Главная страница
Навигация по странице:

  • 1.1-jadval EIHlar

  • “Bojxona

  • Erkin

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница4 из 142
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142

    Tayanch iboralar:


    Erkin iqtisodiy hududlar, iqtisodiyot, fan, investitsiya, integratsiya, iqtisodiy rivojlanish.


    Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


    1. Erkin iqtisodiy hududlar iqtisodiy o„sish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, investitsiyalarni eng qisqa muddatlarda qoplash imkonini va boshqa bir qator ijtimoiy-iqtisodiy va global muammolarni hal qilish imkonini beruvchi hududlar hisoblanadi.

    2. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishni ta‟minlash unga oid bo„lgan munosabatlarni alohida fan sifatida o„rganish zaruriyatini keltirib chiqardi. Shu sababdan bugungi kunda respublikamizda 5231100 – “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” (mintaqalar va faoloyat turlari bo„yicha) bakalavriat ta‟lim yo„nalishi talabalari uchun “Erkin iqtisodiy hududlar” fani mutaxassislik fani sifatida o„tilmoqda.

    3. “Erkin iqtisodiy hududlar” fani boshqa bir qator iqtisodiy fanlar bilan

    chambarchas bog„liq bo„lib, ularni o„zaro bog„liqlikda o„rganish 5231100 – “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” (mintaqalar va faoloyat turlari bo„yicha) bakalavriat ta‟lim yo„nalishi talabalarining o„z mutaxassisligining yetuk, malakali kadri sifatida yetishib chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.

    Nazorat uchun savollar:


    1. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishdan maqsad nima?

    2. EIHlar faoliyatini rivojlantirish bilan bog„liq qanday munosabatlar yuzaga keladi?

    3. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bilan bog„liq bilim va munosabatlarni chuqur egallagan mutaxassislarga bo„lgan talabning bugungi kundagi zaruriyati nimada?

    4. “Erkin iqtisodiy hududlar” fanini o„qish, o„rganishdan maqsad nima?

    5. “Erkin iqtisodiy hududlar” fanining predmeti, obyekti va vazifalari nimalardan iborat?

    6. “Erkin iqtisodiy hududlar” fani qanday fanlar bilan o„zaro bog„liqlikka ega hisoblanadi va uning sabablari nimalardan iborat?



      1. “Erkin iqtisodiy hudud” tushunchasi mazmuni



    XX asrning ikkinchi yarimlaridan boshlab erkin iqtisodiy hudud (EIH) xalqaro iqtisodiyotning ajralmas qismi bo„lib kelmoqda. Jahon xo„jaligi aloqalarida erkin iqtisodiy hudud xalqaro tovaralmashinuvining faollashuvi, investitsiyalar mobilizatsiyasi, ish bilan bandlik darajasini o„sishi hisobiga iqtisodiy o„sish ko„rsatkichini tezlashtiruvchi omil sifatida qaralmoqda.

    Shu sababdan bugungi kunga kelib dunyo miqyosida EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga bo„lgan e‟tibor, munosabat tobora ortib bormoqda.

    Jumladan, ayni vaqtga kelib O„zbekiston Respublikasida ham mavjud 14 ta hududning 12 tasida 21 ta EIHlar tashkil etilishiga asos solingan bo„lib, ularning huquqiy asoslari ishlab chiqilgan.

    Jahon amaliyoti tajribasi shuni ko„rsatadiki, EIHlar milliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan birgalikda, ishlab chiqarishga yangi, energiyatejamkor, zamonaviy yuqori texnologiyalarni olib kirish, ilg„or xorijiy menejment va marketing tajribalaridan foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar evaziga ichki bozorni import o„rnini bosuvchi tovarlar bilan to„ldirish, mamlakat eksport salohiyatini yanada oshirish, tashqi savdoni rivojlantirish, hududlarda yangi ish o„rinlari yaratish, valyuta tushumlari kirib kelishini ko„paytirish, oltin-valyuta zahirasi hajmini oshirish, iqtisodiy o„sishni ta‟minlash, milliy valyuta barqarorligini mustahkamlash, Davlat budjeti daromadlarini oshirish va pirovardida, milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi va xalqaro raqobatbardoshligining yanada kuchayishiga keng yo„l ochib beriladi hamda unga xizmat qiladi.

