitsiya muhiti yaratilishiga o„ziga xos tarzda (amal qilish sohasi, ishlash mexanizmi, tartibga solish tizimi

doirasida) o„z ta‟sirini ko„rsatadi.

Ikkilamchi mavqedagi qonun hujjatlari bilvosita ta‟sir ko„rsatishdagi ahamiyati bilan ajralib turadi.

Mamlakatda investitsion munosabatlarni amalga oshirish va uning huquqiy tizimini tashkil etuvchi muayyan huquqiy asoslar yaratilgan. Jumladan, O„zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to„g„risida”gi, “Chet el investitsiyalari to„g„risida”gi yangi tahrirda, “Chet ellik investorlar huquqlarning kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to„g„risida”gi qonunlar qabul qilindi.

Bu qonunlarda investitsion munosabatlarga taalluqli barcha jarayonlarga va tushunchalarga aniqliklar kiritilgan. Investitsiya faoliyatining subyektlari va obyektlari, investitsion faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinish masalalari, xorijiy investorlarning huquq va burchlari, mol-mulk kafolatlari va imtiyozlari kabilar aniq belgilab berilgan.

Biroq, bu kabi mamlakatda investitsion faoliyatni rag„batlantiruvchi qonuniy- xuquqiy bazaning mavjudligi bozor munosabatlarining rivojlanganligini belgilamaydi. Bugungi kunda mamalakatda investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirmoq zarur. Davlat mazkur qonunlar doirasida investitsion faoliyatning turli subyektlari o„rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi. Boshqacha qilib aytganda, bu tartibning qanday o„rnatilganligiga qarab u yoki bu mamlakat xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qanday huquqiy muhit yaratilganligini aniqlab olish mumkin.

“Tashqi iqtisodiy faoliyat to„g„risida”gi Qonun respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy tamoyillari va tartiblarini belgilab beradi hamda tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining mulklarini, mulkchilikning qanday shaklida bo„lishidan qat‟iy nazar, manfaatlarini va huquqlarini xalqaro huquqning qabul qilingan umumiy me‟yorlariga muvofiq ravishda himoya qilishni ta‟minlaydi. Bu qonun O„zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga uyg„unlashishi uchun huquqiy asosni yaratadi.

O„zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to„g„risida”gi va “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to„g„risida”gi Qonunlari mamlakat hududida xorijiy investitsiyalarni amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy asoslarini yaratish, chet el sarmoyalari soliq tartiblarini belgilab beradi, xorijiy investorlarning samarali faoliyat ko„rsatishini kafolatlaydi va Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga ko„maklashish, uni jahon xo„jalik aloqalariga kiritish maqsadida chet el moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslarni jalb etishga va ulardan foydalanishga qaratilgan.

“Chet el investitsiyalari to„g„risida”gi Qonunning asosiy vazifalari – O„zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishga va uning xorijiy investitsiyalar oqimini rag„batlantirish yo„li bilan jahon xo„jalik tizimiga uyg„unlashuviga ko„maklashishdan, shuningdek, xorijiy moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa zahiralarni, zamonaviy texnologiyalarni va boshqaruv tajribalarini jalb qilish hamda ulardan oqilona foydalanishni yo„lga qo„yishdan iborat. Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investorlarning ma‟lum kategoriyalarini himoya qilish chora-tadbirlari va ularni kafolatlash bo„yicha kompleks chora-tadbirlar “Chet

ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Qonunning asosi bo„lib hisoblanadi.

Mazkur qonunning 3-moddasida, davlat boshqaruv idoralari va davlat hukumat organlari joylarda chet el investitsiyalarining O„zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshirilgan xo„jalik faoliyatlariga aralashish huquqiga ega emaslar, deb aytilgan.

Qulay investitsion muhitni yaratishda O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

O„zbekiston Respublikasi hukumati o„tish davrida davlat iqtisodiyoti uchun chet el investitsiyalari g„oyat muhim ekanligini anglagan holda, investitsion muhitini yaxshilash hamda chet ellik investorlar bilan munosabatlarda qonunchilikni takomillashtirish uchun barcha choralarni ko„rmoqda.

Mamlakatdagi mavjud investitsion qonunchilik tizimi:

  • iqtisodiyotimiizga chet el investitsiyalari kirib kelishini rag„batlantirish yo„li bilan mamlakatimizni rivojlantirish va uning jahon iqtisodiy tizimiga qo„shilishiga ko„maklashish;

  • xorij hamkorlarining moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslarini, zamonaviy, sifatli texnologiyalarini va boshqaruv tajribasini jalb etish hamda ulardan oqilona foydalanish;

  • chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish;

  • chet ellik investorlar va chet el investitsiyalarining ayrim toifalari uchun qo„shimcha kafolatlar berish shart-sharoitlarini va ularni himoyalashning huquqiy asoslarini yaratib bergan48.




1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   142


написать администратору сайта