Главная страница
Навигация по странице:

  • Fakultet kengashi raisi

  • Fanning maqsad va vazifalari «Baliq kasalliklari» fanni o‘qitishdan maqsad

  • Fan b o‘ yicha talabaning malakasiga qo‘ yiladigan talablar

  • Fanni o‘q itishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

  • Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.

  • Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv.

  • Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish.

  • Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash

  • O‘qitishni tashkil etish shakllari

  • Kommunikatsiya usullari

  • Boshqarish usullari va vositalari

  • Monitoring va baholash

  • Baliq kasalliklari” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi: Zootexniya ta’lim yo‘nalishi uchun

  • Musta q il ta’lim 1

  • Балик касалликлари мажмуа. Тузувчилар


    Скачать 6.01 Mb.
    НазваниеТузувчилар
    Дата08.05.2023
    Размер6.01 Mb.
    Формат файлаdocx
    Имя файлаБалик касалликлари мажмуа.docx
    ТипДокументы
    #1114954
    страница21 из 26
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26



    Fanning ishchi o‘quv dasturi “Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasining 201__ yil “____” ________dagi № ____ - sonli yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
    Kafedra mudiri: _______________ Nasimov SH.N.
    Fanning ishchi o‘quv dasturi Zooinjeneriya fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (201_ yil “____” ________dagi № ____ - sonli bayyonnoma).
    Fakultet kengashi raisi: ____________ Shaptakov E.S.
    Kelishildi:

    O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i _____________ Ro‘ziqulov R.F.
    Kirish
    Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko‘ra “Zootexniya” ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan “Baliq kasalliklari” fani zootexniya amaliyotida zarur bo‘ladigan: baliqlarning yuqumli, invazion, yuqumsiz va turli xil zaharlanishlarining sodir etilishi, kechishi, tashxisi, oldini olish va davolash borasidagi nazariy va amaliy bilimlarni qamrab oladi.

    Fanning maqsad va vazifalari
    «Baliq kasalliklari» fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda baliqlarning yuqumli, invazion, yuqumsiz va turli xil zaharlanishlarini aniqlash, davolash, qarshi kurashish va oldini olish chora-tadbirlarini hamda ushbu kasalliklar aniqlangan baliqchilik fermer xo‘jaliklarida sog‘lomlashtirish muolajalariga oid bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.

    Fanning vazifalari – yuqumli, invazion, yuqumsiz, turli xil zaharlanishlar, baliqlar zararkunandalari va dushmanlariga qarshi uzviy kurashish, baliqchilik xo‘jaliklari va tashqi muhitning epizootik sog‘lomligini ta’minlashni o‘rgatishdan iborat.

    Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar
    Talabalar «Baliq kasalliklari» fanini o‘rganish jarayonida quyidagilarni bajara olishi lozim:

    • baliqlarning infektsion kasalliklarni aniqlash usullari, davolash va oldini olish chora tadbirlarini bilish;

    • baliqlarning invazion-parazitar kasalliklarni aniqlash usullari, davolash va oldini olish chora tadbirlarini bilish;

    • baliqlarning zararkunandalari va dushmanlariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish;

    • mikroskop bilan ishlash;

    • kasallik qo‘zg‘atuvchilariga oid vaqtinchalik preparatlar tayyorlash haqida tasavvurlarga ega bo‘lish lozim:

    • baliqlarning infektsion, invazion va yuqumsiz kasalliklarni farqlash;

    • baliqlarning invazion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini aniqlash;

    • kasallik qo‘zg‘atuvchilarining xo‘jayinlarini va taraqqiyotini o‘rganish;

    • baliqlarning kasalliklariga diagnoz qo‘yish;

    • baliqlarning kasalliklarini laboratoriya sharoitida tekshiriщ usullarini bilish;

    • baliqlarning infektsion, invazion va yuqumsiz kasalliklarini davolash usullarini bilish;

    • baliqlarning zararkunandalari va dushmanlariga qarshi kurashish va ularning oldini olish tadbirlarini bilishi va qo‘llay olishi lozim:

    • baliq kasalliklarini oldini olishini;

    • baliqchilik fermer xo‘jaliklarida baliqlar kasalliklarini kelib chiqmaslik tadbirlarini amalga oshirish;

    • “Baliq kasalliklari” faniga oid o‘quv-ilmiy dastur va adabiyotlar bilan ishlash yuzasidan ko‘nikmalarga ega bo‘lish lozim.


    O‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
    «Baliq kasalliklari» fani ixtisoslik fanlari majmuasiga taalluqli bo‘lib, talabalar uni 8-semestrda o‘rganadi.

    Mazkur fan o‘quv rejasidagi “Zoologiya”, “Ekologiya”, “Mikrobiologiya”, Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi, “Virusologiya”, “Farmakologiya”, “Veterinariya toksikologiyasi”, “Klinik diagnostika”, “Patologik anatomiya (gavda yorish va sud veterinariya ekspertizasi)”, “Veterinariya sanitariya ekspertizasi”, “Parazitologiya”, “Veterinariya ishini tashkil etish va iqtisodi” va boshqa matematik va tabiiy-ilmiy fanlar kurslarida olingan nazariy va amaliy bilimlar nazariyasini chuqur o‘zlashtirishda ko‘prik vazifasini o‘taydi.
    Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
    Fanni o‘qitish jarayonida talabalarning o‘zlashtirishi uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion va pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish katta ahamiyatga egadir.

    Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar, hamda laboratoriya hayvonlaridan foydalaniladi.

    O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, talabalarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, talabalar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.

    «Baliq kasalliklari» kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:

    Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

    Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.

    Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

    Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

    Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

    Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlaitirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.

    Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash – yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.

    O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

    O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan kollektiv va guruh.

    O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.

    Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.

    Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy hamda yakunlovchi nazorat natijalarining tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.

    Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi xarakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

    Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida og‘zaki va test topshiriqlari yoki Yozma ish variantlari yordamida talabalarning bilimlari baholanadi.

    “Baliq kasalliklari” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog‘idagi rasmiy Baliq kasalliklari ko‘rsatkichlardan foydalaniladi, tarkatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va Yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.
    Baliq kasalliklari” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:

    Zootexniya ta’lim yo‘nalishi uchun


    t/r

    Mavzular nomi

    Jami soat

    Ma’ruza

    Amaliy mashg‘ulotlari

    Laboratoriyamashg‘ulotlari

    Mustaqil ta’lim

    1

    Kirish. «Baliq kasalliklari» fanining qisqacha tarixi, uning umumbiologik fanlar bilan bog‘liqligi.

    4

    4

    -

    -

    -

    2

    Baliqlarning infektsion kasalliklari.

    36

    8

    10

    2

    16

    3

    Baliqlarning invazion kasalliklari.

    40

    8

    12

    4

    16

    4

    Baliqlarning yuqumsiz kasalliklari.


    40

    8

    12

    4

    16



    JAMI


    120

    28

    34

    10

    48
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26


    написать администратору сайта