журнал медиалогия. Сборник статей по материалам cxciii международной научнопрактической конференции 46 (193) Декабрь 2020 г
Скачать 5.98 Mb.
|
Әдебиеттер тiзiмi: 1. Митичкин С.А. "Разработка в системе 1С: Предприятие 8.0"; - фирма «1С», Москва, 2007. 2. Электронный ресурс: http://bibliofond.ru 3. Электронный ресурс: https://ru.wikipedia.org/wiki/ 450 O'ZBEK TILIDAGI MAQOLALAR GUMANITAR BO'LIM 1. FILOLOGIYA FRAZEOLOGIZMLARNING O’RGANILISHI VA BADIIY MATNLARDAGI O’RNI Kazakova Umida Qoraqalpoq davlat universiteti, O’zbek filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi, O’zbekiston, Nukus Mustaqillikka erishganimizdan buyon tilshunoslik sohasida katta o’zgarishlar ro’y berdi.Tildagi barcha birliklar xalqimizning til boyligi hisoblanadi.Bugungi kun talablari bilan hayotimiz mezoniga e’tibor beradigan bo’lsak, xalq tili o’zining ko’zga ko’rinmas kuchga ega ekanligini namoyon qilmoqda.Yurtboshimiz ta’kidlab o’tganidek-“ Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma’naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi”[1:54]. Tilga bo’lgan bu e’tiroflar sabab ham tilshunoslikning barcha sohalari bo’yicha yangi tadqiqotlar yaratildi va ilmiy jihatdan o’rganish davom etmoqda. Shu bilan bir qatorda tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida frazeologizmlar ustida ham hali hanuz ilmiy ishlar davom ettirilmoqda. Frazeologiya-yunon tilidan olingan bo’lib phrasis- ifoda, ibora va logiya ta’limot demakdir.Frazeologiya so’zi tor va keng ma’nolarda tushuniladi.Tor ma’noda tildagi frazeologizmlar tarkibini, uning hozirgi holatida va tarixiy taraqqiyotini o’rganish bo’limi.Keng ma’noda esa muayyan tildagi frazeologizmlar majmui.Frazeologik birlik, frazema- ikki yoki undan ortiq so’zdan tashkil topgan, ma’noviy jihatdan o’zaro bog’liq so’z birikmasi yoki gapga teng keladigan, yaxlitligicha ko’chma ma’noda qo’llanadigan va bo’linmaydigan, barqaror bog’lanmalarning umumiy nomi ekanligini 451 yaxshi bilamiz.Diqqat e’tiborimizni frazeologizmlarni o’rganish va badiiy matnlardagi ko’rinishlariga qaratamiz. Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil bo’limi sifatida 20-asrning 40-yillarida rus tilshunosligida paydo bo’lgan.Uning dastlabki shakllanishiga rus olimlari A.A.Potebnya, I.I. Sreznevskiy, A.A.Shaxmatov asarlariga asos solingan bo’lsa, barqaror(turg’un) so’z birikmalarini alohida tilshunoslik bo’limi – frazeologiyada o’rganish masalasi 20-40-yillardagi o’quvmetodik adabiyotlarda – D.Polivanov, S.Abakumov, L.A.Bulaxovskiy asarlarida ko’tarib chiqilgan.G’arbiy Yevropa va Amerika tilshunosligida Frazeologiya tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida ajratilmaydi.O’zbek tilshunosligida frazeologiya sohasidagi tadqiqotlar o’tgan asrning 50-yillaridan boshlangan.Shu kunga qadar frazeologizmlar turli jihatlardan o’rganilgan.Frazeologiya bo’yicha bir necha lug’atlar tuzgan olimlar SH.Rahmatullayev, B.Yo’ldoshev, A.Mamatov va boshqalar.Abdug’ofur Mamatov o’zbek frazeologiyasi uchun eng dolzarb muammolardan frazeologik shakllanish masalalarini tadqiq etish bilan shug’ullandi, shu