Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница38 из 142
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   142

4.3-rasm. Hududlar qulay investitsya muhiti asoslari47



Rasmdan ko„rinadiki, hududiy investitsion salohiyatni oshirish bilan birga hududiy investitsion risklarni pasaytirish orqali ularda investitsion jozibadorlikni oshirishga erishish mumkin. Bu maqsadga erishish yo„li orqali hududlarga ichki va tashqi investitsiyalarni kengroq jalb etish mumkin. Shu yo„l orqali investitsion faoliyatni yaxshilash maqsadiga erishish mumkin. Bu, o„z navbatida, hududlarning investitsiya muhitini qulaylashtiradi.

Hudud investitsiya muhiti unda joylashgan EIHlar investitsiya muhiti uchun ham juda muhim sanaladi. Shu sababdan yuqorida keltirilgan rasmni bevosita EIHlarda yaratiladigan investitsiya muhitiga ham bevosita bog„lash mumkin.


Tayanch iboralar:


Investitsiya muhiti, investitsion salohiyat, investitsion faoliyat, jamg„arma, risk, erkin iqtisodiy hududlar, investitsiya, investor.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. EIHlarga investitsiyalarni jalb etish u joylashgan hudud iqtisodiyotini






47 Haydarov A. Hududlarning investitsion salohiyati va istiqbol yo„nalishlari. // “Moliya” ilmiy jurnali, 2011-yil, 5-6 son, 99-b.

rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan EIHga investitsiyalarni jalb etishda hudud investitsiya muhitini yaxshilash va uning yanada qulayligini oshirishga alohida e‟tibor qaratish lozim.

  1. Investitsiya muhiti holatini o„rganish unga ta‟sir etuvchi omillarni aniqlash va baholash bilan amalga oshiriladi. Shu sababdan investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ekologik, infratuzilmaviy, texnologik va boshqa omillarni, xususan, ular ta‟sirida yuzaga keladigan riskli vaziyatlarni oldindan aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

  2. Investitsiya muhiti faqat mamlakatda yaratilgan qulay shart-sharoitlardan iborat bo„lib qolmay, balki, ushbu sharoitda foydalaniladigan mehnat, moddiy, moliyaviy, tabiiy resurslarning mavjudligi, arzonligi va ulardan foydalanishning qulayligi kabilarni baholashni nazarda tutadi.

Nazorat uchun savollar:


  1. EIHlarga investitsiyalarni jalb etish uchun investitsiya muhiti qanday shart- sharoitlarga ega bo„lishi lozim, deb hisoblaysiz?

  2. Investitsiya muhitiga qanday omillar ta‟sir ko„rsatadi va ularning ichida qaysilarini investor uchun eng ahamiyatli, deb hisoblaysiz?

  3. Investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi iqtisodiy omillar nimalardan iborat?

  4. Investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi siyosiy omillar nimalardan iborat va ularni o„rganish va baholash investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbikorlar uchun qanday ahamiyatga ega?

  5. Investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi ijtimoiy va huquqiy omillar nimalardan iborat va ularning o„zgaruvchanligi yoki barqarorligi investor uchun qanday ahamiyat kasb etadi?

  6. Hududda yaratilgan investitsiya muhiti hududdagi tadbirkorlik faoliyatiga ta‟sir etishi samaralarini misollar yordamida izohlang.



    1. 1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   142


написать администратору сайта