Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница33 из 142
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142

Tayanch iboralar:


Servis hududlar, offshor hududlar, turistik hududlar, soliq imtiyozlari, savdo,

bank hududlari, xalqaro tashkilotlar.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. Servis hududlarni tashkil etish va rivojlantirish jahon moliyaviy xizmatlar ko„rsatish bozorining jadal rivojlanib borishi natijasida yuzaga kelgan. Bunday hududlar turlarining ko„payishi tansmilliy va xolding kompaniyalari ehtiyojlaridan kelib chiqib yuzaga kela boshlagan.

  2. Bugungi kunda servis hududlari sifatida bank hududlari, sug„urta hududlari, offshor hududlar, turistik hududlar (markazlar) keng rivojlanib bormoqda. Buning natijasida jahon bozorida moliyaviy resurslarning ochiq va yashirin aylanishi harakati faollashuvi jadal tus olib bormoqda.

  3. Servis hududlarni tashkil etish va rivojlanib borishi natijasida offshor markazlarida dunyo mamlakatlari bank depozitlarining asosiy qismi to„planishi kuzatilmoqda. Bu esa rivojlanayotgan davlatlarda bunday hududlarni tashkil etishga bo„lgan munosabatning rivojlanishiga olib kelib, bugungi kunda jahondagi 300 dan ortiq ofshor markazlarining 70 %i rivojlanayotgan mamlakatlarda, qolgani esa sanoati rivojlangan mamlakatlarda to„plangan.



Nazorat uchun savollar:


  1. Servis hududlarni tashkil etish qaysi davrlardan boshlab amalga oshirila boshlangan?

  2. Offshor hududlarni tashkil etishdan maqsad nima?

  3. Servis hududlarning qaysi turlari dunyo bo„ylab keng tarqalgan va rivojlangan?

  4. Erkin bank xizmatlari hududi nima maqsadda tashkil etiladi?

  5. Erkin sug„urta xizmatlari hududi nima maqsadda tashkil etiladi?

  6. Turistik markazlarni tashkil etish va rivojlantirishning ahamiyatini tushuntirib bering.


    1. Kompleks hududlar va ularning xususiyatlari. Kompleks hududlar turlari: maxsus iqtisodiy hududlar, xalqaro erkin iqtisodiy hududlar


“Kompleks hududlar” tushunchasi yaqinda paydo bo„lganligiga qaramay jahon amaliyotida misli ko„rilmagan natijalarni namoyon etdi. Kompleks EIH xo„jalik yuritishning yangi shakllaridan biri bo„lib, jahon iqtisodiyotida 1980-yillarning o„rtalariga kelib esa keng ommalasha boshladi.

Amaliyotda bir funksiyani bajarishga ixtisoslashgan hudud mavjud emas. Eng ko„p tarqalgan hududlarga savdo, bojxona, sanoat, tadqiqot funksiyalarini bajaruvchi kompleks hududlar kiradi. Ular turli funksiyalarni bajaradilar va investorlarning turli xil iqtisodiy faoliyat bilan shug„ullanishlariga imkon beradilar. Shu sababli ularni tashkil etishda ustuvor funksiyalarni belgilab olish lozim. Aynan shu kabi hududlarda yangi ma‟muriy-hududiy birlik tashkil etilishi mumkin.

Biror-bir faoliyat turiga ixtisoslashgan EIHlar bilan birgalikda ko„p sohalarni

qamrab oluvchi hududlar ham keng tarqalgan. Kompleks EIHlarning boshqa turdagi hududlardan farqi shundaki, ularning hududdi ancha kattaroq, ishlab chiqarish kontsentratsiyasi yuqoriroq va faoliyat sohalari kengroq. Ularning funksiyasiga eksportga yo„naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish, moliya bozorini, sug„urtalashni, komunikatsiyalar, turizm va boshqalarni o„stirish vazifalari kiradi. EIHlarning rivojlanish mantiqidan kelib chiqib aytish mumkinki, kompleks hududlar EIHlarning eng zamonaviy shaklidir.

