Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница32 из 142
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   142

Tayanch iboralar:


Erkin iqtisodiy hududlar, texnopark, texnopolis, ilmiy-texnik park, innovatsiya markazi, ilmiy park, ishlab chiqarish, texnologiya, sanoat.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. EIHlarning zamoanviy turlaridan bo„lgan texnik-tadbiq etish hududlari bugungi kunda bir qancha ko„rinishlarda tashkil etilib, faol rivojlanib bormoqda. Texnoparklar ular orasida eng keng tarqalgan hududlar sanalib, ular endilikda sanoati rivojlangan mamlakatlardan asta-sekinlik bilan rivojlanayotgan mamlakatlarga ham faol ko„chib bormoqda.

  2. Texnopark va texnopolislar venchur fondlar hisobidan moliyalashtirish xususiyatga ega bo„lib, ularda yuqori ilmiy-texnik salohiyatga ega mutaxassislar faoliyat ko„rsatadilar. Ularning mahsulotlari iqtisodiyotda ilmiy-texnik samaralarni oshirishga va energiya va resurstejamkor mahsulotlarini tadbiq etishga xizmat qiladi.

  3. Ilmiy parklarda iqtisodiy o„sish samarasini belgilovchi omil shundan iboratki, ularda infratuzilmaga qo„yilgan har bir so„m ishlab chiqarishga xususiy investitsiyalar hajmini bir qancha barobar (20 barobargacha) oshirishga imkon beradi, ishlab chiqarishni o„ziga qo„yilgan qo„yilmalar esa qo„shni sohalardagi talabning o„sishini faollashtiradi va park hududidan tashqarida bo„lgan ishlab chiqarish turlarini ham rivojlantiradi.

Nazorat uchun savollar:


  1. Texnik-tadbiq etish hududlari nima maqsadda tashkil etiladi va mazkur hududlarning tarmoqlararo munosabatlarni rivojlantirishdagi ahamiyati nimada?

  2. Texnik-tadbiq etish hududlari boshqa turdagi EIHlardan nimasi bilan farqlanadi?

  3. Texnik-tadbiq etish hududlari tarkibida bugungi kunda eng rivojlanganlari haqida nimalarni bilasiz?

  4. Tenopark va texnopolislarning xususiyatlari va ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?

  5. Innovatsiya markazlari qanday funksiyalarni bajaradi?

  6. Texnik-tadbiq etish hududlari mahsulotlari o„zining qanday afzalliklariga

ega?

    1. Xizmat ko„rsatuvchi hududlar va ularning xususiyatlari



Servic hududlari (xizmat ko„rsatuvchi hududlar). EIHlarning turli ko„rinishlari orasida ma‟lum bir xizmat turini ko„rsatishga bank, sug„urta, lizing, agrar, informatsion, turistik hududlar ham paydo bo„ldi. O„tgan asrning 1980-90 yillarida paydo bo„lgan bunday tor ixtisosolashgan hududlar EIHlarning to„rtinchiavlodi

sirasiga kiradi.

Bu guruh orasida turistik hududlar keng tarqaldi. Dunyo bo„ylab turistik xizmatlarga bo„lgan talabning o„sishi birinchi navbatda, ijtimoiy-iqtisodiy omillar (bo„sh vaqt va umumiy daromadning o„sishi, to„lanadigan mehnat ta‟tilining o„zayishi, pensiya ta‟minotining yetarli darajasi, bolalar soni kamayishi hisobiga oila tarkibida bo„layotgan o„zgarishlar va hokazo) bilan, hamda transport rivojlanishidagi yutuqlar uning arzonlashuvi va ommabopligi, valyuta cheklanmalarini olib tashlanishi yoki yengillashtirilishi, viza tartibini liberallashuvi bilan izohlanadi.

1990-yillarda faol tashkil qilina boshlangan turistik hududlar ham rivojlangan mamlakatlarda (Ispaniya, Partugaliya, Shvetsariya), ham rivojlanayotgan mamlakatlarda (Dominikan Respublikasi, Kolumbiya, Koreya Respublikasi, Chili va boshqalar) faoliyat ko„rsatmoqda. Odatda davlat bunday hududlarda zarur infrastrukturani yaratadi, mehmonxona va turistlar joylashadigan boshqa binolarni qurilishini moliyalashtiradi, hamda turistlarga xizmat ko„rsatish biznesida ishlayotgan mahalliy va chet el kompaniyalariga turli imtiyozlar beradi. Ko„pchilik mamlakatlar uchun xalqaro turizm, shu jumladan, EIHlar orqali tuzilganlari ham milliy iqtisodiyotning yirik sohasiga aylanadi, sezilarli valyuta tushumini ta‟minaydi, yangi ishchi o„rinlarini yaratib, tovar va xizmatlar eksportini oshiradi.