    Dunyo miqyosida turli davlatlarda tashkil etilgan va etilayotgan EIHlar sonining ortib borishi va EIHlarga ega davlatlar sonining ham ortib borishi (bugungi kunga

    kelib, ularning soni 140 dan oshdi) ushbu EIHlarning o„zi nima, uning ahamiyati, muhimligi va samaralari, afzalliklari haqida yetarlicha tushuncha, tasavvur va bilimga ega bo„lish zaruriyatini kuchaytirib bormoqda.

    Shu sababdan ushbu masalaga jiddiy yondashish uni alohida fan sifatida o„rganish darajasiga ham olib chiqdi. Bu esa mazkur “Erkin iqtisodiy hududlar” fanini o„zlashtirishda, eng avvalo, EIHlarning mazmun-mohiyatini yaxshi o„rganish, bilish va u haqda yetarlicha tushunchaga ega bo„lishni taqozo etadi.

    Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini jahon fanida chuqur va har tomonlama o„rganish XX asrning 70 yillarida boshlandi. Hozirgi zamon ilmiy adabiyotida, mamuriy hujjatlarda, amaliyotda, erkin iqtisodiy hududlarni bildiruvchi xilma-xil atamalar qo„llashadi: “Erkin iqtisodiy hudud”, “Texnologik hudud”, “Erkin bojxona hududi”, “Maxsus iqtisodiy hudud”, “Erkin tadbirkorlik hududi”, “Erkin eksport hududi”, “Erkin savdo hududi”, “Bojsiz hudud”, “Qo„shma tadbirkorlik hududi”. XX asrning 80 yillarida erkin iqtisodiy hududlarning 20 ta2, o„tgan asrning 90 yillarida 30 ta3 shakli bor deb hisoblaganlar. Ba‟zi hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda EIHlarni tavsiflovchi 40 dan ortiq atamalar borligi ham keltirib o„tilgan.

    Bugungi kunga qadar EIHlar mazmun-mohiyatini yoritish, EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga doir xorijiy va mahalliy iqtisodchi-olimlar, mutaxassislar tomonidan turli tadqiqotlar olib borilgan va shuning natijasida ko„plab ilmiy maqolalar, monografiyalar, dissertatsiya ishlari, risolalar, o„quv adabiyotlar hamda o„quv-uslubiy qo„llanmalar yaratilgan.

    Biroq, olib borilgan o„rganishlar EIHlar tushunchasiga xorijiy va mahalliy iqtisodchi-olimlar, mutaxassislar tomonidan berilgan turli ta‟rif va talqinlar mazkur atamaning yagona ta‟rifga ega emasligini, uning mazmuniga har bir mutaxassis o„z nuqtai nazari, bilim va faoliyat olib borish sohasiga asoslanib ta‟rif berishganligini ko„rsatadi.

    Erkin iqtisodiy hududni hududiy xo„jalik jihatidan ham qadimiy, ham zamonaviy deb atash mumkin. Ularning ildizi qadim o„tmishga borib taqaladi, va mana shu vaqtning o„zida o„z amaliy faoliyatini zamonaviy rivojlanishda boyitadi. Amerikalik olimlar M.Fraze va R.Renalar fikricha, “erkin iqtisodiy hudud bu iqtisodiy rivojlanish yo„lidagi insoniyatning eng qadimgi va va shu bilan birga eng zamonaviy g„oyalaridan biridir”4.