Kompleks hududlarga rivojlangan mamlakatlar tomonidan depressiyali hududlarda tuzilgan EIHlar, Xitoyning maxsus EIHi, Braziliyaning “Manaus hududi”, Argentinadagi “Olovli yer ” hududi misol bo„la oladi. O„tgan asrning 1990- yillarida kompleks hududlar Dominikan Respublikasida, Ispaniya va Koreya Respublikasida tuzila boshlandi. EIHlarning boshqa modellaridan farqli o„laroq kopleks hududlar o„zlarining alohida belgilari bilan ajralib turadilar va bir-biriga hech ham o„xshamaydi.

Masalan, Manaus erkin hududi unikal hududiy tuzilma bo„lib, jahon amaliyotida o„xshashi yo„qdir. 3,6 mln. m2 maydonda joylashgan ushbu hududning kopleks xarakteri asta-sekinlik bilan shakillandi. Asr boshida Manausda 600 ta yirik sanoat korxonalari, qayta ishlash sanoatining 30 ta sohasi (asosan, elektronika va elektro- texnika), ko„plab milliy savdo va sanoat firmalari hamda AQSh, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining yirik transmilliy korparatsiyalarining filiallari mavjud edi. Bu avval qoloq bo„lgan hudud sanoat sallohiyatining darajasi bo„yicha mamlakat miqyosida San-Paulu va Rio-de-Janeyrodan keyingi 3-o„ringa chiqdi. Bundan tashqari, u mamlakatning Janubiy-Sharqida ishlab chiqarilayotgan elektron va elektro-texnika mahsulotlarining Braziliyadagi eng yirik distribyutrlik markazlaridan biriga aylandi.

1980-yillarda Xitoyda beshta maxsus iqtisodiy hududlar milliy bojxona hududidan tashqariga chiqarilgan yirik ma‟muriy tuzilmalar tashkil etildi. Bu hududlarda turli soha bo„yicha eksport qilishga yo„naltirilgan ishlab chiqarishlar, texnoparklar, savdo korxonalari, madaniy va o„quv markazlari, turistik komplekslar joylashtirildi. Bu hududlarga jalb etilgan ko„p milliardli investitsiyalar tadbirkorlik faoliyatining umumiy darajasini oshirishga, sanoat tuzilmasida ijobiy o„zgarishlar, eksport hajmining keskin o„sishiga va uning tuzilmasini diversifikatsiyalashga, valyuta tushumlarining keskin o„sishiga va bandlikning ortishiga olib keldi. Hududlar Xitoyning dengiz buyi hududlarini mamlakat ichki hududlari bilan bog„lagan ko„prik bo„ldi. Erkin iqtisodiy hududlarning faoliyati mamlakatni yopiq ma‟muriy-taqsimot boshqaruv tizimidan ochiq bozor iqtisodiyotiga o„tishga imkoniyat berdi.

Oxirgi yigirma yil davomida kompleks hududlarning o„ziga xos turlari tadbirkorlik hududlari AQShda, Buyuk Britaniyada, Fransiyada, Vengriyada faoliyat yurita boshladi. Tadbirkorlik hududlari, odatda, tadbirkorlarga moliyaviy- kredit va soliq imtiyozlarini berish hisobiga mamlakatning qoloq hududlarida xo„jalik faoliyatini jonlantirishga qaratilgan. 1980 yilning oxirlaridan boshlab bunday tadbirkorlik tuzilmalari AQShda jadal suratlar bilan tuzila boshlandi. Hozir bu mamlakatda turli darajadagi 1500 ta tadbirkorlik hududlari mavjud. Ularning ko„pchiligi iqtisodiy inqiroz va ishsizlikning o„sishiga yuz tutgan hududlarda

tuzilgan. Ulardagi imtiyozlar va ularning darajasi hududda tashkil etilayotgan ishchi o„rinlari bilan bevosita bog„liq. Har bir ishchi o„rni uchun hududdagi tadbirkorlar soliqdan chegirma va boshqa imtiyozlar oladilar. Shunga o„xshash sxema bo„yicha Buyuk Britaniya va Fransiyadagi hududlar ham ishlaydi.