mavzuga oid yigirmaga yaqin maqolalar, “Frazeologizmlar shakllanish asoslari”, “Frazeologizmlar shakllanishining nazariy asoslari” nomli monografik tadqiqodlar e’lon qildi va shu asosda “O’zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi masalalari”mavzusida doktorlik ishini himoya qildi.Ishda ta’kidlanishicha, “frazeologizmlar faqat frazeologik neologizmlarning paydo bo’lishi bilan emas, balki tilda mavjud frazeologizmlarning semantik, grammatik va funksional jihatdan yangilanishi asosida ham shakllanadi.Frazeologizmlarning shakllanishida ro’y beradigan leksik, semantik, grammatik o’zgarishlar faqatgina stilistik ehtiyoj bo’lmasdan, balki til ichki tizimining ehtiyoji hamdir[2:50].Yozuvchilardan Abdulla Qodiriy, Cholpon, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Said Ahmad va O’tkir Hoshimov asarlarining frazeologik tarkibi tadqiq etilgan. Xalq donishmandligining mahsuli bo’lgan maqol, matal, idioma, ibora, hikmatli so’z kabi paremalar badiiy asar g’oya va maqsadini, personajlar ichki dunyosini ochishda, asar tilining shirali va ta’sirchan bo’lishida muhim uslubiy vosita hisoblanadi.Frazeologizm tarkibida nechta so’z ishtirok etishiga qaramay, ular yagona 452 ma’no bilan birlashadi.Frazeologik iboralar zamirida ma’lum obraz, konkret hodisa, predmet tasavvuri yotadi.Bunday obrazlilik iboralarning stilistik imkoniyatlarini oshiradi, ularni tilning kuchli ifoda vositalaridan biriga aylantiradi.Frazemalar odatda voqelikni nomlabgina qolmay, uni baholaydi ham.Frazemalarning tilda yashashini oqlab turadigan asosiy sabablardan biri-shu[3:434].Mualliflar frazeologik birliklardan badiiy matnlarda quyidagi maqsadlarda foydalanishadi: 1) turli holatlarni baholash uchun.Misol:Uning ko’zlari olayib o’rnidan sapchib turdi; Soatning onasi bir chekkada mung’ayib turar, odamlardan uyalgandek yuzini qalin ro’mol bilan to’sib olganmish[4:213], [4:7]. 2) voqea-hodisani obrazli ifodalash uchun.Misol:-Nima? Soatovning hozirgina ma’yus boqib turgan ko’zlarida o’t yonib ketgandek bo’ldi[4:212].Ko’zlarida o’t yonib ketgandek-iborasida bo’lib o’tgan voqeani jonli ifodalash, ya’ni uni yorqinroq va obrazli qilib ifodalashga xizmat qilgan 3) badiiy matnda emotsionallikni ifodalash uchun:o’zbek tili frazeologik sistemasida mazkur birlikning katta qismi asosiy ma’no-mohiyatini ifodalabgina qolmasdan, balki so’zlovchining shodligi, g’azabi, nafrati, o’kinchi, qo’rquvi, kinoyasi, jirkanishi singari emotsional munosabatlarni ham ifodalaydi.Misol:1)Xudoga shukr, ko’ngli joyiga tushdi[4:280]. 4) nutqda ekspressivlikni ifodalash uchun:”Ekspressiya”so’zi lotincha so’z bo’lib, nutqning ta’sirchanlik xususiyatini ifodalaydi, bu xususiyat leksik, grammatik va boshqa vositalar yordamida yuzaga keladi.Misol:1)Onam kitobni ko’rishi bilan ko’zlari quvonchdan porlab ketar, uzundan-uzoq duo qilar, peshonamdan o’pib, yakkash bitta gapni takrorlar edi:-Sen mening suyangan tog’imsan, o’g’lim…[5:34] 2)Onamning issiq nafasi urilib turar, u sirg’anib-sirg’anib borar, og’ir hansirar edi[5:18].3)Ularning ko’nglini olaman deb ikki o’rtada onalari adoyi tamom bo’pti[5:9]. 