    Rus olimi I.P.Fominskiy rahbarligi ostida chiqqan o„quv qo„llanmada5 erkin iqtisodiy hududlarga ushbu mamlakatda qabul qilingan umumiy xo„jalik faoliyati tartibiga nisbatan imtiyozlar beruvchi ma‟lum bir hudud deb ta‟riflanadi.

    Hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida erkin iqtisodiy hududlar katigoriyasini aniqlashda turli xil yondashuvlar mavjud. Bu munozara, asosan, ikki muammoni tahlil qilishga borib taqaladi:

    • umumlashtiruvchi tushuncha sifatida termin tanlash;





    2 Смородинская Н. Свободно-экономические зоны (Мировые опыты). Вест. ДВО РАН, 1993., №4,5. – С. 3-22.

    3 Данкко Т., Окрут З. Свабодний экономические зони в миравом хозястве: Российская экономическая академия им. Г. В. Плеханова. М.: Инфра-М., 1998. С. 168.

    4 Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Уч. пос. - М.: Юнити, 2005. – С. 5.

    5 Фоминский И.П. Иностранные инвестиции в России: современое состояние и перспективы. М.: Международное отношение,1995. С. 234.

    • xodisani kengroq, to„laroq ochib berish maqsadida uning aniq izohini topish. EIHlarni ta‟riflovchi qarashlarning xilma-xilligi quydagilar bilan bog„liq:

    • ular asrlar davomida evolyusion tarzda rivojlanib, o„zgarib, takomillashib boradi;

    • bu rivojlanish turli mamlakatlarda va davrlarda mavjud bo„lgan turli tuman iqtisodiy muhitda sodir bo„lgan va bo„lmoqda;

    • ularning rivoji ichki va tashqi omillarga (geografik holat, ish kuchining o„ziga xosligi, jahon iqtisodiyoti konyukturasi va hokazo) juda kuchli ravishda bog„liqdir;

    • ilmiy-nazariy tushunib etishda, terminlashda va turkumlash yondashuvida darajaning yetarli emasligidir.

    Rossiyalik olimlardan biri D.Adrianov EIHlarga quyidagicha ta‟rif beradi: “Erkin iqtisodiy hududlar milliy hududning bir qismi bo„lib, iqtisodiy muammolar yechimini topishda keng imkoniyatlarni yaratib beradi. Xorijiy hamda milliy tadbirkorlikning iqtisodiy faoliyatida muhim qulayliklarni yaratadi”6. E.F.Avdokushin esa “Erkin iqtisodiy hudud mamlakat yoki davlatning bir qismi bo„lib, aniq bir ijtimoiy-iqtisodiy va texnologiyalarga oid muammolarni yechimini hal qilishga yo„naltirilib, iqtisodiy faoliyat yurituvchilar uchun maxsus shart- sharoitlar yaratib beradigan boshqaruvning maxsus ma‟muriy tizimiga egadir”7, deb ta‟kidlab o„tgan edi.

    Rossiyalik iqtisodchilardan A.Kuznetsov8 hamda S.A.Ribakov va N.A.Orlovalar9ning keltirishicha, “Erkin iqtisodiy hudud xorijiy tovarlar hech qanday bojxona to„lovlarisiz saqlanishi, sotilishi yoki xarid qilinishi mumkin bo„lgan hudud”.

    O„zbekistonlik Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G.10 va rossiyalik Danko T.P., Okrut Z.M.11, Igoshin N.V.12 kabi mualliflar bir ovozdan: “Erkin iqtisodiy hudud – bu mahalliy hamda xorijiy tadbirkorlar faoliyat yuritishi uchun maxsus imtiyozli iqtisodiyot amal qiladigan chegaralangan hudud”, - degan xulosaga kelishgan.

    Yuqorida EIHlar mazmuniga berilgan ta‟riflardan quyidagi jihatlarni keltirib o„tish mumkin:





    6 Адрианов В.Д. Специальные экономические зоны. Журнал “ЭКО”, 1997. , №3. С. 42.

