Главная страница
Навигация по странице:

  • Erkin

  • 3.2-rasm.

  • Savdo

  • ESHning asosiy funksiyalari

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница26 из 142
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   142

    Tayanch iboralar:


    Erkin iqtisodiy hududlar, mezon, tasnif, sifat, belgi, tadbirkorlik, iqtisodiyot,

    mahsulot, ishlab chiqarish, texnologiya, .

    Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


    1. Jahon amaliyotida mavjud EIHlar faoliyatidan kelib chiqib, ularning tashkil etilish va faoliyat ko„rsatish xususiyatlariga qarab, guruhlanishi va tasniflanishi kuzatiladi. Bu esa EIHlarning o„ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda alohida guruhlarga ajratib o„rganish, baholash va tegishli xulosalar chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    2. Iqtisodiy va ilmiy adabiyotlarda EIHlarning bir qancha turlari mavjudligi keltirib o„tilgan. Shunga ko„ra, ularga alohida mezonlar va sifatlar bo„yicha tasniflash bo„yicha tadqiqotlar natijalari bugungi kunga qadar ilmiy bahs va munozalaraga sabab bo„lib kelmoqda. Zero, EIHlarning o„ziga xos xususiyatlari ularga turlicha yondashuvlar asosida tasnifiy baho berishga ham sabab bo„lmoqda.

    3. Yuqorida keltirilgan EIHlarni tasnifiy belgilari ularni ma‟lum va o„xshash xususiyatlari bo„yicha ma‟lum, alohida guruhlarga ajratish imkonini bersa-da, biroq, ular faoliyati mustaqil va o„ziga xos munosabat talab etuvchi xarakterni saqlab qolaveradi.

    Nazorat uchun savollar:


    1. EIHlarni tasniflashdan maqsad nima?

    2. Erkin iqtisodiy hududlarning alohida mezonlari bo„yicha tasnifiga nimalar kiradi?

    3. Anklav hududlar deganda qanday hududlarni tushunasiz?

    4. Integratsiyalashgan hududlar deganda qanday hududlarni tushunasiz?

    5. Aralash hududlar qanday hududlar sanaladi?

    6. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga qanday omillar ta‟sir ko„rsatadi?


      1. Erkin iqtisodiy hududlarning asosiy turlari sifatida savdo hududlari xususiyatlari. Savdo erkin iqtisodiy hududlari turlari: erkin savdo hududi, erkin bojxona hududi, omborxona hududlari, erkin portlar va bojsiz savdo do„konlari


    Funksional vazifasiga qarab EIHlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:


    Erkin iqtisodiy hududlarning shakllari

    Savdo hududlari

    Savdo-ishlab chiqarish

    hududlari

    Texnik-tadbiq etish hududlari

    Xizmat ko„rsatuvchi

    hududlar

    Kompleks hududlar

    Mos ravishda ularning turlari

    1

    Erkin savdo hududi

    1

    Sanoat-ishlab chiqarish

    hududi

    1

    Texnopark

    1

    Erkin bank hududi

    1

    Maxsus iqtisodiy

    hudud

    2

    Erkin

    bojxona hududi

    2

    Eksport-ishlab

    chiqarish hududi

    2

    Erkin ilmiy hudud

    2

    Offshor hudud

    2

    Mintaqaviy hudud

    3

    Omborxona

    hududlari

    3

    Kichik

    tadbirkorlik

    3

    Texnopolis

    3

    Turistik hudud

    3

    Xalqaro EIH










    hududi



















    4

    Erkin port

    4

    Import hudud

    4

    Ilmiy-

    texnologik hudud

    4

    Erkin qayta ishlash hududi







    5

    Bojsiz savdo do„konlari

    5

    Erkin savdo- ishlab chiqarish

    hududi

    5

    Erkin innovatsiya hududi

    5

    Erkin sug„urta hududi







    6

    Erkin tashqi

    savdo hududi

    6

    Agropolis

    6

    Ilmiy-texnik

    tijorat parki

    6

    Makiladoris







    7

    Erkin logistik

    hudud

























    8

    Tranzit hudud

























    3.2-rasm. Erkin iqtisodiy hududlarning shakllari
    3.1-rasmda keltirilgan funksional vazifasiga qarab ajratilgan EIHlar turlarining 3.2-rasmda keltirilgan alohida trkiblari bo„yicha EIHlarning xususiyatlari bilan quyida tanishish mumkin.

    3.2-rasm ma‟lumotlariga ko„ra, funksional vazifasiga qarab ajratilgan EIHlar tarkibida dastlabkisi va jahon tarixida ham ilk tashkil etilgan turli savdo hududlari hisobalanadi.

    EIHlarning mazkur guruhida bugungi kunda 6 ta EIHlar kiradi. U yuqoridagi rasmda keltiril o„tilgan.

