Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница25 из 142
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   142

3.1-jadval.


EIHlarni keng mezonlar asosida tasniflash


Turkumlash mezonlari

EIH turlari

Xo„jalik faoliyatining tashkiliy shakllari bo„yicha

Territorial

Funksional (yoki tartibli)

Hududning kengayish nuqtai nazaridan

Kengaymaydigan Kengayadigan

Jahon va milliy iqtisodiyotga integratsiyalashuv darajasiga qarab

Ekstravertiv Intravertiv

Tarmoq belgisiga qarab

Aniq turkumlash qiyin (ammo, tajribada ajratishga harakat qilinadi)

Mulkchilik xarakteriga qarab (qaysi mulk hukmronligiga qarab)

Davlat mulki Xususiy mulk Aralash

Yaratishning iqtisodiy motivatsiyasiga qarab

Tadbirkorlik hududi Erkin iqtisodiy hudud

Yaratish maqsadiga qarab

Integratsiyani kengaytirish uchun Mamlakat ichida maxsus tartib (tarmoq, soha) yaratishga

Evolyutsiya jarayoni nuqtai nazaridan

1-avlod 2-avlod 3-avlod

4-avlod

sotish bozorlari nuqtai nazaridan

Importni o„rnini bosuvchi Eksport

Aralash

qo„yilgan maqsad va bajariladigan vazifaga qarab

Savdo

Sanoat ishlab chiqarish Texnik tadqiqot

Servis

Kompleks Xalqaro

Xo„jalik faoliyati shakli va mohiyatiga qarab

Monofunksiyali hudud Polefunksiyali hudud

Qaysi sohaga xizmat qilish nuqtai nazaridan

Savdo Sanoat

Xizmat yoki funksional

Maydonning kattaligiga qarab

Mikrohudud Mezohudud Makrohudud

Necha mamlakat territoriyasida joylashishiga qarab

Monomillatli hudud Xalqaro hudud

Jahon bozoriga ochiqligiga qarab

Anklav hudud Integratsion hudud

Tadbirkorlik xususiyatiga qarab

Ochiq sektorni shakllantiruvchi hudud Depressiv tumanni rivojlantirish hududi

Iqtisodiy markaz tusidagi hudud Tashqi savdo hududi Funksional hudud

Kompleks hudud

Chegaralarni belgilash va faoliyat

Yopiq

yuritish tartibiga qarab

Ochiq

Iqtisodiy ixtisoslashuv bo„yicha

Erkin savdo hududi Tadbirkorlik hududi Eksport-sanoat hududi Ilmiy park

Kompleks hudud

Tashkil etish xarakteri bo„yicha

Ma‟muriy territorial birlik Tarmoq korxonasi

Geografik joylashuv bo„yicha

Ichki hudud Tashqi hudud

Zonalashtiriluvchi obyekt xarakteri bo„yicha

Lokal Kompleks


Quyida yuqorida keltirilgan turkumlash mezonlariga birma-bir to„xtalib o„tamiz. Xo„jalik faoliyatining tashkiliy shakllari bo„yicha hududlar ikkiga bo„linadi:

territorial va funksional (yoki tartibli).

  1. Territorial hududlar alohida ajratib olingan maydonda faoliyat yuritadi va u erdagi barcha rezident-firmalar xo„jalik tartibi imtiyozlaridan foydalanadilar.

  2. Funksional hududlar katta bir hududda yoki kichik bir mamlakatda ma‟lum bir faoliyat turini rag„batlantirish maqsadida tuziladi. Joylashgan joyidan qat‟iy nazar faqatgina imtiyozli sohada faoliyat yurituvchi korxonalargina xo„jalik tartibi imtiyozlaridan foydalanadilar.

Hudud maydonining kengayish yoki kengaymasligiga qarab ikki xili ajratiladi: kengaymaydigan, ya‟ni vaqt o„tgani bilan maydoni o„zgarmaydigan hududlar va kengayadigan hududlar, ya‟ni taraqqiy qilib borishi bilan maydoni kengayadigan hududlarni ajratish mumkin.