    7 Авдокушин Е.Ф. Международные экономические отношения. Учебное пособие. М.:, 2004. С. 120.

    8 Кузнецов А. Свободные зоны и национальная экономика // Мировая экономика и международные отношения.

    - 1990., №12. – С. 24.

    9 Рыбаков С.А., Орлова Н.А. Особые экономические зоны в России. М.: Вершина, 2006. С. 12.

    10 Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O„quv qo„llanma. T.: Moliya, 2010. B. 180.

    11 Данько Т.П., Окрут З.М. Свободные экономические зоны в мировом хозяйстве. М.: ИНФРА-М, 1998. С. 27.

    12 Игошин Н.В. Инвестиции. Организация, управление и финансирование. Учебник для вузов. М.: Финансы, ЮНИТИ, 2000. С. 45.

    1.1-jadval

    EIHlar tushunchasi mazmuniga brilgan ta‟riflar13



    A.Kuznetsov

    An‟anaviy ma‟noda EIHlar deganda, davlatning suveren hududi tushunilib, u yerdagi xorijiy tovarlar hech qanday bojxona to„lovlarisiz saqlanshii, sotilishi yoki harid qilinishi mumkin.


    Erkin savdo hududlariga urg„u berilgan


    S.A.Ribakov N.A.Orlova

    EIHlar bu ma‟lum bir davlat hududining shunday qismiki, unga olib kirilgan tovarlar bojxona hududidan tashqaridagi tovar sifatida qaralib, u bojxona tekshiruvidan va soliqlaridan ozod etiladi.

    A.V.Vaxabov

    EIZ mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq,

    viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismidir.



    Imtiyozlarga urg„u berilgan



    N.V.Igoshin

    EIZlar milliy iqtisodiy tizimning shunday qismiki, u erda mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan maxsus imtiyoz va rag„batlantirishlardan foydalaniladi, ularning mohiyati esa, imtiyozli bojxona va soliq tizimlarida ko„zga

    tashlanadi.


    T.P. Danko va Z.M.Okrut

    EIZ iqtisodiyotning davlat tomonidan sun‟iy tarzda tashkil etilgan va milliy iqtisodiyot tarkibida bo„lgan, ayni paytda iqtisodiy jihatdan tubdan farq qiladigan alohida organizmidir.

    Huquqiy jihatiga urg„u berilgan


    Janubiy Koreyalik olim Kimning izlanishlariga ko„ra, “Erkin iqtisodiy zonalar bu xorijiy davlatlar, korxona va firmalar uchun maxsus tashkil etilgan hududlar bo„lib, bu yerda ularning korxonalari va ishchi xodimlari hukumat tomonidan berilgan imtiyozlar tufayli o„z navbatida mavjud qonun-qoidalarga bo„ysungan holda daromad olishi mumkin bo„lgan zonalardir. Davlat erkin iqtisodiy zonalarni yaratishdan maqsad bunday zonalarda boshqa erlarga qaraganda ko„proq iqtisodiy shaffof muhit mavjudligi va bu orqali investitsiya oqimini va raqobatbardosh sanoat hamda savdo-sotiq xususiyatlarini shakllantirishni o„z oldiga maqsad qilib qo„yadi”14. V.Papovning tadqiqotlariga ko„ra, Erkin iqtisodiy zonalar shunday hududlarki,

    bu boshqa hududlardan alohida ajratilgan davlat tomonidan maxsus imtiyozlar va qulayliklar berilgan bu afzalliklar davlatning biror boshqa yerida yoki iqtisodiy tarmog„ida kuzatilmaydi”15, deb ta‟rif beradi.

    Mamlakatimiz olimlaridan A.V.Vaxobov, S.S.Mirzalieva, M.A.Raimjonova va A.A.Ostonakulovlar tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlarida erkin iqtisodiy zonalar va ular faoliyatiga oid o„z ilmiy qarashlarini bayon qilishgan.

