Балик касалликлари мажмуа. Тузувчилар
Скачать 6.01 Mb.
|
4.ИЛОВАЛАР Фан дастури O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI
«BALIQ KASALLIKLARI» FAN DASTURI
Samarqand - 2018 Fan dasturi Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Kengashida koʻrib chiqilgan va tavsiya qilingan (2018 yil “28” avgustdagi “1” - sonli bayonnoma). Fan dasturi “Zooinjeneriya” fakulteti kengashida muxokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2018 yil “____”_______dagi “__” – sonli bayonnoma). Fan dasturi Samarqand veterinariya meditsinasi institutida ishlab chiqildi.
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasining 2018 yil “25” avgustdagi № 2 - sonli yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan. I. Oʻquv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi oʻrni Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko‘ra “Zootexniya” ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan “Baliq kasalliklari” fani zootexniya amaliyotida zarur bo‘ladigan: baliqlarning infeksion, invazion, yuqumsiz va turli xil zaharlanishlarining sodir etilishi, kechishi, tashxisi, oldini olish va davolash borasidagi nazariy va amaliy bilimlarni qamrab oladi. II. Oʻquv fanining maqsadi va vazifalari «Baliq kasalliklari» fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda baliqlarning yuqumli, invazion, yuqumsiz va turli xil zaharlanishlarini aniqlash, davolash, qarshi kurashish va oldini olish chora-tadbirlarini hamda ushbu kasalliklar aniqlangan baliqchilik fermer xo‘jaliklarida sog‘lomlashtirish muolajalariga oid bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir. Fanning vazifalari – yuqumli, yuqumsiz, turli xil zaharlanishlar, baliq zararkunandalari va dushmanlariga qarshi uzviy kurashish, baliqchilik xo‘jaliklari va tashqi muhitning epizootik sog‘lomligini ta’minlashni o‘rgatishdan iborat. Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar. Talabalar «Baliq kasalliklari» fanini o‘rganish jarayonida quyidagilarni bajara olishi lozim: baliqlarning infektsion kasalliklarni aniqlash usullari, davolash va oldini olish chora tadbirlarini bilish; baliqlarning invazion-parazitar kasalliklarni aniqlash usullari, davolash va oldini olish chora tadbirlarini bilish; baliqlarning zararkunandalari va dushmanlariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish; mikroskop bilan ishlash; kasallik qo‘zg‘atuvchilariga oid vaqtinchalik preparatlar tayyorlash haqida tasavvurlarga ega bo‘lish lozim: baliqlarning infektsion, invazion va yuqumsiz kasalliklarni farqlash; baliqlarning invazion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini aniqlash; kasallik qo‘zg‘atuvchilarining xo‘jayinlarini va taraqqiyotini o‘rganish; baliqlarning kasalliklariga diagnoz qo‘yish; baliqlarning kasalliklarini laboratoriya sharoitida tekshiriщ usullarini bilish; baliqlarning infektsion, invazion va yuqumsiz kasalliklarini davolash usullarini bilish; baliqlarning zararkunandalari va dushmanlariga qarshi kurashish va ularning oldini olish tadbirlarini bilishi va qo‘llay olishi lozim: Baliq kasalliklarini oldini olishini; baliqchilik fermer xo‘jaliklarida baliq va asalari kasalliklarini kelib chiqmaslik tadbirlarini amalga oshirish; “Baliq kasalliklari” faniga oid o‘quv-ilmiy dastur va adabiyotlar bilan ishlash yuzasidan ko‘nikmalarga ega bo‘lish lozim. III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) 1-modul. Kirish. «Baliq kasalliklari» fanining qisqacha tarixi, uning umumbiologik fanlar bilan bog’liqligi. 