Xalqaro iqtisodiy hududlar. 1990-yillarda xalqaro EIHlarni tashkil etish jarayonlari jonlandi. Jumladan, “Tumangan” EIHining tuzilishining xalqaro loyihasi tayorlangan edi. Uning boshlanishiga 1990-yilda Chanchun shahrida o„tkazilgan konferentsiyada asos solingan. Xitoy olimlari XXR, KXDR va Rossiya chegaralari tutashgan Tumangan daryosi havzasida xalqaro ishlab chiqarish – transport hududini tashkil etish g„oyasini ilgari surdilar. G„oya aftorlari, shuningdek, YuNIDOning ham qo„llab-quvatlashi hisobiga Tumangan hududi loyihasini ishlab chiqarishga turli mamlakatlar olimlarini jalb etdilar. Dengizga chiqishga eng katta ehtiyoji bo„lgan Xitoyning Tszilin viloyati vakillari eng ko„p xizmat qildilar.

1991-yilning oktyabirida besh mamlakat vakillari Koreya Respublikasi, KXDR, XXR, Rossiya va Mo„g„uliston Tumangan daryosi hududidini rivojlantirish dasturini ishlab chiqarish bo„yicha kelishuvga imzo chekdilar. Ammo loyihaning patentsial ishtrokchilarining manfaatlari va qarashlari xalqaro hududning teritorial chegaralari, uning huquqiy statusi, ixtisoslashuvi kabi muhim masalalar bo„yicha jiddiy farq qilar edi.

1991-yildan 1995-yilgacha konsepsiya jiddiy o„zgarishlarga uchradi va yangi versiya Tumangan loyihasiga aylandi. Geografik hudud o„z ichiga Shimoliy Hamgen viloyatini (KXDR), Tszilin voloyatining Yanbyan aftonom okrugini (XXR) va Primoriyaning (Rossiya) janubiy qismini oladi. Loyihaning asosiy maqsadi hududning iqtisodiy rivojlanish suratlarini tezlatish va aholi turmush sharoitini yaxshilash (chet el investitsiyalarini jalb etish hamda ichki va tranzit savdoni rivojlantirish hisobiga). Tumangan daryosining havzasi taxminan 88 ming ga ni tashkil etadi. Kelajakdagi yigirma yil mobaynida bu hududga 30 mlrd. dollar investitsiya qilinishi kutilmokda. Bu erda Yevropa va Osiyo o„rtasidagi eng qisqa savdo yo„lini qurish rejalashtirilgan.

1990-yilning o„rtalariga kelib Tumangan loyihasini amalga oshirishning tashkiliy bosqichi yakunlandi. 1995-yil dekabrda Nyu-York shahrida ishtirokchi mamlakatlarning iqtisodiy hamkorligini koordinatsiya qilish uchun tashkiliy tuzilmalarni yaratishga bag„ishlangan uchta asosiy davlatlararo hujjatlar imzolandi: Tumangan daryo havzasini rivojlantirish bo„yicha Maslahat komissiyasini tashkil etish bo„yicha besh tomonlama kelishuv, uchta dengiz bo„yi mamlakatlarining (Rossiya, XXR va KXDR) koordinatsion komitet tuzish bo„yicha uch tomonlama kelishuvi va Tumangan daryosi havzasi va Shimoliy-Sharqiy Osiyoda atrof-muhitni himoya etish asosiy tamoyillari bo„yicha memorandum.