    A.V.Vaxobov tomonidan “Erkin iqtisodiy zonalar – shunday geografik hududki, ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo„lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo„llanilmaydigan ma‟lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi” deb, ta‟rif berilgan16.





    13 Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtiisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. T.: “EXtremum-press” nashriyoti, 2013. B. 9.

    14 Kim Young Rae. The study on issues related between limits of land development and total control restriction system in the actual conditions within capital region, Seoul National University of Technology, 2009. – R. 8-75.

    15 Papava Vladimer. The Immortal idea of a free economic zone, Georgian Foundation for Strategic and International Studies, 2007. R. 1-16.

    16 Vaxobov A.V. va boshqalar. Xorijiy investitsiyalar. O„quv qo„llanma. Toshkent: Moliya, 2010.– B. 180.

    S.S.Mirzalieva tomonidan “Erkin iqtisodiy zona – mamlakat (yoki mamlakatlar) hududining muayyan ijtimoiy, iqtisodiy texnologik vazifalarni hal etish maqsadida barpo etiladigan, maxsus ma‟muriy boshqaruvga va xo„jalik yurituvchi subyektlarning imtiyozli rejimiga ega bo„lgan qismidir” deb, ta‟rif berilgan17. Ushbu ta‟rifda fikrimizcha, muayyan ijtimoiy, iqtisodiy texnologik vazifalarni hal etish maqsadida jalb etiladigan investitsiyalar va ular hajmidan kelib chiqib imtiyozlarning belgilanishi nazardan chetda qolgan.

    M.A.Raimjonova tomonidan “mamlakat hududida maxsus iqtisodiy rejim va ma‟muriy boshqaruvga ega bo„lgan, davlat aralashuvi kamaytirilgan va ayni vaqtda uning nazoratidan butkul ozod etilmagan, balki, xo„jalik yurituvchi subyektlar faoliyat yuritishi uchun mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan imtiyoz va rag„batlantirishlar beriladigan hudud erkin iqtisodiy hudud”, deb ta‟rif keltirilgan18.

    A.A.Ostonakulov tomonidan “erkin iqtisodiy zona – hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularga investitsiyalarni jalb etish maqsadida alohida imtiyozlar belgilangan, shuningdek, ulardan iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiyalashning hududiy uslubi sifatida foydalanish hamda zamonaviy texnologiyalarni iqtisodiy tuzilmaga joriy qilish uchun tashkil etilgan hududdir”19, - degan fikr ilgari surilgan.

    Rus olimlari Babinsev va Valliulinlar EIHni ta‟riflaganda “alohida iqtisodiy hudud”20 terminini ishlatadi. Bu ham unchalik to„gri emas, chunki alohidalikni har xil tushunish mumkin”. A.T.Shermuhamedov “ochiq iqtisodiy mintaqa” terminini ishlatgan, bizningcha, bu ham unchalik to„g„ri emas21. Ochiq so„zi rus va boshqa tillarda erkin iqtisodiy hududga nisbatan kam ishlatiladi, bu faqat tor manoda jahon iqtisodiyotiga nisbatan mamlakatning milliy iqtisodiyotga qaraganda qaysidir aniqlovning ancha ochiqligi ma‟nosida tushunish mumkin. Bu erkin iqtisodiy hududlarning bir qirrasigina, xolos.

    O„zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonuniga ko„ra, “Erkin iqtisodiy zona – mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma‟muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo„lgan maxsus ajratilgan hududdir”22.

    1991-yilda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo„yicha Xalqaro Assotsiatsiya (MARSEZ) qabul qilgan hujjatlarga ko„ra, erkin iqtisodiy zona alohida hududiy birlik bo„lib, u qoida bo„yicha mamlakatning iqtisodiy, ilmiy-




    17 Mirzalieva S.S. Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning xorij tajribasi. Diss. avtoref. i.f.n. Toshkent: 2001. B. 8.

    18 Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. B. 11.