Jahon va milliy iqtisodiyotga integratsiyalashuv darajasiga qarab hududlar ikki turga bo„linadi:

  1. Ekstravertiv tashqi bozorga mo„ljallangan EIH.

  2. Intravertiv milliy iqtisodiyotga integratsiyalashgan EIH.

Tarmoq belgisiga qarab EIHlarni aniq turkumlash kiyin, chunki, EIHlarning bir qismigina aniq bir tarmoqqa ixtisoslashgan (masalan, bank ishiga, turizmga, neftni qayta ishlashga, qishloq xo„jaligiga va h.k.), ular, ko„pincha, bir necha tarmoqlarga ixtisoslashgan bo„ladi. Bundan tashqari, universal bo„lgan EIHlar ham mavjud, ya‟ni hududda iqtisodiyotning ko„plab sohalari, tarmoqlari rivojlangan bo„lishi mumkin.

Mulkchilik xarakteriga qarab EIHlarni quyidagicha turkumlash mumkin(qaysi mulk hukmron pozitsiyaga egaligiga qarab):

  1. Davlat mulki.

  2. Xususiy mulk.

  3. Aralash (hududda ishlayotgan kapitalga bog„liq).

Iqtisodiy motivatsiyasiga qarab EIHlarni 2 ta katta guruhga bo„lish mumkin:

  • tadbirkorlik hududlari;

  • erkin iqtisodiy hududlar.

Tadbirkorlik hududlari regional siyosatning qurolidir, ular tadbirkorlarga

(birinchi navbatda, kichik biznes vakillariga) faoliyat yuritishda katta erkinlik va anchagina moliyaviy imtiyozlar berish orqali depressiv regionlarda kichik biznesni jonlashtirishga qaratilgan bo„ladi (AQShdagi tadbirkorlik hududlari).

Erkin iqtisodiy hududlar esa to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni kiritishga mo„ljallangan ma‟lum maydonlardir. Albatta, hududlarning bunday bo„linishi shartlidir, chunki, real hayotda ular, ko„pincha, qo„shilib ketgan holda uchraydi.

EIHlarni yaratish maqsadiga qarab ham shartli ravishda 2 xil bo„lishi mumkin:

  1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish va jahon bozori bilan integratsiyani kuchaytirishga qaratilgan bo„lishi mumkin (masalan, bojxona hududlari, erkin savdo hududlari, eksport ishlab chiqarish hududlari);.

  2. Mamlakat ichida ma‟lum bir faoliyat turi yoki ishlab chiqarish soha, tarmoqlarini rivojlantirishni rag„batlantirish, maxsus tartibni yaratishga qaratilgan bo„lishi mumkin (agropolislar, texnopolislar, erkin tadbirkorlik hududlari, turistik hududlar va sh.k.).

Yaratilajak EIHning turi – uni yaratish maqsadlari, ixtisoslik yo„nalishi hamda xo„jalik yuritishning alohida sharoitlariga bog„liq bo„ladi.

EIHlar shakllarining evolyutsiya jarayoni nuqtai nazaridan 4 avlodga bo„linadi:

  1. Birinchi avlod erkin savdo, bojxona hududlari.

  2. Ikkinchi avlod eksport ishlab chiqarish.

  3. Uchinchi avlod texnopark, texnopolis, offshor markazlar.

  4. To„rtinchi avlod ekologik-iqtisodiy regionlar, tor ixtisosli hududlar.

Birinchi avlod EIHlar, asosan, tijorat faoliyatiga mo„ljallangan (bojxona hududlari, erkin savdo hududlari). Bu turdagi hududlar qisqa muddat ichida birlamchi kapitalni yig„ishga imkon beradi. Keyinchalik, bu yig„ilgan kapitalni ishlab chiqarish sohasiga qayta investitsiyalash mumkin bo„ladi. Shu asosda EIHlarning ikkinchi avlodini (savdo-ishlab chiqarish hududlari, sanoat-ishlab chiqarish hududlari) yaratishga shart-sharoitlar yaratiladi. Uchinchi avlod EIHlar esa innovatsion faoliyatga tayanadi, ya‟ni fan-texnikada yangiliklarni yaratish va ularni tezda ishlab chiqarishga tadbiq etishga mo„ljallangan hududlardir (texnopark, texnopolis, ilmiy park kabilar). Hozirgi paytda EIHlarning to„rtinchi avlodi tor sohaga ixtisoslashib bormoqda yoki butun bir rayonni o„z ichiga olmoqda. Hozirgi zamonda EIHlar oilasida ikkinchi avlod hududlari markaziy o„rin egallaydi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish bozorlari nuqtai nazaridan hududlar uchga ajratiladi:

  1. Importni o„rnini bosuvchi (ichki bozor uchun ishlaydi).

  2. Eksport (tashqi bozorga ishlaydi).

  3. Aralash (ikkala bozorga ishlaydi).

Qo„yilgan maqsad va bajaradigan vazifalariga qarab EIHlarni quyidagi tuslarga ajratiladi:

  1. Erkin savdo hududlari, erkin portlar, tranzit hududlar, bojsiz omborlar va bojxona hududlari. Ular bojxona to„lovlarini bekor qilish (yoki yumshatish), hududga keluvchi va undan reeksport qilinuvchi tovarlarni eksport-importi nazoratini yumshatishga (ayrim holda bekor qilishga) asoslangan. Ular tashqi savdo, transport, tovarlarni saqlash kabi muolajalarni bajarishda yuqori foyda olishga qaratilgandir.

Bu hududlarni tashkil etishda birlamchi yirik investitsiya talab qilinmaydi, faoliyatni boshqarishda va mamlakat iqtisodiyotining qolgan qismi bilan o„zaro ta‟sirda murakkab mexanizmlarga ham hojat yo„q).

  1. Eksport ishlab chiqarish hududlari. Ular eksportga mo„ljallangan ishlab chiqarishni rivojlantirishga mo„ljallangan. Bu hududlar nafaqat imtiyozli savdo va bojxona tartibini qo„llashgan asoslangan, balki imtiyozli moliyalashtirish, imtiyozli soliq tartibi (shu jumladan, xorijiy kapital uchun)ni ham qo„llaydilar

Eksport ishlab chiqarish hududlari, o„z navbatida quyidagi tuslarga ajratiladi:

    1. Eksport hududlar.

    2. Eksport-importni o„rnini almashtirish hududlari.

    3. Importni o„rnini almashtirish hududlari.

  1. Funksional yoki tarmoqli hududlar. Bular turizm, sug„urta, bank, offshor hududlar va soliq gavanlaridir (ayrim funksiyani yoki faoliyatni amalga oshirishda imtiyozli tartibga ega bo„lgan sanoat hududlaridir).

Shveytsariya, Lyuksemburg, Gonkong, Singapur, Baxrayn, Kayman orollari bank faoliyatiga ixtisoslashgan offshor markazlardir.

Lixtenshteyn va Shveysariyada offshor xolding kompaniyalar ko„p bo„lsa, sug„urta firmalari Men, Terks, Gernsi, Kaykos, Bermud orollarida ko„p.

Offshor dengiz kompaniyalari esa Beliz, Gibraltar, Panama, Liberiyada ro„yxatga o„tishni ma‟qul ko„rishadi.

  1. Texnik tadqiqot hududlari (texnoparklar, texnopolislar, ilmiy-ishlab chiqarish parklari) funksional hududlarning bir ko„rinishi bo„lib, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va qo„llashda, bilim ko„p talab qiladigan mahsulotni yo„lga qo„yish va uning eksportini oshirishga turli xil imtiyozlarni beradi. Bu kabi hududlar infrastruktura uchun birlamchi yirik kapital mablag„lari qo„yishni talab qiladi.

Moliyalashtirish turli xil manbalardan: davlat budjeti, mahalliy budjet, qarz mablag„lar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Ular davlatning tadqiqot markazlari va sanoatning ilm ko„p talab qiladigan tarmoqlarida faoliyat yurituvchi korxonalarning o„ziga xos kompleksidir.

