Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
Tayanch iboralar:Erkin iqtisodiy hududlar, ilmiy-texnika, sanoat, investitsiya, ishlab chiqarish, eksport, import, ish bilan bandlik, tovar, valyuta, mintaqa. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:EIHlarni tashkil etish turli maqsadlarga asoslangan bo„ladi va bu maqsadlar uni tashkil etuvchi mamlakatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bevosita bog„liqdir. EIHlarni tashkil etish umumiy tarzda iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik maqsadlarni namoyon etadi va har bir tashkil etilgan EIHda ushbu maqsadlar birgalikda o„z aksini topganligini ko„rish mumkin. EIHlarning jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rni beqiyos bo„lib, bu ularni tashkil etish bilangina namoyon bo„luvchi jihat emas, aksincha, ularning salohiyatlaridan samarali foydalanishga bo„lgan e‟tibor va munosabatlarni rivojlantirish EIHlarning ushbu sifatlarini to„la yuzaga chiqarish imkoniyatlarini yanada oshiraveradi. Nazorat uchun savollar:EIHlarni tashkil etishning qanday maqsadlari mavjud? EIHlarni tashkil etish maqsadlari qanday yo„nalishlarga ega? EIHlarni tashkil etish maqsadlari qanday umumiylikni namoyon etadi? Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda EIHlarni tashkil etish maqsadlari nimasi bilan farqlanadi? EIHlarning jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rnini qanday izohlaysiz? EIHlarning jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rnini oshirish uchun nimalarga e‟tibor qaratish lozim? Erkin iqtisodiy hudud faoliyat ko„rsatishining tamoyillari, vazifalari va asosiy xususiyatlariJahon tajribalaridan xulosa qilgan holda, EIHlarni tashkil etish tamoyillarini quyida ko„rib chiqamiz. O„ziga xos iqtisodiy tuzilma sifatida EIHlar tashkil etilishi va faoliyatining ma‟lum tamoyillari mavjuddir. Ularga quyidagilar kiradi: Boshqaruv va tadbirkorlik riski tamoyili. Ushbu tamoyilning mohiyati noaniqlik va risk bilan bog„liq bo„lgan biznes yuritishning turli jihatlarini, tadbirkorlik faoliyatini, raqobatni namoyish etilishini belgilaydi. Teng hamkorlik tamoyili. Birinchi navbatda, biznesni yuritishda o„zaro munosabatni belgilaydi. Raqobat imtiyozlari tamoyili. EIH chegarasida tadbirkorlik faoliyatini faollashtirishning usuli bo„lib, bunda, hududdagi korxonalarga boshqa erdagi korxonalarga nisbatan ma‟lum bir tashkiliy, moliyaviy, iqtisodiy imtiyozlar beriladi. Ushbu tamoyil birinchi navbatda EIH mexanizmida ijodkorlik asosi mavjudligini, nostandart shakl va ziddiyatlar yechimi usullarini, ya‟ni, tadbirkorlarning yangi texnologiyalar, bozorlar, tovar sifati, narx siyosatining egiluvchanligi uchun faol musobaqalashuvini nazarda tutadi. Samaradorlilik va daromadlilik tamoyili. Talab va taklif qonuniga asoslangan holda mazkur hudud boshqaruvining maqsadli funksiyasini namoyish etadi. Refleksif o„zini tutish tamoyili. Korxonaning EIH bozoridagi o„zini tutishini aniqlaydi va muvofiqlashtiradi. Bu tamoyil xo„jalik subyektlarining bozordagi hatti- harakatlarini tartibga solib turadi. Ma‟lumot yetarlilik tamoyili. EIHdagi doimiy o„zgarib turuvchi bozor muhiti korxona va hudud oldiga qo„yilgan maqsadga erishish uchun ma‟lumot oqimlari tahlili bo„yicha katta talablar qo„yadi. Maqsadlarni muvofiqlashtirish tamoyili. Bunda EIHning turli iqtisodiy institutlari va ularning tashkiliy-huquqiy me‟yorlarini tashqi bozor muhiti, hudud ichidagi sharoit asosida muvofiqlashtirishni nazarda tutadi. EIHlarning ahamiyatini ko„rsatish uchun, ularni jahon xo„jaligining mamlakat ichidagi “orollari”, xorijiy investitsiya, texnologiyalar, boshqarish tajribasining oqib keluvchi “derazalari”, jahon xo„jaligiga uyg„unlashib ketishda “erkin eshiklar” deb nomlanuvchi yangi