    19 Ostonokulov A.A. Erkin iqtisodiy zonalarda buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirish. Diss. i.f.n. Toshkent: 2017. B. 18.

    20 Бабинцев В.,Валлиулин Х.Особые экономической зоны. Российской экономический журнал. 1992. №9. 117 с.

    21 Shermuhamedov A.T. Ochiq iqtisodiy mintaqa. T.: O„zbekiston axborotnomasi,1998., №1 (sentyabr, oktyabr‟). B. 75.

    22 O„zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonuni. T.: 1996-yil 25-aprel, 1-modda.

    texnikaviy, ekologik va ijtimoiy rivojlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, moliyaviy-xo„jalik faoliyatni amalga oshirish uchun ochiq bo„ladi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va uning faoliyat ko„rsatishi bo„yicha rivojlangan davlatlarda to„plangan tajriba shuni ko„rsatadiki, mazkur usulning qo„llanilishi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda, ijtimoiy hayotga yangi-yangi iqtisodiy g„oyalarni tadbiq etishda o„zining ijobiy jihatlariga ega.

    Xalqaro tashkilotlar hisobotlarida va ilmiy nashryotlarda turli xildagi hududlarning mohiyatini yoritishda ”erkin iqtisodiy hudud” terminidan foydalanadilar. Biroq, bu termin uning mohiyatini to„liq ifoda eta olmaydi. U erda qo„llaniladigan iqtisodiy qoidalar, maxsus ma‟muriy qonunlar, shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlarni aniq belgilangan huquqiy va xo„jalik rejimlaridan butunlay ozod qilmaydi, balki ularni yengillashtiradi, ma‟lum imtiyozlar beradi. Shuning uchun ham EIHni “erkin” emas, maxsus iqtisodiy hudud deb atash o„rinli bo„lar edi.

    1973-yil 18-mayda Kioto (Yaponiya) shahrida qabul qilingan Kioto konvensiyasida erkin iqtisodiy hudud tushunchasiga rasman izoh berilgan. “Bojxona jarayonlarini soddalashtirish va uyg„unlashtirish bo„yicha xalqaro konvensiya” qarorlarida yozilishicha, “EIH bu – ma‟lum bir davlat hududidining shunday qismiki, unga olib kirilgan tovarlar bojxona hududidan tashqaridagi tovar sifatida qaralib, u bojxona tekshiruvidan va soliqlaridan ozod etiladi”23. Bu ta‟rifda turli xildagi EIHlarning asosiy xususiyatlari yoritib o„tilgan, lekin bu faqat tovarlarni hududga olib kirish va olib chiqib ketishga nisbatan to„g„ridir.

    Albatta, keyingi salkam 40 yillik taraqqiyot natijasida bunday qarash yetarli emasligi aniq bo„ldi. “Erkin iqtisodiy hudud” atamasi tahlil qilinayotgan iqtisodiy hodisaning qirralarini to„liq ochib beradi:

    • mamlakatning qolgan qismidan iqtisodiy jihatdan ajralganlik holatining mavjudligi;

    • xorijiy va mahalliy tadbirkorlar uchun alohida iqtisodiy muhitning mavjudligi (imtiyozli bojxona, soliq, ijara, valyuta, mehnat va boshqa tartiblar). Uning ta‟siri ostida “iqtisodiy muhitning” qarshilik qilishi kamayadi.

    Kioto konvensiyasi qabul qilingach, keyingi taraqqiyot natijasida EIH tushunchasi borasidagi bilimlar ancha kengaydi, boyidi, uning turli xil shakllari kashf etildi.