Keyingi yillarda hudud turli investitsion loyihalarni bajarish asosida rivojlanmoqda. Rossiya uchun ustuvor yo„nalishdagi loyihalar bu Zarubino pasyolka dengiz portini moderinizatsiyalash hisobiga Xitoyning tashqi savdo kemalariga xizmat ko„rsatishni yo„lga qo„yish, Xunchun (XXR) – Kraskina – Zarubino temir yo„lini qurish, Xasan – Kraskina – Usurisk temir yo„l liniyasini modernizatsiyalash kiradi. Rossiyaning ushbu dasturni amalga oshirishdagi ishtiroki quyidagi

imkoniyatlarni yaratadi:

  • Xitoy va Mo„g„ulistondan tranzit tashuv hajmini ko„paytiradi;

  • chet el kapitali ishtirokida Primorie o„lkasida yangi qayta ishlash sanoatini rag„batlantiradi va xalqaro turizmni rivojlantiradi;

  • ishsizlik darajasini kamaytiradi;

  • mintaqadagi mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtiradi;

  • mintaqaviy hamkorlikning iqtisodiy jabhalari ustidan nazoratni kuchaytiradi;

  • Shimoliy-Sharqiy Osiyoda o„zining obro„sini kuchaytirishga qo„shimcha imkoniyatlarga ega bo„ladi.

Maxsus iqtisodiy hududlarning yaratilishi alohida zonalar va mintaqalarning iqtisodiyotini rivojlantirishning samarali yo„nalishi bo„lib, odatda, ustuvor iqtisodiy muammolarni hal qilish, strategik dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga yo„naltirilgan. Shu bilan birga, amaliyotda ta‟kidlanishicha, MIHda yaratilgan imtiyozlar tizimi yetarlicha individual va uning hududida amalga oshirilayotgan dasturlar bilan chambarchas bog„liqdir. Jahon iqtisodiy tajribasiga ko„ra, MIH yaratilishida e‟lon qilingan dastlabki maqsadlar va maqsadlar deyarli har doim haqiqiy rivojlanish natijasida yuz berayotgan voqealarga to„g„ri kelmaydi.

Maxsus iqtisodiy hududlar yaratilgan ko„plab mamlakatlar tajribasini tahlil qilish ularni tashkil qilish va rivojlantirish uchun bir qator muhim shartlarni aniqlash imkonini beradi, bu esa ularni MIH loyihalarining to„liq bajarilmagani yoki ularning faoliyatining qoniqarsiz natijalariga olib kelishi mumkin46.

  1. Katta transport tarmoqlari kesishmasida qulay geografik joylashuv. Xalqaro va milliy ahamiyatga ega bo„lgan transport kommunikatsiyalaridan ajralib chiqqan katta mamlakatlarning chuqur dengiz mintaqalarida MIHlar deyarli yaratilmagan.

  2. Mamlakat infratuzilmasiga nisbatan afzalliklarga ega bo„lishi kerak bo„lgan kelajakdagi hududning infratuzilmasi mavjudligi. Bularga suv va elektr ta‟minoti kabi zamonaviy infratuzilma obyektlari, zamonaviy telekommunikatsiya tizimlariga ulanish va boshqalar kiradi.

  3. Zamonaviy standartlarga javob beradigan qulay ijtimoiy infratuzilma, shu jumladan, yashash joylari, maktablar, sog„liqni saqlash muassasalari, madaniyat va boshqalar mavjudligi.

  4. Nisbatan arzon va ayni paytda yuqori malakali ishchi.

  5. Bank va boshqa moliyaviy xizmatlar yetarli darajada yuqori bo„lishi; xalqaro moliyaviy markazlarga va bozorlarga arzon narxlarda ulanish.

  6. Har xil xizmatlarni taqdim etish yo„li bilan yaratilgan sanoat ishlab chiqarish muhitiga, masalan, asbob-uskunalarni ta‟mirlash va ta‟mirlash va komponentlarni yetkazib berish sohasida qulay.

  7. Yangi korxonalar, shu jumladan, chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan ma‟muriy va byurokratik to„siqlar mavjud emas.

  8. Rivojlangan va barqaror qonunchilik bazasi; MIHlarning rivojlanishi mahalliy hokimiyatlarning o„zgaruvchan qarorlariga emas, balki, mustahkam va aniq qonunga






46 Семенов К.А. Международные экономические отношения: Учебник для вузов. М.:ЮНИТИ-ДАНА, 2003. 544 с.

asoslangan bo„lishi kerak.

1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142


написать администратору сайта