5) badiiy matnda satira va yumor hosil qilish uchun:yumor va satira vositalari orasida frazeologizmlar alohida o’rin tutadi.Bu esa ularning ichki tabiati bilan bog’liq, chunki ko’pgina frazeologik birliklarning semantik tarkibida hazil, mazax, kesatiq singari ma’no nozikliklari bo’ladi.Misol:1) Birovning daydi sigiri, birovning 453 shaytonga dars beradigan echkisi zum o’tmay ekin oralab ketadi [5:40]. 2) Ariq qazib bo’lmasa, yer chopib bo’lmasa…o’zimizniyam patagimizga qurt tushib tutibdi…[6:189] Iboralar tarkibidagi ayrim so’zlarni almashtirish hollari ham uchrab turadi.Bunga misol tariqasida Cho’lpon va Said Ahmad asarlarini ko’rsatish mumkin.Misol: Yana uch kun jim turib bersangiz, mulla mingan velosipeddek yuvosh bo’lib qolasiz (S.Ahmad).Mingboshining falon-falonlari bizni ko’ziga iladimi?, -deb xabar ham qilmabmiz.Nega indamaysanlar?Og’zingga paxta tiqdingmi hammang?Dunyoda o’z oyog’iga o’zi bolta chopadigan ahmoq ham bo’ladimi?(Cho’lpon) Frazeologizmlar tarkibini kengaytirish hollariga ham e’tibor qaratamiz.Bunda ibora tarkibiga yangi so’z kiritamiz.Jar solmoq iborasini Cho’lpon qo’shkarnayi bilan jar solmoq tarziga o’zgartiradi.Misol:Mingboshilikni tortib olib, el ko’zida tamom sharmanda qiladiganday! Abdisamat bilan Yodgor echki, Umarali puchuqlar yana qo’shkarnayi bilan jar soladiganday! Frazeologizmlar tarkibini qisqartirish.Ibora tarkibidagi ayrim so’zlarni tushurib qo’llash tildagi tejamkorlik talabi bilan amalga oshiriladi.Ammo yozuvchilar bundan o’z badiiy-lisoniy maqsadiga ko’ra foydalanadilar.Tilimizda qo’lini yuvib qo’ltig’iga urmoq iborasi mavjud bo’lib, uning ma’nosi “ixlosi qaytib, ishonmay qo’yib, diqqat- e’tibordan soqit qilmoq” tarzida izohlanadi.Cho’lpon “Kecha va kunduz”romanida uni mana bunday qisqartirilgan holda qo’llaydi:Undan keyin, qishloq odamlarining shunaqa o’zboshimcha harakatlariga yo’l qo’yib bersak, oz vaqt ichida qishloqdan qo’l yuvishimiz kerak bo’ladi. Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, frazeologizmlarning o’rganilishi, uning chegarasi haqida tilshunoslar hali bir to’xtamga kelishmagan.Keyingi yillarda tilshunos olimlarimiz frazemalarning kognitiv-pragmatik talqini, frazemalarni modellashtirish muammolariga doir qiziqarli ilmiy kuzatishlarni olib bormoqda[7:12].Frazeologizmlar badiiy matnda, umuman, yozma va og’zaki matnlarda qo’llanilganda, bu birliklar bir qator funksiyalarni bajaradi.Bu funksiyalarning bir guruhi uzual, ya’ni lisoniy xarakterga ega bo’lsa, qolganlari okkozional , ya’ni nutqiy funksiyalardir.Frazeologik birliklar eng ko’p badiiy 454 matnlarda, qisman publitsistikada, ilmiy-ommabop matnlarda qo’llanadi.Badiiy matnlarda frazeologizmlarning tutgan o’rni muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rib o’tdik. O’zbek tili frazeologizmlarini so’z san’atkorlari tili va uslubi doirasida o’rganish salmoqli natijalarga olib keladi.Bu narsa mumtoz adabiyot, hozirgi adabiyot, gazeta tili va xalq og’zaki ijodi asarlari matnlari asosida amalga oshirilmoqda.Frazeologizmlar haqidagi ishlarda olg’a surilgan nazariy va amaliy fikrlar o’zbek adabiy tili bo’yicha yozilgan darslik-qo’llanmalarda ham o’z aksini topgan va topmoqda. Adabiyotlar ro’yxati: 1. Karimov.I Yoshlarimiz-xalqimizning ishonchi va tayanchi-Toshkent;Ma’naviyat 2006. 