    Ushbu tushunchadan ko„rinib turibdiki, mamlakat hududining alohida qismidagi iqtisodiy erkinlik butunlay emas, balki, qiyosiy hisoblanadi. Demak, EIH tom ma‟noda erkin emas, balki, nisbatan erkin hududdir. Bu hududga olib kirilgan tovarlar bojxona to„lovlaridan import solig„idan va import ustidan nazarotlardan ozod etilgani uchun ham bu hudud EIH deb ataladi. Bu shuni anglatadiki, EIHga chet eldan olib kelingan tovarlar qabul qiluvchi davlatga olib kelingan deb e‟lon qilinmaydi. Shu bilan birga qonunlar tovar egalarini va sarmoyachilarini mavjud iqtisodiy huquqiy tartibotdan ozod qilmaydi, balki, uni yengillashtiradi.

    Ushbu hudud erkinligi unga kiritilgan mahsulot bojxona tulovlari, importga nisbatan iqtisodiy siyosat choralaridan ozod qilinishi bilan belgilanadi va EIZga tashqaridan keltirilgan mahsulotlar deklaratsiya qilinmaydi.





    23 Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Уч. пос. - М.: Юнити, 2005. – С. 7.

    Biroq, shu bilan birga, qonunlar mahsulot egalari va investorlarni iqtisodiy tartiblardan ozod qilmay, uni yengillashtiradi.

    Yuqoridagi EIHlarga berilgan ta‟riflardan hamda EIHlarning mazmun- mohiyatiga asoslanib shuni aytish mumkinki, EIHlarni maxsus iqtisodiy hudud (MIH) deya atash ham o„rinlidir.

    Iqtisodiy adabiyotlarda EIHlarning MIHlar deb nomlanishining ham sababi shundandir. Bugungi kunda O„zbekiston qonunchiligida ham MIHlar atamasi keng ishlatilmoqda.

    Bizning fikrimizcha, EIHlar mamlakatning shunday hududiki, bu erga olib kirilgan tovarlar milliy bojxona yurisdiktsiyasidan tashqarida hisoblanadi, binobarin bojxona nazorati va soliqqa tortilishdan ozod etiladi, ya‟ni bu yerda mamlakatning boshqa hududlarida qo„llanilmaydigan o„ziga xos imtiyozlar va rag„batlantirishlar tizimidan keng foydalaniladi.

    Demak, EIH deganda davlat tomonidan tuzilgan milliy iqtisodiyotga yordam beruvchi sun‟iy iqtisodiy hudud tushuniladi. Shunga ko„ra, EIH o„zida hudud suvereniteti, iqtisodiy komplekslar, keng ishlab chiqarish va maxsus mexanizmlarni aks ettiradi.

    Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo„yicha Xalqaro Assotsiatsiya (MARSEZ) izohiga qaraganda, EIH aynan maxsus moliya va xo„jalik jihatidan ochiq bo„lgan davlat qismidir. Bu esa, o„z navbatida, iqtisodiyot, fan va texnika, ekologiya va gumanitar fanlar rivojiga olib keladi.

    Yuqoridagi izohlarga qaraganda EIHga yagona ta‟rif yo„qligiga amin bo„lamiz.

    Lekin, ko„p iqtisodchilarning fikrini tahlil qilib quyidagi fikrga kelamiz:

    • birinchidan, EIH davlatning asosiy qismi;

    • ikkinchidan, bu hududda to„liq imtiyozlar tizimi bo„ladi;

    • uchinchidan, bu hudud faqatgina bojxona soliq va boshqa nazorat turlaridan “erkin” hisoblanadi;

    • to„rtinchidan, EIH rezidenti barcha nazorat turlaridan ozod degan ma‟noni bermaydi;

    • beshinchidan, EIHga jiddiy yondashuv natijasida u tashqi savdo umumiqtisodiy fan va texnika, fan va texnologiya sohasidagi muamolarni yechishga yordam beradi.