siyosatidir, deb nomlashadi. Shuningdek, uning bugungi kundagi rivojlanish xususiyatlari va salohiyatidan kelib chiqib, EIHlarni xalqaro iqtisodiyotni o„rganish instituti deb, ham hisoblash mumkin, chunki, bu institutni muvaffaqiyatli o„tagan har bir xo„jalik subyekti xalqaro biznes olamida faoliyat ko„rsata olish potensialiga ega bo„ladi. Umumiy ko„rinishda EIHlarni tashkil etish maqsadlaridan kelib chiqib, ularning tashkil etilishi va faoliyat yuritishiga bog„liq quyidagi vazifalarni keltirib o„tish mumkin: ilg„or texnologiyalarni (milliy texnologiyaga nisbatan) jalb etish; xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali iqtisodiyotni faollashtirish; valyuta tushumlariga ega bo„lish va shu orqali valyuta zahiralarini oshirish; ichki iste‟mol bozorini to„yintirish; aholining bandlik darajasini oshirish va ishchi kuchining sifat ko„rsatkichlarini yaxshilash; iqtisodiyotni boshqarish, xalqaro tadbirkorlik, zamonaviy bozor iqtisodiyoti sohasida jahon tajribasini o„zlashtirish; bozor infratuzilmasi muassasalarini rivojlantirish; “depressiv tumanlarni” jadal rivojlantirish va boshqalar. Erkin iqtisodiy zonalarga xorijiy kapitalni jalb etishning iqtisodiy mexanizmi turli-tuman bo„lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: uskunalar, xomashyo va ishlab chiqarishning boshqa tashkil etuvchilari importini bojxona bojlaridan to„la yoki qisman ozod etish; foydaga solinayotgan soliqlarga imtiyozlar joriy etish; daromad solig„idan to„la yoki qisman ozod qilish; eksport imtiyozlarini joriy etish va mamlakatning boshqa qismlaridan olib kelinadigan uskunalar, xomashyo va ishlab qarishning boshqa tashkil etuvchilarini rag„batlantirish; eksportga imtiyozli shart-sharoitlar joriy etish; mahalliy soliqlardan ozod qilish; xorijiy investitsiyalarning barcha shakllariga ruxsat berish; eksport va importni imtiyozli litsenziyalash; foydani erkin uzlashtirishga imkoniyat yaratish; EIHlarda milliy valyutaning qisman yoki to„liq erkin almashuvini ta‟minlaydigan alohida valyuta rejimini joriy etish; kommunal xizmat, transport tariflari uchun pasaytirilgan ijara to„lovlarini taqdim etish; jadallashtirilgan amortizatsiyani joriy etish; zamonaviy bozor infratuzilmasini hamda xizmatlar tarmoqlarini barpo etish; xorijiy investitsiyali va aralash korxonalarga davlat kafolatlari va imtiyozlarini taqdim etish va boshqalar. EIHlarning quyidagi asosiy xususiyatlarni ko„rsatish lozim. Turli xil imtiyoz va rag„batlarning qo„llanishi, jumladan: tashqi savdo imtiyozlari, ularga eksport-import to„lovlarini kamaytirish yoki bekor qilish, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibining qo„llanilishi; fiskal imtiyozlar, jumladan, aniq faoliyat turlari uchun soliq imtiyozlarning berilishi. Imtiyozli soliq bazasi (foyda yoki daromad, mulk qiymati va x.k.), uning alohida tashkil etuvchilari (amortizatsiya ajratmalari, ish haqi, tadqiqotlar, transport xarajatlari)ga qaratilgan bo„lishi, soliqdan vaqtincha yoki doimiy ozod qilishdan iborat bo„lishi mumkin; moliyaviy, turli xil subsidiyalarni qamrab olib, ular bevosita – budjet mablag„lari va imtiyozli davlat kreditlari hamda bilvosita kommunal xarajatlar uchun imtiyozlar, yer uchastkalaridan foydalanilganligi uchun ijara haqini kamaytirish va h.k.lardan iborat bo„ladi; ma‟muriy, korxonalarni ro„yxatga olishni osonlashtiruvchi, xorijiy fuqarolar kelish, ketishini soddalashtirish bo„yicha imtiyozlar. Erkin mintaqani boshqarishning bir muncha erkin, butun iqtisodiy masalalar bo„yicha mustaqil ravishda qaror qabul qila olish. Hukumat tomonidan har tomondan qo„llab-quvvatlanishi. EIHlarning yuqoridagilar qo„shimcha ravishdagi xususiyatlari sifatida quydagilarni ham keltirib o„tish mumkin: xo„jalik faoliyatini minimal ravishda