Ularning shartli ravishda 3 modelini farqlash mumkin:

  1. Amerika modeli (AQSh, Buyuk Britaniya);

  2. Yapon modeli (Yaponiya) va

S) aralash model (Fransiya, Germaniya).

Tajriba shuni ko„rsatadiki, ilmiy parklarning ko„pchiligi mahalliy hukumatlar tomonidan tashkillashtirilgan. Qurilish, infrastrukturani jihozlash, tashkil etish uchun zarur bo„lgan mablag„ning 75 % ini ular berishgan.

Har bir EIHning hayot tsikli o„ziga xos bo„lib, u, nafaqat, region xususiyati yoki EIHning turi, tusiga bog„liq, balki, iqtisodiy, ijtimoiy, demografik rivojlanish xususiyatlariga, siyosiy tuzilishga va boshqa ko„plab omillarga bog„liq.

Qaysi sohalarga yoki tarmoqlarga xizmat ko„rsatish nuqtai nazardan hududlarni uchga ajratishadi:

  1. Savdo.

  2. Sanoat.

  3. Funksional yoki xizmat ko„rsatish sohasi.

Hudud maydonining kattaligiga qarab ham turkumlanadi:

  1. Mikrohudud bir korxona, portga imtiyozli xo„jalik tartibi berish.

  2. Mezohudud ma‟muriy bir rayonning bir qismini o„z ichiga olgan, aniq bir chegarasi bo„lgan (“Shennon” EIH kabi) erkin iqtisodiy hudud.

  3. Makrohudud mamlakatning butun bir rayoni, shahri yoki kichik bir mamlakatda joylashgan erkin iqtisodiy hudud.

Hudud necha mamlakat territoriyasida joylashganiga qarab esa:

  1. Monomillatli hudud, ya‟ni bir mamlakat ichida joylashgan hudud.

  2. Xalqaro hudud, ya‟ni ikki va undan ortiq mamlakat o„rtasidagi hudud hisoblanadi. Turli mamlakatda bo„lishidan qat‟i nazar unda bir xil o„yin qoidalari va adekvat xo„jalik yuritish imtiyozlari mavjud bo„ladi.

Milliy iqtisodiyot bilan o„zaro ta‟siriga qarab yoki boshqacha aytganda jahon bozoriga ochiqligiga qarab hududlar quyidagi ikki turga ajratiladi:

  1. Anklav tarzidagi EIH, bunda u eksportga va valyuta tushumi olishga mo„ljallangan. Anklav xarakterdagi hududda mamlakatning qolgan qismi bilan aloqa qilish uchun yopilgan, biroq tashqi aloqalar uchun ochiqdir. Anklav xarakterdagi hudud integratsion hududning antipotidir, u asosan, erkin, konvertli valyuta oqimini oshirish maqsadida yaratiladi. Anklav hududlar faqat tashqi bozorga mo„ljallab ishlab chiqarishni tashkil etadigan hududlardir. Anklav xarakterda bo„lgan EIH milliy iqtisodiyotga samarali ta‟sir eta olmaydi.

Anklav hududlar, odatda, mamlakatning shunday maydonida tuziladiki, u tabiiy jihatdan (alohida orol, yarim orol sifatida) boshqa hududlardan ajralgan bo„ladi. Ammo, ular shahar ichida ham yaratilishi mumkin. EIHning mamlakat territoriyasidan alohidalik darajasi unda amal qiluvchi iqtisodiy, huquqiy va bojxona reglamentlari bilan aniqlanadi. EIH faoliyati to„g„ri tashkil etilsa, u egallagan maydon mamlakatning qolgan iqtisodiyotidan ajralgan, ya‟ni anklav bo„lmaydi, aksincha, boshqa regiondagi korxonalar bilan chuqur kooperatsiya aloqalari o„rnatib, ular uchun o„ziga xos “tashqi dunyoga eshik” rolini bajaradi. EIHning anklavlik xarakteri mamlakatning bozorga qarab harakati va ochiq iqtisodiyot yarata borishi bilan yo„qolib boradi. Bozor iqtisodiyotiga qarab taraqqiy qilib borar ekan, mamlakat ichida xo„jalik yuritish shart-sharoiti jahon bozoridagi shart-sharoitga yaqinlashib boradi. Buning oqibatida EIH funksiyalari modifikatsiya bo„ladi.

