Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
Tayanch iboralar:Erkin iqtisodiy hududlar, iqtisodiyot, korxona, bozor, xorijiy investitsiya, valyuta, eksport, import, aholi bandligi, ishlab chiqarish. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:EIHlarni tashkil etishning o„ziga xos tamoyillari mavjud bo„lib, bu tamoyillar EIHlarning maqsadli tashkil etilishi va samarali faoliyat ko„rsatishini ta‟minlashning muhim sharti hisoblanadi. EIHlarni tashkil etish maqsadlarini amalga oshirishda uni ro„yobga chiarishga xizmat qiluvchi vazifalarning o„rni beqiyosdir. Mazkur vazifalar EIHlarning samarali faoliyat ko„rsatishini ta‟minlash imkoni berish bilan birga uning amalga oshirilish mexanizmini ham ko„rsatib beradi. EIHlarni tashkil etish va faoliyat ko„rsatishida ularga xos xususiyatlar mavjud bo„lib, mazkur xususiyatlar boshqa alohida hududlarda kuzatilmasligi va qo„llanilmasligi bilan ajralib turadi. Nazorat uchun savollar:EIHlarni tashkil etish qanday tamoyillarga asoslanadi? EIHlarni tashkil etish qanday tamoyillarining mazmuni va ahamityatini tushuntirib bering. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish qanday vazifalarni amalga oshirishga asoslangan? EIHlarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi hamda ularga xorijiy investitsiyalarni jalb etish mexanizmi nimalardan iborat? EIHlarga xos bo„lgan xususiyatlar nimalardan iborat? “EIHlarga xos bo„lgan xususiyatlar ularning ahamiyatini qanday namoyon etadi? Erkin iqtisodiy hudud tashkil etilishidagi yondashuvlar: hududiy va funksionalZamonaviy jahon amaliyotida EIHlar tasnifiga turli xil yondoshuvlar mavjud. Shunday qilib, jahon amaliyotida, EIHlarni tashkil qilishda ikkita turli konseptual yondoshuvlardan foydalanadilar, ya‟ni tashkil etish usuliga qarab ikki turdagi hududlar farqlanadi: Hududiy EIHlar. Funksional (nuqtali) EIHlar. Hududiy – ajratilgan territoriyali hududlar bo„lib, u erda faoliyat yurituvchi barcha rezidentlar faoliyat turidan qat‟iy nazar xo„jalik yuritishning imtiyozli tartibidan foydalanadi. Masalan, Xitoydagi EIHlar, “Manaus” hududi (Braziliya). Ushbu yondashuv amalga oshirilishiga rivojlangan mamlakatlardagi ko„pchilik eksport-ishlab chiqarish hududlari ham misoli bo„la oladi. Funksional (nuqtali) – firma mamlakatning qaysi tumanida joylashishidan qat‟iy nazar tadbirkorlik faoliyatining ma‟lum ko„rinishlari uchun qo„llaniladigan imtiyozli rejimdan foydalanishi mumkin. Ya‟ni firma qaysi hududda joylashishidan qat‟iy nazar ma‟lum turdagi faoliyatga qo„llaniladigan imtiyozli tartib hududiga tegishli bo„ladi. Masalan, nuqtaviy hududlar Karib havzasidagi alohida korxonalardan iborat offshor markazlari, turistik hududlar, Meksikadagi Makiladoras turidagi korxonalar, “dyuti fri” magazinlaridir. Bunday yondashuvdagi EIHlar “nuqtali” hududlar hisoblanadi. EIHlarni tashkil etishning hududiy va funksional yondashuvining quyidagi turlari mavjud (1.4-rasm). |