    Mazkur EIHlar ularning rivojlanishining 4 ta avlodining dastlabkisi sifatida vujudga kelgan bo„lib, quyida ularning keyingi avlodlarida tashkil etilgan turlari haqida qisqacha bayon etilgan.

    EIHlar shakllarining evolyutsiya jarayoni nuqtai nazaridan 4avlodgabo„linadi:

    1. Birinchi avlod erkin savdo, bojxona hududlari.

    2. Ikkinchi avlod eksport ishlab chiqarish.

    3. Uchinchi avlod texnopark, texnopolis, offshor markazlar.

    4. To„rtinchi avlod ekologik-iqtisodiy regionlar, tor ixtisosli hududlar.

    BirinchiavlodEIHlar, asosan, tijorat faoliyatiga mo„ljallangan (bojxona hududlari, erkin savdo hududlari). Bu turdagi hududlar qisqa muddat ichida birlamchi kapitalni yig„ishga imkon beradi. Keyinchalik, bu yig„ilgan kapitalni ishlab chiqarish sohasiga qayta investitsiyalash mumkin bo„ladi.

    Shu asosda EIHlarningikkinchiavlodini (savdo-ishlab chiqarish hududlari, sanoat-ishlab chiqarish hududlari) yaratishga shart-sharoitlar yaratiladi.

    Uchinchi avlod EIHlar esa innovatsion faoliyatga tayanadi, ya‟ni fan-texnikada yangiliklarni yaratish va ularni tezda ishlab chiqarishga tadbiq etishga mo„ljallangan hududlardir (texnopark, texnopolis, ilmiy park kabilar).

    Hozirgi paytda EIHlarning to„rtinchi avlodi tor sohaga ixtisoslashib bormoqda yoki butun bir rayonni o„z ichiga olmoqda. Hozirgi zamonda EIHlar oilasida ikkinchi avlod hududlari markaziy o„rin egallaydi.

    Savdo hududlari erkinsavdohududi,erkinbojxonahududi,omborxonahududlari,erkinportlarva bojsizsavdodo„konlarishaklida faoliyat yuritadi.

    Erkinsavdohududlari(ESH)erkin bojxona hududlari kabi birinchi avlod

    hududlariga kiradi. Ular XVII-XVIII asrlardan beri mavjud. ESH umummilliy bojxona hududidan nisbatan mustaqil bo„lgan hududiy bo„linmalar bo„lib ularning faoliyati tovar almashinuvini tezlatishga va tashqi savdoni rag„batlantirishga qaratilgan. Buni amalga oshirish uchun ESHlariga keyinchalik reeksport qilish uchun mo„ljallangan tovarlar bojxona to„lovlari, import soliqlari, kvota va boshqa turdagi moliyaviy nazoratlardan ozod qilingan holda kiritiladi. ESHga kiritilayotgan tovar- mahsulot dekloratsiya qilinmaydi, ammo, bojxona ma‟muriyati hudud ichida kontrobanda va taqiqlangan tovarlar kirib kelishining oldina olish maqsadida nazorat tashkil etish huquqiga ega.

    Hudud ichida iste‟mol qilinadigan va foydalanadigan chet elda ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti import deb hisoblanadi va bojxona to„lovlari to„lanishi kerak. Hududga kiritilgandan so„ng bu tovarlarga shu hududda qabul qilingan barcha eksport imtiyozlari (soliq chegirmalari, soliq mukofatlari, avvalgi amalga oshirilgan to„lovlarni qaytarish va boshqalar) qo„llaniladi. Hududdan qabul qiluvchi davlatga junatilayotgan tovar ham bojxona to„lovlar va import soliqlariga tortiladi. Lekin, ko„pchilik rivojlangan mamlakatlarda tarkibida mahalliy ishlab chiqarishning ulushi qo„shilgan tovarlar importi uchun bojxona tariflarini kamaytirish ko„zda tutilgan.

    ESHning asosiy funksiyalari tovarlarni olib kelish, saqlash sartirovkalash va qayta ishlamasdan jo„natishdan iborat. Bazi bir hollarda eksport qilinadigan tovarlarni juziy qayta ishlashga ruxsat beriladi. ESHda, shuningdek, tovarlarni ko„rgazma markazlarida ularni kelgusida sotish maqsadida namoyish etish ham mumkin. Bunda tovarlar faqatgina ulgurji savdo qilinishi mumkin. Chakana savdo faqatgina dengiz va havo kemalarining ekipajlari va pasajirlari uchun ruxsat beriladi, xolos. Bunday hududlar unchalik katta investitsiyalarni talab qilmaydi va sarflangan mablag„larni tezda qoplaydi.

