Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
ICOR = I / ∆YaIMbu erda, I – investitsiya o„sish darajasi (YaIM dagi salmog„i); ∆YaIM – yalpi ichki mahsulotning qo„shimcha o„sish darajasi. 4.3-jadval.O„zbekiston iqtisodiyoti uchun ICOR ko„rsatkichlari
4.3-jdval ma‟lumotlaridan ko„rinib turibdiki, so„nggi yillarga kelib ICOR koeffitsienti ko„rsatkichi nisbatan o„sib borgan, bu esa iqtisodiyotga jalb etilgan investitsiyalarning uning o„sish sur‟atiga ta‟siri samaradorligi nisbatan pasayganligini ko„rsatadi. Bu esa mazkur masazala jiddiy e‟tibor qaratilishi lozimligini taqozo etadi. Investitsiya muhitini baholash bo„yicha Umumjahon banki yondashuvi quyidagicha. Unga ko„ra mamlakat investitsiya muhitiga ta‟sir qiluvchi omillar quyidagilardan iborat, deb hisoblanadi: iqtisodiy siyosat va huquqiy-me‟yoriy amaliyotning noaniqligi; korrupsiya darajasi; sud tizimining sifati; jinoyatchilik darajasi; “soliq yuki” va soliqqa tortish tizimini huquqiy jihatdan tartibga solish tizimi; moliya resurslarini olish imkoniyati va moliyalashtirish qiymati; elektr bilan ta‟minlanganlik darajasi va sifati; ishchilar malaka darajasi va mehnat qonunchiligining sifati. Ushbu yondashuv investitsion jozibadorlikni ta‟minlashning institutsional omillariga alohida e‟tibor qaratilganligi bilan ajralib turadi. Jahon banki tomonidan tahdil etiladigan investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi omillar investitsiya riski bilan bog„liq. Ushbu uslubiyatga muvofiq mamlakatning investitsiya imkoniyatlari e‟tiborga olinmaydi. |