1-2 mavzu. Kirish. «Baliq kasalliklari» fanining qisqacha tarixi, uning umumbiologik fanlar bilan bog’liqligi. Baliq kasalliklarining muammolari. «Baliq kasalliklari» fanining umumiy tavsifi, maqsadi va vazifalari. Fanning rivojlanish tarixi va uning yutuqlari, maxsus bo‘limlari. Baliqlarda uchraydigan kasalliklarni o‘rganishning ahamiyati. Baliqlarning yashash muhitiga ta’sir etuvchi tabiiy omillar. Baliq kasalliklarining muammolari va parazit tushunchasi, parazitlarning baliqlar organizmida joylashishi. Parazitning uni o’rab turgan atrof muhitga aloqasi. Parazitlarning rivojlanish sikllari. Parazitlarning xo’jayin organizmiga ta’siri. Kasallikka tashxis qo’yish tartibi. Immunitet. 2-Modul. Baliqlarning infektsion kasalliklari. 3-4- mavzular. Baliqlarning virusli gemorragik septitsemiya. Krasnuxa. Bronxiomikoz. Nefromikoz. Ixtiosporidioz. Baliqlarning infektsion kasalliklari. Qizarmiq (krasnuxa), virusli gemorragik septitsemiya, bronxiomikoz, nefromikoz, ixtiosporidioz kasalliklarining etiologiyasi, biologiyasi, epizootologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnoz, davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari 3-Modul. Baliqlarning invazion kasalliklari. 5-6- mavzular. Baliqlarning sestodoz va antropozoonoz kasaliklari. Ligulyoz. Difillobotrioz. Digrammoz. Opistorxoz. Dioktofimoz. Har bir kasalliklarga alohida ta’rif, tarqalishi va iqtisodiy zarari. Etiologiyasi, biologiyasi, klinik belgilari va patanatomik o‘zgarishlari. Diagnoz, davolash, profilaksi. 7-8- mavzular. Baliqlarning diplostomoz, postodiplostomoz, kostioz kasalliklari. Har bir kasalliklarga alohida ta’rif, tarqalishi va iqtisodiy zarari. Etiologiyasi, biologiyasi, klinik belgilari va patanatomik o‘zgarishlari. Diagnoz, davolash, profilaktikasi 4-Modul. Baliqlarning yuqumsiz kasalliklari. 9-14- mavzular. Baliqlarning gipovitaminoz kasalliklari. Baliqlarda etiologiyasi noaniq bo‘lgan kasalliklar. Suzg‘ich pufagining yallig‘lanishi, gaff kasalligi. Baliqlarning zaharlanishlar. Har bir kasalliklarga alohida ta’rif, tarqalishi va iqtisodiy zarari. Etiologiyasi, klinik belgilari va patanatomik o‘zgarishlari. Diagnoz, davolash, profilaktikasi. IV. Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar. Baliqlar infektsion kasalliklarini laboratoriyada aniqlash usullari. Bakteriologik tekshiruv, virusologik, serologik, mikologik, gemotologik va biosinov. Baliqlarning infektsion (virusli gemorragik septitsemiya, qizamiq, bronxiomikoz) kasalliklari. Qo‘zg‘atuvchilarni anatomo-morfologik tuzilishi, biologik rivojlanishi, diagnoz, differensial diagnoz, davolash, qarshi kurashish va oldini olish chora tadbirlari. Baliqlarning invazion kasalliklarini laboratoriyada aniqlash usullari. Parazitologik tekshirish usullari. Qo‘zg‘atuvchilarni anatomo-morfologik tuzilishi, biologik rivojlanishi, differentsialash. Baliq trematodozlarini (diplostomoz, opistorxoz) davolash, qarshi kurashish va oldini olish chora tadbirlari. Qo‘zg‘atuvchilarni anatomo-morfologik tuzilishi, biologik rivojlanishi, diagnoz, differensial diagnoz, davolash, qarshi kurashish va oldini olish chora tadbirlari. Baliq sestodozlarini (ligulyoz, digrammoz va difillobotrioz) davolash, qarshi kurashish va oldini olish chora tadbirlari. Qo‘zg‘atuvchilarni anatomo-morfologik tuzilishi, biologik rivojlanishi, diagnoz, differensial diagnoz, davolash, qarshi kurashish va oldini olish chora tadbirlari. Baliq nematodoz, krustotsenozlari (dioktofimoz, filometroidoz). Baliqlarning nematodoz va krustotsenozi qo‘zg‘atuvchilarning sistematik holati, anatomo-morfologik tuzilishi, biologik rivojlanishi, ushbu kasalliklarga diagnoz qo‘yish usullari, differensial diagnoz, davolash, oldini