  1. Integratsion tarzdagi EIH, bunda milliy iqtisodiyot va tashqi bozor bilan kuchli bog„langan bo„lib, faoliyat yuritish tartibining ancha erkinligi bilan farq qiladi. Integratsion xarakterdagi hududda aktiv gorizontal aloqalarni rivojlantirish xarakterli bo„lib, hududdan tashqari bo„lgan xo„jalik subyektlari faoliyati bilan tig„iz o„zaro ta‟sir etish tamoyili hududning faoliyat mexanizmida qo„yilgan. Integratsion hududlar milliy va jahon xo„jaligi bilan uzviy bog„langan, faoliyat yuritishda erkinroq tartibga ega bo„ladi. Agar anklav hududlar rivojlanayotgan mamlakatga xarakterli bo„lsa, integratsion hududlar rivojlangan iqtisodiyotga ega bo„lgan, xalqaro mehnat taqsimotida faolroq qatnashgan mamlakatlar uchun xarakterlidir. Integratsion hududlar kuchli internatsionallashgan bozor iqtisodiyotlariga mos hisoblanadi.

Integratsion hududlar birlamchi anklav xarakterda tashkil etilgan, tranzit

savdoga xizmat qiladigan holatda tashkil etiladi. Keyinchalik hududda subyektlarning xo„jalik faoliyati diversifikatsiyalashib boradi. Integratsion hududlarda mamlakatning qolgan territoriyasiga nisbatan soddalashtirilgan iqtisodiy va huquqiy tartib o„rnatiladi.

EIHlar xo„jalik faoliyatining shakli va mohiyatiga qarab: monofunksiyali va poleofunksiyali bo„ladi.

Birinchisi uncha murakkab bo„lmagan funksiyalarni bajarishga qaratilgan. Ular tranzit yuklarni tashishga xizmat qilish, tovarlarni yuklash va saqlash kabi xizmatlarni bajarishga mo„ljallangan bo„lib, odatda portlar, omborlar, aeroportlar, chegara rayonlarida joylashadi.

Ikkinchi guruh hududlar esa biznes faoliyatining ko„p funksiyaliligi bilan farq qiladi va o„z ichiga tranzit muolajalarni, savdoni, sanoatni, xizmat ko„rsatishni, pul muomalasini va boshqa sohalarni oladi.

Tadbirkorlik xususiyatiga qarab, EIHlarni quyidagicha turkumlaydilar:

  1. Mamlakat iqtisodiyotining “ochiq sektori” ni shakllantiruvchi hudud.

  2. Mamlakatning depressiv tumanlarini rivojlantirish hududi.

  3. Anklav tusdagi hudud.

  4. Iqtisodiy markaz tusidagi hudud.

  5. Tashqi savdo hududi.

  6. Funksional hudud.

  7. Kompleks hudud.

Chegaralarni belgilash va EIHni faoliyat yuritish tartibiga qarab ikkiga bo„linadi:

  1. Yopiq.

  2. Ochiq.

Erkin iqtisodiy hududlar iqtisodiy ixtisoslashuv nuqtai nazardan ham turkumlanadi:

  1. Erkin savdo hududlari.

  2. Eksport-sanoat hududlari.

  3. Tadbirkorlik hududlari.

  4. Ilmiy parklar.

  5. Kompleks hududlar.

Turkumlashda tashkil etish xarakteri ham asos bo„lishi mumkin:

  1. Funksional yondashuv.

  2. Territorial yondashuv.

  3. Ma‟muriy territorial birlik.

  4. Tarmoq korxonasi.

Joylashish geografiyasiga qarab ham EIHlar ikkiga bo„linadi:

  1. Ichki hududlar, mamlakatning ichki qismida, chegaradan ancha uzoqda joylashgan hududlar.

  2. Tashqi hududlar, mamlakatning chegarasida yoki chegaraga ancha yaqin joyda joylashgan hududlar (EIHlarni qirg„oq oldi, chegarada va mamlakat ichida joylashgan hududlar tarzida ham ajratish mumkin).