2. Mamatov.A O’zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi masalalari.Filol.fanlari doktori.diss.avtoref-Toshkent 2000. 3. Sh.Rahmatullayev.Hozirgi adabiy o’zbek tili.darslik Toshkent “Universitet”2006. 4. O’. Hoshimov “Tushda kechgan umrlar”. 5. O’.Hoshimov “Dunyoning ishlari”. 6. O’.Hoshimov “Ikki eshik orasi”. 7. Yo’ldoshev B. Frazeologizmlarning matndagi pragmatik imkoniyatlarini o’rganish haqida.//O’zbek tili va adabiyoti.1992.3-4-sonlari. 455 TEXNIK VA MATEMATIK FAN BO'LIM 2 AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ТЕХНИКАЛАРИНИНГ ПАРАМЕТРЛАРИНИ ДИАГНОСТИКА ҚИЛУВЧИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛ ТИЗИМНИ ИШЛАБ ЧИҚИШНИНГ АҲАМИЯТИ Рахманова Элмира Эшмурод қизи магистрант, Тошкент давлат техника университети, Ўзбекистон, Тошкент Убайдуллаев Уткиржон Муродиллаевич илмий раҳбар, PhD, Тошкент давлат техника университети, Ўзбекистон, Тошкент Жаҳонда қишлоқ ҳўжалиги техникалари, ҳарбий техникалар ва бошқа бир қанча махсус техникаларнинг экплуатацион ва технологик параметрлари ҳақида аниқ маълумотлар олиш ҳамда ноқулай иқлим, рельеф ва агрессив шароитларида ишлатиладиган асбоблар ва техник воситаларнинг ҳолатларини назорат ва диагностика қилиш тизимини ишлаб чиқиш бўйича илмий-тадқиқот ишлари олиб борилмоқда. Шу муносабат билан қишлоқ ҳўжалиги техникалари қисмларининг ишлаш ишончлилигини юқори даражада аниқлик ва маълумотлар ишончлилиги билан, метрологик тавсифлар бўйича талабларга жавоб берувчи, тезкор назорат ва диагностика қилиш имконини берадиган технологик параметрларни назорат ва диагностика қилиш тизимларининг техник воситаларини ва усулларини ишлаб чиқиш муҳим вазифа ҳисобланади [1]. Ҳар қандай экин ҳосилдорлигини ошириш учун экиладиган ерга ишлов бериш зарур. Бунда асосий эътибор тупроқ унумдорлигини тиклашга қаратилади. Шу мақсадда, маҳаллий шароитга қараб, тупроққа ишлов беришнинг анъанавий ва ресурс тежамкор усуллари қўлланилади. 456 Бугунги кунда мустақил республикамиз қишлоқ хўжалигида тракторларнинг 40 дан ортиқ моделлари ишлатилмоқда. Улар 0,2 дан то 6 гача тортиш классларига бўлинади (2 дан то 60 кН тортиш кучигача). Тортиш кучи 0,2 классли таркибига кичик ўлчамли, тўрт ғилдиракли, қуввати 9…12 кВт, дизел двигателли тракторлар киради. Бундай тракторлар боғларда, иссиқхоналарда, кичик ва жимжимадор конфигурасияга эга майдончали участкаларда ҳамда хусусий ва муассасаларга тегишли томорқаларда ишлаш учун мўлжалланган. Юқори классдаги тракторлардан фойдаланиш имкони бўлмаганда ёки иқтисодий жиҳатдан мақсадга мувофиқ бўлмаган ҳолларда ушбу классдаги тракторлардан энергия сиғими кичик қишлоқ хўжалиги операсияларини бажаришда фойдаланилади [2]. Мисол учун, мамлакатимизда ишлаб чиқарилган пахта териш машиналари ТТЗ серияли тракторларга тиркалади. ТТЗ тракторларининг фақат двигател тизимидаги параметрлари (совитувчи суюқлик ҳарорати, мойлаш тизимидага мойнинг