Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница35 из 142
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   142

4.1-rasm. Investitsion muhit tarkibiy tuzilishi


Investitsion jozibadorlik investitsion salohiyat va investitsion risk darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir vaqtda ta‟sir etishi orqali aniqlanadi. Bu kabi ko„rsatkichlarga baho berish orqali investitsiyalarning maqsadga muvofiqliligi hamda jozibadorligi, investitsion risk darajasini aniqlash mumkin. Investitsion risk darajasi investitsion muhitga bevosita, to„g„ridan-to„g„ri bog„liqdir.


Investitsion salohiyat – bu mamlakatda asrlar davomida shakllangan omillar yig„indisi bo„lib, “obyektiv” omillar deb ataladi. Unga tabiiy resurs salohiyati, mehnat, ishlab chiqarish, innovatsion, iste‟mol, moliyaviy salohiyatlar kiradi.

4.2-rasm. Investitsion salohiyat turlari



Tabiiy resurslar salohiyati:

  • mineral resurslar (foydali qazilmalar);

  • iqlim sharoitlari;

  • mamlakatning geosiyosiy joylashuvi;

  • er, suv resurslari;

  • o„simlik va hayvonot dunyosi.

Mehnat salohiyati. Mehnat salohiyatiga iqtisodiy faol aholi soni, uning yosh tarkibi, joylashish zichligi, bilim darajasi, shuningdek, mehnatning o„rtacha qiymati kabilar kiradi. Odatda, xorijiy investorlarni malakali va arzon ishchi kuchiga ega hududlar qiziqtiradi.

Ishlab chiqarish salohiyati. Bu salohiyat mamlakatda yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari, ishlab chiqarish vositalari, iqtisodiyot tarkibi, sanoat, qazib chiqarish va qayta ishlovchi tarmoqlarning o„zaro nisbati, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan investitsion loyihalar miqdori, kichik biznesning rivojlanish darajasi va boshqalar bilan bog„liqdir.

Iste‟mol salohiyati. Iste‟mol salohiyatida investor tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning ichki bozorda sotilishi ko„rib chiqiladi. Bunda talab, raqobat va aholining daromad darajasi baholanadi.

Innovatsion salohiyat. Innovatsion salohiyat ilmiy yutuqlar, mamlakatdagi ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga xarajatlar, texnika va texnologiyalarni

yangilanish darajasi, yangilik va kashfiyotlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi.

Moliyaviy salohiyat. Moliyaviy salohiyat mamlakatning moliyaviy imkoniyatlari, iste‟mol va jamg„armaning nisbati, bank sohasidagi depozit va pul kredit siyosati, tashqi qarz, ichki zahiralar va boshqalar bilan xarakterlanadi.

O„zbekistonda qulay investitsiya muhitining yaratilishi natijasida:

  • iqtisodiyotga milliy va xorijiy investitsiyalar oqimining faollashuviga zamin yaratadi va uning samarali o„zlashtirish natijasi ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;

  • import o„rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo„lga qo„yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga yo„naltirish va pirovardida aholining me‟yordagi turmush darajasini ta‟minlash imkonini beradi;

  • kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va xususuiy sektorda investitsiyalar faolligini oshirish orqali o„sib aholini ish bilan ta‟minlash imkonini beradi;

  • korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;

  • tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko„maklashadi va milliy iqtisodiyotimizni qay darajada barqaror rivojlanayotganligi anglatuvchi quyidagi o„sish ko„rsatkichlari yuzaga keladi;

  • EIHlar orqali investitsiyalarning faol kirib kelishi rivojlanib boradi;

  • mamlakatning tashqi iqtisodiy, savdo, investitsion, innovatsion va boshqa yo„nalishdagi aoqalari rivojlanadi;

  • mamlakatning barqaror iqtisodiy o„sish, tashqi savdo balansini ta‟minlash, oltin-valyuta zahirasini ko„paytirish kabilar orqali raqobatbardoshliginini oshiradi va sh.k.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   142


написать администратору сайта