O„z navbatida, har bir mamlakatda EIHlarning talab etilgan shakli va turi tashkil

etiladi. Bunga esa o„ziga xos sabab va omillar ta‟sir ko„rsatadi. Chunki hech bir davlat jahon amaliyotida mavjud barcha EIHlar turlarini tashkil etishga majbur emas. EIHarni tashkil etuvchi mamlakat uchun ushbu hudud namunaviy samara ham beradi. Ya‟ni milliy iqtisodiyotga yuqori malakali mehnat resurslari keladi, zamonaviy texnologiyalar, nou-xaular, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish tajribasi olib kelinadi hamda mahalliy kadrlarga o„rgatiladi. Erkin iqtisodiy zonalar marketing samarasini beradi, ya‟ni zonada yaxshi ishni tashkil eta olgan korxonalar (firmalar) mamlakatning qolgan korxonalari uchun ishni tashkil etishda o„rnak bo„ladi. Erkin iqtisodiy zonalarda hukumat tomonidan qo„yiladigan to„siqlarni kamaytirish yo„li ham ishlab chiqarish samaradorligiga ijobiy ta‟sir qiladi. Bu esa

mamlakatda iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonini tezlashishiga yordam beradi.

Erkin iqtisodiy zonalarlar ustunligining yana bir jihati ilg„or texnologiyalarning berilishi (tarqalish)dir. U bevosita, bilvosita va raqobat samaralarini beradi:

  • bevosita samara bu erkin iqtisodiy zonalardagi korxonalarning yangi texnologiya tufayli zamonaviy, raqobatbardosh, sifatli, arzon tovarlar ishlab chiqarishlaridir;

  • bilvosita samara bu erkin iqtisodiy zonalardagi yangi texnologiya bilan ishlayotgan korxona, uni tayyor mahsulotini ishlatadigan, unga xomashyo, yarim tayyor mahsulot yetkazib beradigan korxonalarga zamon talablariga javob beradigan buyurtmalar orqali ijobiy ta‟sir qilishidir;

  • raqobat samarasi – bu yangi texnologiyaga o„tgan korxonalar zona ichida va zonadan tashqari firmalar o„rtasida raqobatni kuchaytirib yuboradi, buning natijasida firmalarni ilg„or texnologiyalarni qo„llashga, yangi texnologiyalar yaratish uchun ilmiy tadqiqotlar qilishga majbur qiladi.

Erkin iqtisodiy zonalar samaradorligiga ta‟sir etuvchi quyidagi omillarning hisobga olinishi muhim o„rin egallaydi:

  • EIHlar uchun joy tanlashda oqilona yondashuv (tanlangan maydonda investitsiyaviy hamkorlikni olib borish uchun obyektiv sharoitlarning mavjudligi;

  • imtiyoz va qulayliklar tizimini yaratishda xorijiy investorlar manfaatini har tomonlama hisobga olish;

  • qabul qiluvchi mamlakatda qulay investitsiya muhitini saqlash kafolatining mavjudligi;

  • EIHlar zaruriy va ishchi infratuzilmasining mavjudligi yoki uni yaratish uchun moliyalashtirish imkonining borligi;

  • EIH ma‟muriy boshqaruv tizimining samaraliligi va o„ta moslashuvchanligi.

Umuman olganda, jahon tajribasi shuni ko„rsatadiki, EIHlar faoliyati samaradorligiga turli omillar ta‟sir ko„rsatadi. Ularning samaradorligi esa EIHlar uchun joyni to„g„ri tanlash, yo„nalishni to„g„ri tanlash, siyosiy, moddiy, moliyaviy, iqtisodiy, geografik, ekologik, mehnat, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, huquqiy, infratuzilmaviy va boshqa turli omillarni hisobga olish, xorijdan investitsiya va texnologiyalarni jalb qila bilish, tashqi iqtisodiy faoliyatni jadallashtira olishga bog„liq.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   142


написать администратору сайта