    ESH AQSh va G„arbiy Yevropa mamlakatlarida eng ko„p tarqalgan. ESHning bir ko„rinishi bu erkinbojxonahududi(EBH)dir. Ular tashqi savdo faoliyatini faollashtirish maqsadida tuziladi. EBH maxsus tadbirkorlik faoliyati tartibi o„rnatilgan mamlakatning chegaralangan bojxona hududidir.

    Turli mamlakatlarning bojxona kodeksiga binoan erkin bojxona hududida chet el tovarlari bojxona to„lovlari va soliqlarsiz, milliy tovarlar esa bojxona-eksport tartibiga ko„ra joylashtiriladi. Bunday hududlar ko„pinchalik erkin bojxona hududiyoki bond ombori deb ataladi. Ular, odatda, dengiz va daryo portlarida, havo yo„llari portlarida va transport magistrallarida hamda alohida sanoat tumanlarida import tovarlarini juz‟iy qayta ishlash, tamg„alash va navlarga ajratish, tushurish, ortish va bojxona ko„rigidan o„tmagan tovarlarni imtimyozli saqlash, zarur holatlarda butlash va sotish hamda xorijiy valyutada daromad olish maqsadida maqsadida tashkil etiladi. Bundan tashqari, EBH kema va boshqa transport vositalarini ta‟minlash bilan ham shug„ullanadi. Ba‟zi-bir G„arbiy Yevropa mamlakatlarida EBHlarida ayrim turdagi ishlab chiqarish faoliyatiga ham ruxsat berilgan.

    Bojxona to„lovlarini kamaytirishdan, import tovarlarini saqlashni uzoq muddatlaridan, ustama harjatlarini kamaytirishdan keladigan daromadlarga qaramasdan bunday hududlarning eksport ishlab chiqarishini rivojlantirish va unga milliy moddiy va mehnat resurslarini jalb etish imkoniyati anchayin chegaralangan.

    Erkin bojxona hududlari asosan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan.

    Erkinport to„lig„icha erkin port (italiyancha, Porto franko), xorijiy tovarlarni tashish, saqlash, sotish va lozim bo„lsa qayta ishlash kabi vazifalar yuklatilgan davlatning chegaralangan port hududi33.

    Bunday iqtisodiy hududlardan foydalanish mol yetkazib beruvchilar uchun ancha qulay bo„lgan, chunki ular tovarlarga yetarlicha talab, albatta, unga mos ravishda narxning ham ko„tarilishini, tovarni sotmasdan kutib turish, mahsulotni ulgurji xaridorlarga taqdim etish imkoni beradi. Yana bir qator olimlar 1547-yilda erkin savdo shahri, deb e‟lon qilingan Italiyaning Livorno shahrini ilk erkin iqtisodiy hudud, deya e‟tirof etadilar34.

    Keyinchalik “erkin portlar” tashkil lqilingan. Bu hududlarda tovarlar xaridor topilgunicha, boj to„lovlari to„lamasdan omborlarda saqlangan. Dastavval “erkin portlar” ichki bozorni rivojlntirish uchun tashkil qiling, keyin esa, xalqaro savdoning rivojlanishiga hissa qo„shish maqsadlariga xizmat qilgan. “Erkin portlar” Genuyada (1595 y.), Venetsiyada (1661 y.), Marselda (1669 y.), Odessada (1819 y.), Vladevastokda (1862 y.), Batumida (1878 y.) tashkil qilingan35. Ular porto-frankolar Maltada, Sulinda, Singapurda va Adeniyada mavjud edi. Ikkinchi jahon urushigacha 26 mamlakat ishtiroki bilan 75 ta erkin portlar va erkin savdo hududlari tashkil qilingan36.

    Ayrim manbalarda esa, 1817-yilda Marsel, Genuya va Livorno kabi hudularda tashqi savdoni yyengillashtirish uchun erkin portlarni joriy etish to„g„risidagi farmonlar e‟lon qilingan. Shu jumladan, 1819-yilning 4-iyulidagi Qirollik farmoni bilan, 15 avgustdan boshlab, Odessadagi erkin port tashkil etilgan. Erkin portlarga yana quyidagicha hududiy jihatdan mamlakatga qarashli ammo bojxona tariflaridan holi hudud sifatida qaraladi va aynan shu hudud ichiga tovaralr import qilinishi, reeksport qilinishi yoki qayta ishlanishi mumkin. Shu jarayonlarda agarda mamlakat hududi ichkarisiga kiradigan bo„lsa, ya‟ni tovarlar va mahsulotlar haqida gap bormoqda, shu holatdagina bojxona bojlari olinishi mumkin. Shu holatda ham soliq va bojxona bojlari pasaytirilgan narxlarda olinadi37.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   142


    написать администратору сайта