    Nazariy jihatdan EIHlarning mazmuniga berilgan turli iqtisodchi-olimlar ta‟riflari tahliliga ko„ra, erkin iqtisodiy mintaqalar iqtisodiy jarayonlarga davlat aralashuvini tanlab qisqartirish vositasi sifatida qaraladi. “Erkin iqtisodiy hudud” tushunchasiga berilgan bunday ta‟rif xo„jalik yuritishning imtiyozli tartibi amal qilishi bilan bog„liq jarayonlarning barcha ko„rinishini qamrab oladi. Bunday yondashuvda EIH – bu alohida olingan geografik hudud bo„lmay, milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo„lib, unda mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan imtiyoz va rag„batlar tizimi joriy qilingan va amal qiladi.

    Demak, EIH (ayrim adabiyotlarda alohida yoki maxsus iqtisodiy hudud hamdeyiladi) mamlakatning qolgan hududlariga nisbatan alohida yuridik maqomli, milliy va xorijiy tadbirkorlar uchun imtiyozli iqtisodiy sharoitlarga ega bo„lgan chegaralangan hudud.

    Biz “erkin iqtisodiy hudud” atamasining iqtisodiy mazmuni tahlili bo„yicha olib borgan umumiy izlanishlarimizga asoslanib, EIHlar mazmuni bo„yicha turli iqtisodchi-olimlar va mutaxasssislar fikr va qarashlari asosida unga quyidagi mazmundagi kengroq ta‟rifni berish mumkin:

    Erkin iqtisodiy hududlar shunday geografik hududki, unda mamlakatda qabul qilingan xo„jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to„lash va bojxona tartibi joriy etiladi. Boshqacha ifodalaganda, ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo„lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo„llanilmaydigan ma‟lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi. Shunga ko„ra, EIH mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismidir.

    EIHga eng umumiy tavsif qilib shuni aytish mumkin, u shunday hududki, bu yerdagi rag„batlantirishlar, imtiyozlar (soliq, bojxona, ma‟muriy), litsenziyalash, vizalarni rasmiylashtirish, bank faoliyatlari, mulkchilik munosabatlariga oid yyengilliklar ushbu mamlakatning boshqa hududlarida aynan amal qilmaydi.

    Boshqacha qilib aytganda, u anklav, ya‟ni bu bir mamlakat hududining yoki qismining har taraflama boshqa mamlakat yoki shu mamlakatning boshqa hududlari bilan o„ralishidir. Bu hududda iqtisodiyotga davlatning aralashuvi ma‟lum bir darajada chegaralanadi. Bu hududda mamlakatning boshqa hududlarida amal qilinmaydigan ma‟lum imtiyozlar beriladi.

    Jahon xo„jaligida xalqning moddiy farovonligi, turmush tarzi, ko„p jihatdan, EIHlarning tashkil etilishi va faoliyat ko„rsatishi bilan chambarchas bog„liqdir. Chunki, bunday holatlarni biz EIHlar tashkil topgan va iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar misolida ham ko„plab kuzatishimiz mumkin. Xullas, qaysi mamlakatda chet el investitsiyalari va tadbirkorlarning faoliyati uchun keng imtiyozlar yaratilgan bo„lsa, shuningdek, iqtisodiyotini tiklab olishlari uchun amaliy yordam berilib imkoniyatlar yaratilgan bo„lsa investitsiya miqdori ham, tadbirkorlarning ishchanlik qobiliyati ham o„sha erda yuqori bo„ladi. Ko„pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar uchun EIHlar amalda territoriyadagi ishchilarning turmush tarzi, ishlab chiqarish salohiyatining kontsentratsiyalashuviga yordam beruvchi maxsus hudud hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday hududlarga “maxsus iqtisodiy hudud” atamasi mos keladi. EIHlarni yaratilishiga ularning tashkilotchilari tomonidan ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishning muhim bo„g„ini sifatida qaraladi. Ularning faoliyati tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va jadallashtirish bilan bog„liqdir. EIHlardagi iqtisodiyot tashqi olam uchun yuqori darajada ochiqlikka, bojxona, soliq va investitsiya rejimlari ichki va tashqi investitsiyalar uchun qulaylikka ega bo„ladi.

    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142


    написать администратору сайта