reglamentlashtirish; bojxona to„siqlarini minimumga keltirish; eksport importda cheklashlar yo„qligi yoki kamligi; minimal valyuta nazorati; insofli, minimal soliq solish; sug„o„rtalash erkinligi, imtiyozliligi; baho belgilash erkinligi; kredit tizimini imtiyozliligi, qulayligi; personalni ishga solish, haydash masalalarida tadbirkorning erkinligi. Bunday xususiyatga ega sharoitlarni butun iqtisodiyotda – xalq xo„jaligi kopleksiga birdaniga, to„liq holda yaratish juda mushkul. Ammo, mamlakatning kichik bir, alohida hududlarida, alohida tarzida boshqariladigan maxsus hududida, ya‟ni EIHlarda bunday shart-sharoitni yaratish va qo„llab-quvvatlash mumkin. Shu jihatdan ham EIHlarga xos bo„lgan xususiyatlar o„ziga xos bo„lib, boshqa hududlarda ularni qo„llash imkonsizdir. Jahon tajribasining ko„rsatishicha eng umumiy holda EIHlarni tashkil etish jarayoni 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi: Investitsiyalashdan oldingi bosqich. Odatda, bir yilgacha davom etib, o„z navbatida, ikki davrdan iborat bo„ladi: birinchidavrdadastlabki ilmiy izlanish, marketing, iqtisodiy-jug„rofiy, iqtisodiy-moliyaviy va boshqa shunga o„xshash ishlar amalga oshiriladi. Bu davrning maqsadi – ushbu hududda EIHni tashkil etishning konseptual imkoniyatini aniqlash, hududning joylashuvi, turi va o„lchamini aniqlashdan iborat. Ushbu davrning alohida e‟tiborga loyiq tomoni shundan iboratki, hududning ixtisoslashuvi va unda ko„rsatilajak xizmatlarning to„liq tahlili o„tkaziladi. Aynan mana shu davrda to„plangan ma‟lumot asosida u yoki bu EIHni tashkil etish yoki emaslik haqidagi umumiy qaror qabul qilinadi. ikkinchi davr birinchi davrdagi ma‟lumotlarni va qarorlarni yanada chuqurroq iqtisodiy va moliyaviy hisoblar asosida aniqlashtiruvini ko„zda tutadi. Bunda alohida e‟tibor kapital qo„yilmalarning samaradorligini aniq hisoblashga qaratilmog„i lozim. Investitsiyalarning umumiy hajmini va shu jumladan, qanchasi infratuzilmaga va qanchasi ishlab chiqarish qurilishiga sarflanishini aniqlash lozim. Shu vaqtning o„zida ushbu mablag„larning manbalari ham aniqlanishi kerak: markazlashgan davlat kapital qo„yilmalari, hududlarning o„z mablag„lari, EIHda joylashadigan korxonalarning mablag„lari, banklarning qarz vositalari, mahalliy qimmatbaho qog„ozlarni sotishdan keladigan mablag„lar. Ushbu davr mobaynida hech bo„lmaganda umumiy holda hududning rivojlanishi uchun sarflanadigan valyuta hajmini ham aniqlash lozim. Bu davr uchun hududiy geografik-iqtisodiy tahlil, xo„jalik ishlarini ratsional tashiil etish shart-sharoitlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Investitsion bosqich. Odatda, bu ham bir yil muddatgacha davom etadi, avvalgi bosqich bilan bir vaqtda amalga oshirilishi ham mumkin va o„z navbatida, ikki davrdan iborat bo„ladi: birinchi davrni shartli ravishda “muzokaralar” davri deb atash mumkin. Bu davrda mahalliy hoqimiyat va markaziy hoqimiyatlar bilan hududning rejimi, joylashuv eri, ixtisoslashuvi, hukumatning loyihani amalga oshirishda ishtiroki darajasi haqida kelishuvga erishish kerak. Shu bilan bir vaqtda hududda infratuzilmani yaratishning texnikaviy loyihasi ham ishlab chiqiladi. investitsion bosqichning ikkinchi davri aniq infratuzilma obyektlari: issiqlik- energetika ta‟minoti, aeroport, kommunikatsiya tarmoqlari, turli xildagi binolar (omborlar, ofislar, ishlab chiqarish binolari) qurilishini nazarda tutadi. Bu obyektlar va binolar butunlay yangidan qurilishi ham mumkin yoki mavjudlari ta‟mirlanishi ham mumkin. Ushbu qurilish ishlari bilan bir vaqtning o„zida potensial investorlarni jalb etish bo„yicha reklama va marketing ishlari faol olib borilishi kerak. Ular shunday o„tkazilishi kerakki, operatsion bosqichning boshlanishiga kelib, hududda o„zining ishlab