Informatsion xizmatlarni ko„rsatishga ixtisoslashgan hududlar ham muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatmoqda. Bunday hududlar Yamayka, Birlashgan Arab amirliklari va ba‟zi bir boshqa mamlakatlarda paydo bo„lgan. Masalan, Dubay shahrida “internet-siti” EIHdi tuzilgan bo„lib, u chet el kompaniyalariga imtiyozli shartlarda barcha faoliyat turlari haqida ma‟lumot olishga imkon beradi, transaktsion harajatlarni, barcha sohadagi to„siqlarni kamaytiradi. “Internet-siti”da ko„pgina yirik transmilliy korparatsiyalarning, shu jumladan, Germaniyaning “Simns” korporatsiyasining filiallari joylashgan. Borgan sari avvval Londondan ma‟lumot tarqatgan ommaviy axborot vositalari yangi “Mediya-siti” Dubay markaziga ko„chib o„tmoqda.

Informatsion xizmatlar sohasidagi yana bir EIH Yamaykadagi “Montego-bey” bo„lib, uning hududida markaziy Amerikadagi eng raqobatbardosh xalqaro tovush va elektron aloqa kanallariga ega bo„lgan teleport faoliyat yuritmoqda. Hudud matn taxrirlagich turidagi dasturlarni va turli telemarketing xizmatlarni eksport qiladi.

Xizmat ko„rsatuvchi EIHlarning alohida shakli offshor markazlari bo„lib, u erda ushbu hududda xo„jalik yuritmaydigan yuridik shaxslar (firmalar, banklar) registratsiyalashning yengillashtirilgan tartibidan va soliq imtiyozlaridan foydalanadilar. Offshor atamasi ingliz tilidan olingan bo„lib, “sohildan tashqarida”,“ochiq dengizda”degan ma‟noni anglatadi.

Offshor markazlarida, odatda, bank va sug„urta xizmatlari joylashib, ular orqali eksport-import operatsiyalari, ko„chmas mulk oldi-sotdisi, dengiz kemalarini oldi- sotdisi, trast va konsalting faoliyati amalga oshiriladi. Offshor markazlari chet el kompaniyalari va banklarini taqdim etilayotgan keng imtiyozlar hisobiga jalb etadi. Ular jumlasiga qulay valyuta-moliya qonunchiligi, soliqka tortishning imtiyozli xarakteri va rag„batlantiruvchi tashqi savdo qonunchiligi kiradi.

Turli ofshor hududlarda ro„yxatdan o„tish turli miqdordagi to„lovlarni tashkil

etadi:

- Beylizda - $900, shuningdek, mazkur davlat budjetiga har yili $950 to„lab turilishi lozim;

  • Buyue Britaniyada - $1250; har yillik soliq $1300 tashkil etadi;

  • - Panama - $1250; har yillik soliq $1350 tashkil etadi;

    • Kipr - $3000; har yillik soliq $3200 tashkil etadi;

    • Gongkong - $2100; har yillik soliq $2250 tashkil etadi;

  • BAA - $2900; har yillik soliq $3800 tashkil etadi;

  • Virgin orollari - $1250; har yillik soliq $1480 tashkil etadi.

2018 yilda eng yaxshi ofshor hududlari reytingi TOP-10 taligi:

  1. Shveytsariya.

  2. Gonkong.

  3. Delaver, SShA.

  4. Singapur.

  5. Kayman orollari.

  6. Lyuksemburg.

  7. Livan.

  8. Germaniya.

  9. Baxreyn.

  10. BAA.

Aksariyat offshor hududlar Karib havzasi hududlarida joylashgan. Shuningdek, ro„yxatga quyidagi offshor hududlarni ham mkiritish mumkin: Britaniya Virgin orollari, Angilya, Sent-Vinsent i Grenadina orollari, Kaymanova orollari, Terks i Kaykos, Dominika Ittifoqi, Bagama orollari, Aruba, Puerto-Riko, Sent-Kits i Nevis, Montserrat, Barbados, Virgin orollari (AQSh), Sent-Lyusiya, Bermud orollari, Niderlandiya Antil orollari, Grenada, Antigua i Barbuda. Eng avvalo, offshor hududlarda banklar, kompaniyalar, investitsion fondlar, trastlar, sug„urta kompaniyalari tashkil etiladi. Ayrim hollarda, tayyor offshorlarni (kompaniyalarni) sotib olishni uni “nol”dan ro„yxatdan o„tkazishdan afzal hisoblanadi.

Turli ofshor hududlarda soliq stavkalari turlicha belgilangan:

    • Buyuk Britaniyada 20%;

    • Daniyada 25%;

    • Niderlandiyada 25,5%.

    • Lixtenshteyn 12 %.

    • Barbados 1-2 %.

    • Mavrikiy maksimal stavka 3 %ga teng.

    • Vengriya 10 %.

    • Latviya 15 %.

    • Men orollari – 0-10 %. Chexiya –10-15 %.

    • Avstraliya – 30 %. Kanada 4-12%.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   142


написать администратору сайта