olish va qarshi kurashish chora-tadbirlari Baliq protozoozlarining (kostioz, ixtioftirioz) davolash, qarshi kurashish va oldini olish chora tadbirlari. Baliq protozoozlari qo‘zg‘atuvchilarning sistematik holati, anatomo-morfologik tuzilishi, biologik rivojlanishi, ushbu kasalliklarga diagnoz qo‘yish usullari, differensial diagnoz, davolash, oldini olish va qarshi kurashish chora-tadbirlari Baliqlarning yuqumsiz kasalliklari. Baliqlarning zaharlanishlari. Baliqlar yuqumsiz kasalliklarining kechishi, rivojlanishi va ushbu kasalliklarga diagnoz qo‘yish usullari, differensial diagnoz, davolash, oldini olish va qarshi kurashish chora-tadbirlari. Zahar, turli xil vositalar bilan, noorganik va organik moddalar bilan zaharlanishni aniqlash usullari, davolash qarshi kurashish va oldini olish chora tadbirlari. Baliq dushmanlari, shikastlanishlari, zararkunandalari va ulardan baliqlarni muhofaza qilish tadbirlari. Baliqlarning mexanik shikastlanishlari, tug‘ma majurxliklarni kelib chiqishi, diagnozi, davolash odini olish chora tadbirlari. Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni
O‘quv - malaka amaliyotini o‘tkazish tartibi “Baliq kasalliklari” fanidan malakaviy amaliyot Samarqand viloyati baliqchilik xo‘jaliklarida o‘tkaziladi. Malakaviy amaliyotni o‘tkazish bo‘yicha mavzular: Baliqchilik xo’jaliklarida baliqlarni parvarish qilishda qatnashish. Baliqchilik xo’jaliklarida baliqlarni oziqlantirishda qatnashish. Baliqchilik xo’jaliklarida baliqlarni kasalliklardan profilaktik tadbirlarni bajarish. Baliqchilik xo’jaliklaridagi suv xavzalarini nazorat qilish. Sam VMI laboratoriya sharoitida baliqlarning patologo anatomik yorib kurish. Olingan patologik namunalardan preparatlarni tayyorlash va surtmalarni bo’yash uslublarini o’rganish. VII. Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar hamda axborot manbalari Asosiy adabiyotlar 1.Бауэр O.Н. и другие «Ихтиопатология», Москва. Издательство Пищевая промышленность, 2006. 2.Haqberdiev P.S., Tayloqov T.I. «Baliqlarning parazitar kasalliklari», O‘quv qo‘llanma, Samarqand, 2009 yil. 3.Haqberdiev P.S., Qarshieva V.SH., «Baliqlarning zaharlanishi»., O‘quv qo‘llanma., Samarqand., 2009 yil. 4.Haqberdiev P.S., Tursunqulov A.R. «Baliqlarning yuqumli va yuqumsiz kasalliklari». O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2010 yil. 5.Haqberdiev P.S. va boshqalar //«Baliq kasalliklari»/ O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2016 yil. QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR: 1.Karimov I.A. «YUksak ma’naviyat engilmas kuch».Ma’naviyat T, 2008. 2.Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b. 3.Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 47 b. 4.Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b. 5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda. 6.Zoxidov «Zoologiya ensiklopediyasi» (baliqlar va tuban xordalilar). O‘zbekiston SSR. Fan nashriyoti, Toshkent 1970. 7.Шишков В.П. Ветеринарный энциклопедический словарь. Moсква, /Издательство «Совецкая энциклопедия», 1981. Internet ma’lumotlari: www. Ziyo.net.uz. Email: Zooveterinariya @ mail.ru Email: Veterinariya @ actavis.ru/ www.sea@mail.net21.ru www.veterinary@actavis.ru www.fvat@academy.uzsci.net www.dbugs.net/page/6 www.book.tr200.net/v.php?id=1329599 «BALIQ KASALLIKLARI» FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI
«BALIQ KASALLIKLARI» FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI (IV-bosqich uchun)
Samarqand - 2018 Fanning ishchi o‘quv dasturi, o‘quv ishchi reja va o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
|