chiqarish-xo„jalik faoliyatini boshlashga tayyor bo„lgan bir qancha investorlar shay tursin. Operatsion bosqich. Bu rejalashtirish uchun eng murakkab bo„lgan bosqichdir. U hududning o„zidan o„zi rivojlanuvchi tizim sifatidagi ichki dinamikasiga, hudud regionida va mamlakat miqyosida bo„lgan siyosiy barqarorlikka bog„liq. Shu bilan bir vaqtda hududni rivojlantirish imkoniyatariga bag„ishlangan marketing izlanishlari natijalaridan keng foydalanish kerak. Bu bosqichda ham ikki davrni ko„rsatish mumkin: boshlang„ichdavr; hududnio„z-o„zidanrivojlanishdavri. Ikkala davrda ham hududning jismoniy potensiali to„laligicha ishlatilmaydi. Agar 100% lik darajaga erishilsa bunday hudud yo yirik iqtisodiy tumanga, yoki yangi sohalar va ishlab chiqarishga o„tishi, yohud o„zining instituttsional statusini o„zgartirishi lozim. Qaysi hol bo„lishidan qat‟iy nazar, u hudud hayot jarayonining to„rtinchi bosqichi – rivojlanish bosqichi boshlanganidan dalolat beradi. Operatsion bosqichning boshlang„ich davri o„z-o„zidan rivojlanish davridan investorlarning rag„batlantiruv tizimi o„zgarishi bilan farq qiladi. Birinchi davrda investorlar hududga bevosita berilgan imtiyozlar va xizmatlar mavjud bo„lgani uchun keladi (shu jumladan, arzon ishchi kuchi, xomashyo, mamlakatning asosiy hududdagi bozorga kirish imkoniyati, tayyor binolar mavjudligi va hokazo). Ikkinchi bosqichda esa investorlarni hududda va uning atrofida amalga oshirilayotgan xo„jalik faoliyati jalb etadi. Bu erda o„zaro ta‟sir va o„zaro to„ldirish tamoyiliga asoslangan rivojlanish effekti o„zini namoyon qiladi. Yuqorida qayd etilganga muvofiq bir qancha xulosalar chiqarish mumkin: EIHning maksimal samarali faoiyat yuritishi uchun EIH faoliyati asosida erishilishi kerak bo„lgan maqsadlar va EIH faoliyati jarayonida hal etilishi zarur bo„lgan vazifalar aniq ifodalanishi lozim. Va bu narsa boshlang„ich investitsiyadan oldingi bosqichdayoq bajarilishi kerak. Shuningdek, EIH faoliyatining asosiy tamoyillarini namoyon etish ham muhimdir, chunki, ularning mavjudligi va ularga amal qilinishi bir qadar EIH faoliyatining barqarorligi va istiqboli borligini ko„rsatadi. Shuning uchun ham O„zbekistonda EIHlarni tashkil qilishda, EIH tamoyillari va bosqichlarning amalga oshirilishiga katta ahamiyat berish lozim. Yuqorida aytib o„tilgan, Samarqanddagi turistik hududni tashkil qilishda ushbu bosqichlar inobatga olinganda edi, balki, hozirgi kunga kelib bu hudud o„z faoliyatini samarali olib borayotgan bo„lar edi. Hozirgi davrda EIHlarni tashkil qilish siyosatining iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiqligi, zaruriy malaka va jahon tajribasidan to„laroq foydalanishni qayta ko„rib chiqish zarurligida ko„rinadi. Hududlarning oyoqqa turishi va rivojlanishining asosiy talablaridan biri – bu EIHlar to„g„risidagi qonunning qabul qilinishi bo„lib, u EIHlarning faoliyatining asosiy shartlarini belgilashi, jumladan, hududning tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi tartibi, hududlar turlari, infratuzilma obyektlarini moliyalashtirish tartibi, xo„jalik faoliyati mexanizmi, chet el investorlariga beriladigan kafolatlar va imtiyozlar, boshqaruv funksiyalari, hududlar faoliyatini kordinatsiya qiluvchi idoraning tuzilishini qamrab oladi. Ushbu qonun boshqa mamlakatlarning shunga o„xshash qonunlariga nisbatan raqobatbardosh bo„lishi lozim, chunki, so„nggi keyingi yillarda yaqin va uzoq mamlakatlar o„z hududlarida EIHlarni tashkil etishga faol harakat qilayotganliklarini inobatga olish lozim. Qolaversa, jahon iqtisodiyotida xalqaro kapital harakatida pasayish tendensiyalari kechayotganligi xorijiy investitsiyalarni jalb etishda EIHlar jozibadorligini ta‟minlashda huquqiy asoslarning ham ahamiyatini yanada oshirish talab etiladi. |