босими, аккумуляторнинг заряди, тахоспидометр кўрсатгичлари)ни назорат қиладиган асбоблар билан жиҳозланган. Пахта териш аппарати, пичан ўрадиган, экин экадиган ва бошқа ТТЗ тракторларига кўшиб ишлатиладиган машиналарнинг технологик параметрлари уларни назорат қилиш ва бошқариш учун электрон борт асбоблари мавжуд эмаслиги сабабли, ишлаш жараёнида назорат қилинмайди [3]. ТТЗ-80 трактори ва пахта териш машиналарининг эксплуатация параметрлари таснифлашда уларни назорат қилиш усуллари аниқланиши, пахта териш машиналарининг назорат қилиниши керак бўлган технологик параметрлари танлаб олиниши, уларнинг ўзгариш чегаралари белгиланиши ва техник талаблари ишлаб чиқилиши зарурдир (1-жадвал). 1-жадвал. Пахта териш аппаратининг назорат қилиниши лозим бўлган параметрлари. № Назорат қилиниши лозим бўлган параметр номи Ўзгариш диапазони 1 Териш аппаратининг эгат юзасига нисбатан баландлиги (мм) 0 - 100 2 Ғўзапоя қаторининг пахта териш аппаратининг ишчи оралиғидан оғиши (мм) 0 - 30 3 Териш аппаратининг ишчи оралиғидан оғиши (мм) 22 - 40 4 Пневмотранспорт камерасидаги босим Нормада ёки паст 5 Бункернинг тўлганлиги Тўлган ёки йўқ 457 6 Ҳосилнинг исрофи (%) 0 - 100% 7 ПТМ тезлиги, км/с 0 - 15 8 Шпинделларнинг айланиш тезлиги, айл/мин 900 - 1100 9 Ажраткичларнинг айланиш тезлиги, айл/мин 1500 - 1700 10 Вентиляторнинг айланиш тезлиги, айл/мин 1400 - 1800 Қишлоқ ҳўжалиги техникалари, ҳарбий техникалар, махсус техникалар ҳамда уларга тиркаладиган агрегатларининг ишлаш ишончлилигини ошириш бўйича маълум усуллар ичида энг самаралиси – замонавий микропроцессорли воситалар ва тегишли дастурий таъминотлар ёрдамида назорат ва диагностика қилиш ишларини комплекс автоматлаштиришни амалга ошириш ҳисобланади. Диагностика қилиш учун махсус датчиклар ўрнатилади. Датчиклардан олинган маълумотлар қайта ишлаш учун микропроцессорли тизимга узатилади. Ишлаб чиқилаётган тизим қишлоқ хўжалик техникаларининг механик ва электр қисмларининг носозлигини иш жараёнида диагностика қилиш имконини беради. Техник хизмат кўрсатиш вақти яқинлашганлиги хақида хабар беради. Қишлоқ хўжалик техникасининг носозлигини ўз вақтида аниқлаш орқали, содир бўлиши мумкин бўлган салбий оқибатларнинг олди олинади ва механизаторга қулайлик яратилади. Адабиётлар рўйхати: 1. Н. Бойбобоев, А. Нуриддинов. “Қишлоқ хўжалиги машиналари” фанидан маърузалар матни. Наманган–2016. 3 б. 2. М.З. Муртозаев, Ж.А. Хамидов, А.А. Кушаков, К.И. Исаев, С.С. Умаров. “Қишлоқ хўжалиги машиналари”. Тошкент–2012. 5-8 бб. 3. У.М. Убайдуллаев. “Пахта териш машиналарининг технологик параметрларини назорат ва диагностика қилиш тизими” Техника фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. Тошкент–2018. ДЛЯ ЗАМЕТОК «МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ» Сборник статей по материалам CXCIII международной научно-практической конференции № 46(193) Декабрь 2020 г. В авторской редакции Мнение авторов может не совпадать с позицией редакции Издательство «Интернаука» 125424, Москва, Волоколамское шоссе, д. 108, цокольный этаж, помещение VIII, комн. 4, офис 33 E-mail: mail@internauka.org 16+ |